Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.6K photos
2.54K videos
67 files
8.91K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#shukuh


Shahrimiz faoli, 1-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibi Abdusattarov Toxir Oripovich viloyatimizda xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirda shahrimiz nuroniylari nomidan  ishtirok etdi.

@ohangaronshahar
#ehtirom

Kuni kecha "9 may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Majnuntol" majmuasida Taʼlim va fan xodimlarni Kasaba uyushmasi Ohangaron shahar Kengashi boʻlinmasi tomonidan shahrimiz taʼlim fidoyilari, faxriy ustozlar uchun "Faxriylarimiz  eʼzozda" nomli bayram tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda bir guruh nafaqadagi ustozlar ishtirok etishdi. Tadbirga Ohangaron shahar hokimi - A.Eshonqulov, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi - Sh.Ismatova, Ohangaron shahar maktabgacha va maktab talimi boʻlimi mudiri A.Xamrayevlar ham ishtirok etib tadbir qatnashchilarini taʼlim sohasidagi mehnatlari va xizmatlarini eʼtirof etib ularga oʻz samimiy tabriklarini bildirishdi.

🎗Tadbir ishtirokchilari shahar hokimligi va Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ohangaron boʻlinmasi tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

@ohangaronshahar
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi yiĝilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son Qarorining Ohangaron shahridagi ijrosi o'rganildi.

Yig'ilish kun tartibidagi masala yuzasidan shahar hokimining 1-o'rinbosari T.Sultonovning hisoboti tinglandi.

Tinglangan hisobot bo'yicha doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Kanalga ulanish
#Eshitdingizmi

Toshkent viloyati Ohangaron shahar “Qo‘rg‘on” mahallasida “Hunarmandlar mikromarkazi” o'z faoliyatini boshladi.

Markazda "Savatchilik","Kulolchilik","Ro'mol to'qish","Tikuvchilik",,"Payvandlash" yo'nalishlari bo'yicha hunar o'rgatiladi.

7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan hunarmandchilikka qiziqishi bor fuqarolarni markazga taklif qilamiz.

Markaz uyingizda o'tirib pul topish darajasiga yetishingizni kafolatlaydi.

Malakali ustozlar Sizlarga o'z kasb sirlarini sidqidildan o'rgatadi.

O'qish istagi borlar mahallaning xotin-qizlar faollariga murojaat qiling.

Sizga eng so'ngi ma'lumotlarni berishadi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#ijtimoiy_e’lon

Kursimizda siz!

⚡️WEB DASTURLASH
☄️KOMPYUTER SAVODXONLIGI
🎓INGLIZ TILI

Yo’nalishlari bo’yicha PROFESSIONAL
Mutaxasislardan bilim olish imkoniyati mavjud

💣ENG ASOSIY YANGILIGIMIZ!

Web dasturlash kursini tugatgan o’quvchilarimiz bizning jamoa bilan
Birgalikda yangil loyxalar ustida ishlab DAROMAD topishlari KAFOLATLANGAN❗️
📍Manzil:Ohangaron shahar pochtasi
📞Telefon raqam:+998951901006
Telegram:@it_ohangaron
📸Instagram:itcenterohangaron

@ohangaronshahar