Оhangaron shahar hokimligi
11.3K subscribers
44.8K photos
2.86K videos
71 files
10.1K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#salomatlikka_befarq_emasmiz
#besh_ming_qadam

❇️ O’zbekiston Respublikasi Presidentining PQ-92 sonli Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida yurtimizning turli hududlari bo’ylab “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» yurish marafonlari davom etmoqda.
Ana shunday sog’lomlashtirish tadbirlarining  navbatdagisi bugun Ohangaron shahrida ham  start oldi.

🔎Marafonda  400 dan ziyod ishtirokchilar shahar hokimligi binosi hovlisidan  hududdagi markaziy o'yingohi tomon piyoda yurib borishdi. Sport mashqlarini bajarib, oz bo’lsa-da, salomatliklarini mustahkamlashga hissa qo’shishdi.

🔰Ular orasida shahar sektor rahbarlari, yoshlar, mahalla faollari hamda hududda faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilotlar vakillari ham bor.
🏃Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi  aholining o'z salomatligiga befarq bo'lmasligiga hamda shahar ahli va yoshlar o'rtasida sportni ommaviy targ'ib etish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Ohangaron shahar hokimligi Аxborot xizmati
👍13😭7