Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.6K photos
2.54K videos
67 files
8.91K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#xushxabar

Shahrimiz fuqarolarining uzogʻi yaqin boʻldi


  Ohangaron shahrida A373 magistral  yoʻli bilan shahrimizning ichki yoʻllarini bogʻlovchi yangi yoʻl foydalanishga topshirildi.

📌 Endilikda shahrimiz fuqarolari bir nechta tashkilotlarga, jamoat joylariga borishi uchun aylanma yoʻl orqali harakatlanib, vaqtini zoe ketkazmaydi.

@ohangaronshahar
#Rasmiy_munosabat


"Yoshlar kundaligi" telegram kanali orqali  Ohangaron shahri,  “Birlik” MFY hududi, 1-kichik tumandagi ayrim xonadonlarda ichimlik suvi yoʻqligi boʻyicha fuqarolar tomonidan masʼullarga murojaat yo‘llandi.


“Toshkent Suvtaʼminoti”  MCHJ Ohangaron shahar boʻlimi masʼullari murojaat yuzasidan oʻrganish olib borishdi, muammo oʻrganilganda 1 kichik tuman, 49-xonadondagi ichimlik suvi yuqori qavatlarga yetib bormayotganining sababi - yer ostida joylashgan 100 diametrli temir quvurda nosozlik mavjud ekani aniqlandi.


Hozirda mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilmoqda.

@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha

Shahrimiz keksalari hamisha e’zozda!
Lavhani kuzating, bunga ishonch hosil qiling.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat

Ayni damda shahrimizdagi kasb-hunar maktabida Respublika Maʼnaviyat maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi masʼullari boshchiligida  “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtmoqda.

📣 Unda mehnat faxriylari yoshlarga hayoti va faoliyati haqida soʻzlab berishmoqda, bahs-munozaralarga boy davra suhbati boʻlib oʻtmoqda.

@ohangaronshahar
#Rasmiy_munosabat


"Yoshlar kundaligi" telegram kanali  orqali  Ohangaron shahridagi favvoralari mavjud maydonning atrof-muhiti talabga javob bermasligi yuzasidan tanqidiy lavha eʼlon qilindi.


Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi masʼullari ayni damda  mazkur hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi.

Hozirda favvoralarning atrofi obod qiyofa kasb etganini maʼlum qilamiz.

@ohangaronshahar
#yoshlar_siyosati


Yoshlar bandligi to‘liq ta’minlanadi


Shahrimizdagi Qo‘rg‘on mahallasida “Hunarmandlar mikromarkazi”dagi to'garaklarga yoshlar jalb etilmoqda.

📣 Bugun shahrimizdagi yoshlar yetakchilari mahalladagi ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o'qitish maqsadida hunarmandchilik markaziga "Savatchilik", "Kulolchilik", "Ro'mol to'qish", "Tikuvchilik", "Payvandlash" yo'nalishlari bilan tanishtirish uchun olib borishdi.


@ohangaronshahar
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Bugun shahrimizdagi "Yoshlar markazi" binosida shashka musobaqasining shahar bosqichi o'tkazildi.


📣 Unda 11-15, 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifalarida davom etgan musobaqalar murosasiz, qizg'in tarzda o'tkazilib, g'olib yoshlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi va  hududiy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

@ohangaronshahar