Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.3K photos
2.53K videos
67 files
8.86K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ma'naviyat

Har bir millatning o'z urf-odatlari bo'lgani kabi biz o'zbek xalqining ham o'z urf-odatlarimiz, an'analarimiz va milliy qadriyatlarimiz mavjud. Bu qadriyatlarimiz ming yillar davomida shakllanib, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Ota-bobolarimizdan bizga meros qoldirilgan urf-odatlarimiz, an'analarimiz va milliy qadriyatlarimizni g'urur ila o'sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish bizning eng muhim vazifalarimizdan biridir.

❇️ Shu munosabat bilan bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda shahar " Buvijonlar maktabi" a'zolari bilan hamkorlikda shahar 10-sonli DMTTda "O'zbek qadriyatlari va urf-odatlari buvijonlar talqinida" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#Profilaktika_kuni

Kuni kecha profilatika kuni munosabati bilan Ohangaron shahar prokurori o‘rinbosari L.Zaripov, prokuror katta yordamchisi B. Buxarov, prokuror yordamchisi Sh.To‘raqulov, prokuratura tergovchisi Sh.Davranov, prokuror yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchisi K.Muxtarov, prokuror katta yordamchisi Sh.Zul'fiev shahrimizdagi ta'lim muassasalari, tibbiyot birlashmasi va boshqa tashkilotlarda bo‘lib, profilaktik tadbirlar o‘tkazishdi.

Unda soha mas'ullari yoshlar o‘rtasida ta'lim to‘g‘risidagi qonunchilik, voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari, hududdagi jinoyatchilik ahvoli haqida mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida muhokama qilishdi.

Tadbir davomida, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish profilaktikasi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#Uzum_sayli

Toshkent viloyati, Parkent tumanida "Uzum sayli" xalqaro festivalining ikkinchi kuni davom etmoqda. Bepoyon saylgohdan o‘rin olgan Ohangaron shahar pavilyonidagi hamshaharlarimizning kayfiyati bayramona.

Festivalda folklor jamolarning chiqishlari, xalqimizga xos milliy urf-odatlarimiz aks etgan turli ko‘rgazmalar namoyishi sayl ishtirokchilari va horijlik mehmonlarga manzur bo‘lmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram