Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.68K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Bilasizmi

⚡️OTMga kirish imtihonlarini topshirish uchun xodimlarga ta'til beriladi.


Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o'quv yurtlariga kirish uchun kamida 15 kalendar kun, muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi, o'quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi.

Asos: Mehnat kodekisi 254-moddasi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Bilasizmi

❗️Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

☑️ Haqorat qilganlik
– shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln so'mdan 12 mln so'mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

🔰 Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:

▫️60 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.

🔰 Haqorat qilish nashr qilish, boshqacha usulda ko'paytirilgan matnda yoki OAV orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat to'g'ridan-to'g'ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

▫️60 mln so'mdan 120 mln so'mgacha jarima;
▫️240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Agarda haqorat qilish:

jabrlanuvchini o'z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog'liq holda;
xavfli residivist tomonidan;
tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo'lsa:

▫️120 mln so'mdan 180 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

#Bilasizmi
#BSK
#dispetcher

Toshkent viloyatida 4000 (to‘rt ming)dan ziyod ko‘p qavatli uylarga 74 ta Boshqaruv servis kompaniya(BSK)lari va dispetcherlik xizmatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar ro‘yxati taqdim etilmoqda.

1. Angren shahar 792 ta ko‘p qavatli uyga 12 ta;

2. Ohangaron shahar 178 ta ko‘p qavatli uyga 4 ta;

3. Bekobod shahar 489 ta ko‘p qavatli uyga 7 ta;

4. Olmaliq shahar 343 ta ko‘p qavatli uyga 8 ta;

5. Yangiyo‘l shahar 263 ta ko‘p qavatli uyga 4 ta;

6. Chirchiq shahar 880 ta ko‘p qavatli uyga 12 ta;

7. Nurafshon shahar 110 ta ko‘p qavatli uyga 1 ta;

8. Yuqorichirchiq tumani 93 ta ko‘p qavatli uyga 1 ta;

9. Yangiyo‘l tumani 109 ta ko‘p qavatli uyga 1 ta;
...
22. Chinoz tumani 108 ta
ko‘p qavatli uyga 2 ta boshqaruv servis kompaniya xizmat qiladi.

📄Batafsil BSK maʼlumot kengaytmasini shu yerda🔎 ko‘ring va tarqating

🌐 www.toshvil-jko.uz

|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
#Bilasizmi

"Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonunning 37-moddasiga muvofiq, yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ishlangan vaqt pensiya tayinlash uchun stajga qo'shib hisoblanmaydi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#bilasizmi?

ЙПХ ходими ва ҳайдовчиларнинг ўзаро муносабати: муҳим 5 саволга жавоб

“ЙПХ ходими ҳар қандай вазиятда йўл ҳаракати қатнашчилари билан вазмин, хушмуомала, одобли ва эътиборли бўлиш, уларга ҳурмат билан ҳамда “Сиз” деб мурожаат қилиш, муомала маданияти ва қонунийликка риоя қилиши керак”. Ҳайдовчилар ЙПХ ходими билан ўзаро муносабатда нималарни билиши керак? Қуйидаги мақолада мавзуга оид айрим ҳуқуқий нормалар келтирилган.

Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=18322
#Bilasizmi

Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

➡️ Agar ishni qisqartirish imkoni bo'lmasa (masalan, uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda) ortiqcha ishlaganlik uchun xodimga qo'shimcha dam olish vaqti beriladi yoki o'sha vaqt uchun 2 hissa haq to'lanadi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#Bilasizmi

Davlatimiz rahbarining topshirigʻi bilan mahallalarda “yettilik” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularga quyidagi asosiy vazifalar yuklangan:

Mahalla raisi – ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga koʻmaklashish;

Hokim yordamchisi – ishsizlarga ish topishga koʻmaklashish;

Yoshlar yetakchisi – yoshlarni sport, musiqa va toʻgaraklarga jalb etish;

Xotin-qizlar faoli – ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;

Profilaktika inspektori - mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;

Soliq xodimi – mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish;

Ijtimoiy xodim – yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi aniq vazifalar bilan shugʻullanish.

@ohangaronshahar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan tanaffus beriladi.

🕑 2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolalilarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi.

❗️Mazkur tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi.

➡️ Bolali ayolning xohishiga ko‘ra tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo‘shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga ko‘chirilib, ish kuni shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Pensiya va nafaqa farqi.

#Bilasizmi?

Pensiya bilan nafaqa tushunchalari sinonim sifatida ishlatish to‘g‘ri emas.

Pensiya — bu yetarlicha ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga va ularning oilalariga davlat tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy ta’minot hisoblanadi. U inson umrining oxirigacha to‘lab boriladigan, doim oshib boradigan to‘lov.

Nafaqa — bu ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga beriladigan pul to‘lovi hisoblanadi. To‘lovlar ijtimoiy yoki oilaviy vaziyat tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan aholi qatlamlariga bir marotaba yoki bir muddatga beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag'batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to'lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo'llanilmasligi belgilangan.

Ammo, davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag'batlantirish choralari qo'llanilishini bekor qilmaydi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Bilasizmi

📕 Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisiga belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi. Unda davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining to'liq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati ko'rsatiladi.

🪪 Xizmat guvohnomasi identifikatsiyalovchi karta ko'rinishida ham berilishi mumkin.

🚫 Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas.

🔍 Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati o'tgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda uni bergan davlat organiga qaytariladi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to'lmagan) O'zbekiston fuqarosi "Yoshlar daftari"ga kirishi va "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan belgilangan tartibda qo'llab-quvvatlanishi mumkin.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Bilasizmi

⚡️Ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oy 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

🔹ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;

🔹ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo'lishi oqibatida o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

🔹ota-onasi bedarak yo'qolganda;

🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o'xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.
#Bilasizmi

♻️Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlaganlik uchun javobgarlik bor.

Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish fuqarolarga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...