Оhangaron shahar hokimligi
11.5K subscribers
44.1K photos
2.82K videos
70 files
9.96K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Jaholatga_qarshi_ma_rifat

Shahrimizdagi barcha MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, xalq ta’limi mutasaddilari ishtirokida "Jaholatga qarshimarifat" mavzusida targ‘ibot  uchrashuvi o‘tkazildi.

Shahar hokimi Akrom Eshonkulov so‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda yurt tinchligini ta’minlash, aholining farovonligi yo‘lida ulkan islohotlar olib borilayotganligi, xususan, Ohangaron shahrida ham bu borada sezilarli darajada katta o‘zgarishlar yuz berayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda “Jaholatga qarshimarifat” mavzusida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Ilhom Ma’rupovning ma’ruzasi tinglandi.

Tadbir davomida “Soxta da’volar” va “Jar yoqasida” nomli videoroliklar namoyish etildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍1