Оhangaron shahar hokimligi
11.5K subscribers
44.2K photos
2.83K videos
70 files
9.97K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#IT_haftaligi
#internet_tarmogʻi

VILOYATDA AHOLINI SIFATLI INTERNET BILAN TA’MINLASH KO‘RSATKICHI ORTMOQDA

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini tezkor internet hamda sifatli aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bo‘yicha joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida 4,8 ming kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalari qurilib, 44,7 ming portga teng telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatildi.

Bajarilgan ishlar natijasida aholi yashash maskanlarini optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olish darajasi 93,3 foizga yetkazildi.

Shuningdek, viloyatda mobil aloqa va mobil internet qamrovini kengaytirish hamda sifat darajasini yanada yaxshilash maqsadida, qo‘shimcha 281 ta yangi ba’za stansiyalari o‘rnatildi. Shu bilan birga, modernizatsiya qilindi.

Natijada viloyatdagi aholi yashash maskanlarining mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlanish darajasi bugungi kunda 98 foizga yetkazildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3😭3