Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
43.3K photos
2.74K videos
69 files
9.78K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#yangi_markaz

Ohangaronda Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash markazi ish boshladi

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 21 sentyabrdagi PQ-367-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Ohangaron shahar “Xonobod” MFYda  xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash markazi tashkil etildi.

Markazning ochilish marosimida
Hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.A.Ismatova, Mahalla va nuroniylar bo‘limi boshlig‘i, J.Yuldashov, Shahar Kengashi deputati A.Xaytkulov, Hunarmand uyushmasi Ohangaron shahar bo‘limi rahbari Sh.Rahimova, MFY raislari, hokim yordamchilari va  Xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Endilikda, “Xonobod” mahallasidagi xotin-qizlar bandligini  ta’minlash  va salomatligini mustahkamlash markazida qandolatchilik va pazandachilik, tikuvchilik sir-asrorlari o‘rgatilib, zarur ko‘nikmalar berib boriladi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar