Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
38.8K photos
2.5K videos
67 files
8.73K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#diqqat
#_IMTIHON

✂️ "Kasb-hunarga o'qitish maskani"ning
yana bir kasb tinglovchilari uchun imtihon boʼlib o'tdi.

Bitiruvchi tinglovchilar yakuniy malaka  imtihon jarayonidan a’lo baholarga o’tishdi.

Eslatib oʻtamiz, bu bitiruvchi tinglovchilar "Ayollar daftari" ro‘yhatida turuvchi xotin-qizlar boʻlib,  ularga barcha shart-sharoitlar yaratilgan holda   kasb-hunar oʻrgatildi.

🗺Manzil: Toshkent viloyati, Ohangaron shahar, "Yangilik” MFY,
+99888 013 29 09

@ohangaronshahar
#diqqat_eʼlon


Ertaga 18:00 da shahrimizning markaziy stadionida Ohangaron shahar hokimi tashabbusi bilan, Ohangaron shahar hamda Ohangaron tuman 2-liga futbol kulublari o’rtasida do’stlik uchrashuvi bo’lib o’tadi.

Xurmatli futbol ixlosmandlari barchangizni futbol tomoshasiga taklif qilamiz!


@ohangaronshahar
#Diqqat_elon

Toshkent viloyati Ohangaron shahar prokuraturasi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi  tashabbusi  bilan  2023-yil  26-sentyabr kuni  soat 11-00 da  Ohangaron  shahar  Ohunboboyev mahallasidagi "Yoshlar markazi"da navbatdagi bo‘sh  ish o‘rinlari  “Mehnat yarmarka” si  o‘tkaziladi.

Yarmarkada ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish o‘rniga ega bo‘ling!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Diqqat_e'lon


📢 Toshkеnt viloyatida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari diqqatiga!

Prеzidеnt huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agеntligi Ishchi guruhi joriy yilning 3 noyabri kuni, Toshkеnt viloyatida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, ular uchun shart-sharoit yaratish hamda davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish masalalarida sayyor qabul o'tkazadi.

Hududdagi davlat fuqarolik xizmatchilari, davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish istagidagi nomzodlar murojaatlarini @murojaat_argos_bot, @vacancy_argos_bot manzillariga yozib yuborishlari hamda (70) 762-58-71 tеlеfon raqamiga bog'lanishlari mumkin.

Sayyor qabul bilan bog'liq jarayonlar masalasida mas'ullar siz bilan bog'lanishadi.

◽️Xohishingizga qarab, shaxsingiz sir saqlanadi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#Diqqat
#Mehnat_yarmarkasi

Yangi yilni yangi ish bilan boshlang!

Ohangaron shahar  hokimi,  Prokurori hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka  ko‘maklashish bo‘limi  tashabbusi  bilan  22-dekabr kuni  soat 10:00 da shahrimizdagi 6-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida joriy yilning eng oxirgi Mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.

❇️Yarmarkada kollej, kasb-hunar maktabi, texnikum, maktab va oliy ta’lim  bitiruvchilari va boshqa toifadagi band bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Yarmarkada ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish tanlang!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_CHELLENJ

⚡️ Ohangaron shahrida rahbarlar o'rtasida ajoyib chellenjga start berildi.
#ZIYO_ULASH deb nomlangan aksiyani Ohangaron shahar Adliya bo'limi boshlig'i Xakimov Soli Zokirovich "Birlik" MFYda kutubxona tashkil qilish orqali boshlab berdi va chellenjni davom ettirish uchun Ohangaron shahar DSI boshlig'i A.Mo'minov hamda Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasi rahbari N.Xoliqovga topshirdi.

❗️A.Mo'minov va N.Xoliqovdan chellenjni davomini kutib qolamiz.



🌐 @ohangaronshahar
#Diqqat

❗️Fuqarolar va ijtimoiy tarmoq faollariga murojaat!

Soʻngi kunlarda Toshkent viloyati mahallalarining ijtimoiy tarmoqdagi baʼzi guruhlarida yosh bolalarni oʻgʻirlash yoki shu kabi shubhali harakatlar qilayotgan shaxslar paydo boʻlgani haqida uydirma xabarlar tarqalishi koʻpaymoqda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda katta auditoriyaga ega boʻlgan kanal adminlari tomonidan ham yuqorida keltirilgani kabi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, odamlarda vahimaga uygʻotuvchi asossiz foto yoki video xabarlar eʼlon qilinishda davom etmoqda.

Toshkent viloyati IIBB shu kabi tarqalayotgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini hamda joriy yilning oʻtgan davri va undan avvalgi yilda ham viloyat hududida voyaga yetmaganlar, xususan yosh bolalarni oʻgʻirlash bilan bogʻliq holat sodir boʻlmaganini maʼlum qiladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, yolgʻon axborot tarqatish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.


🌐 @ohangaronshahar
#Diqqat_tanlov

“Xon atlas” festivali start oladi

Hurmatli shahrimiz ayollari, qadrli qizlarimiz.

Joriy yilning 9-14 sentabr kunlari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analarini namoyon etish maqsadida "Xon atlas" festivali o‘tkaziladi.

Tanlov shartlari:
Festival doirasida shahardagi barcha mahallalar, korxona, tashkilotda
#Xon_atlas heshtegi ostida milliy liboslarni targ‘ib qilishi, chellenjlar o‘tkazib ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishni yo‘lga qo‘yishi lozim.

Chellenjda faol qatnashgan tashkilot va muassasalar shahar hokimligi tomonidan "Milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi eng faol tashkilot" nominatsiyasi bo‘yicha munosib taqdirlanadi.

Chellenjda faol ishtirok eting!


https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Diqqat

OXUNBOBOYEV (Берёзка) KO‘CHASIDA HARAKAT CHEKLANADI

24/7 soatli ko‘chaning ochilishi munosabati bilan shahrimizdagi Oxunboboyev (Берёзка) ko‘chasida 13-sentabr 10:00 dan 14-sentabr 10:00 gacha avtomobillar harakati  vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qilamiz!

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
#Diqqat_qiling

⚡️⚡️⚡️ Joriy yilning iyul oyida quyosh panel o‘rnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 nafar fuqaroga 1 mlrd 399 mln 564 ming so‘m to‘lab berildi

Davlat soliq qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida 4 ming 986 nafar fuqaro o‘z xonadonida o‘rnatilgan quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarib, iste’moldan ortgan 4 mln 815 ming 922 kVt⋅soatlik qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotgan.

Har bir kVt⋅soat elektr energiyasi 1000 so‘mdan sotib olinadigan ushbu hajm jami 4 mlrd 815 mln 922 ming so‘mni tashkil qilgan va tegishli summa Davlat soliq qo‘mitasining “Солиқ” мобил иловаси orqali yuqoridagi fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilgan.

Birgina iyul oyida quyosh panel o‘rnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining iste’moldan ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 ta xonadonga 1 mlrd 399 mln 564 ming so‘m to‘lab berilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur subsidiya mablag‘lari soliq organlari tomonidan har oyda “Солиқ” мобил иловаси orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar (iyul oyining subsidiyasi 25 avgustgacha) fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
#Diqqat
#Bildirish

Ohangaron shahar elektr ta’minoti ogohlantiradi!

26-sentabr kuni soat 09:00 dan 13:30 gacha yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan shahardagi No‘g‘oyqo‘rg‘on, Bunyodkor, Xonobod, Guliston, Yangiobod MFYlari ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.


Kanalga ulanish:
👇👇👇
@ohangaronshahar
#Diqqat_tanlov

Shahrimizda uzoq yillardan buyon ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan va yaxshi natijalarga erishgan ustoz-muallimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida shahar hokimi tashabbusi bilan “Fidoyi muallim” tanlovi tashkil etilmoqda!

Tanlovda ta’lim muassasalarining aniq fanlar o‘qituvchilari ishtirok etadi. Talabgorlarning ko‘p yillik faoliyati hamda shogirdlari erishgan natijalari baholanadi. Tanlov maktab va shahar bosqichlarida tashkil etilib, komissiyalar tomonidan baholanadi.

⚡️G‘oliblar Konstitutsiya bayrami arafasida tantanali e’lon qilinadi. Shuningdek, tanlov g‘oliblariga shahar hokimining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshiriladi.


@ohangaronshahar
#Diqqat_elon

Hurmatli hamshaharlar hamda shahrimiz mehmonlari!

Bugun 14:00da Olmaliq kon metallurgiya kombinatining 75 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan konsert dasturimizga taklif etamiz.

Manzil: Ohangaron shahar 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi faollar zali.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt
#diqqat

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining yangi tarkibi bilan tanishing.


Ohangaron shahar saylov komissiyasining qarori e’lon qilindi.

Bunda Saylov okruglaridan xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashiga 15 nafar deputat ilovaga muvofiq ro‘yxatga olindi.

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt
#Diqqat

Ohangaron shahar FVB ogohlantiradi. Sovuq kunlarda is gazi xavfi oshadi, hech kim xavfdan holi emas.

Is gazi bilan zaharlanganda nimalar qilish kerak bilib olsin!


Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt
#Diqqat_bildirish

⚡️26-noyabr kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha Ohangaron shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishli 6 kv elektr uzatish tarmoqlarida va qurilmalarida joriy ta’mirlash, havo tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan shahardagi No‘g‘oyqo‘rg‘on, Xonobod, Guliston, Yangiobod MFYlarida elektr ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Ohangaron shahar elektr ta’minoti korxonasi.

Murojaat uchun tel: 70-645-32-00


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#diqqat

Konstitutsiya bayrami arafasida o‘zbekistonliklar ketma-ket 3  kun dam olishadi.

Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida (https://lex.uz/ru/docs/6704048) ham belgilangan.

Demak, besh kunliklar uchun 7, 8 va 9-dekabr kunlari (3 kun), olti kunliklar uchun esa 8 va 9-dekabr kunlari (2 kun) dam olish kuni bo‘ladi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt‌‌
#Diqqat
#Bildirish

Ohangaron shahrida Yangi yil bayram tadbirini o‘tkazish davrida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, shaharning “Oxunboboyev” ko‘chasi mazkur ko‘chaga tutash bo‘lgan Xalqlar do‘stligi ko‘chasi boshlanishidan to Hunarmand ko‘chasigacha bo‘lgan qismida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2025-yilning 2-yanvar kuniga qadar avtomobil transport qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi belgilandi.

Bu bo‘yicha shahar hokimining tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Bu vaqt oralig‘ida harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz!


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Diqqat

‼️Ertaga, 3-yanvar — barcha uchun ish kuni

Bugun Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan ketma-ket 6 kunlik dam olish kunlari tugaydi.

3-yanvar — barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.
#Diqqat_E'lon

Qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida kreativ ta'til loyihasi doirasida Ohangaron shahar Yoshlar ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda  Ohangaron shahar sardorlari tomonidan kitobxon bolalar tanlovi bo'lib o'tadi.

📖Shahrimizdagi barcha kitobxon bolalarni bugun soat 11:00 da Yoshlar markazida kutib qolamiz!

Qani yoshlar, bilimingizni sinab ko'ring!

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt