Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
39.4K photos
2.53K videos
67 files
8.88K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#hokimlik_soati
#tahlil

Ayni paytda shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Unda shahrimiz mahallalaridagi profilaktika inspektorlarining faoliyati, mahallalarda jinoyatchilik ahvoli muhokama qilindi. Muhokama jarayonida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha bajariladigan ishlar belgilab olindi.

Hokimlik soati davomida aholi bandligini ta'minlash hamda migrantlar masalalari bo‘yicha shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi
rahbari Faxriddin Madimarov hisobot bermoqda.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#Nuroniyjamg'armasi

✓ "Navbahor" mahalla fuqarolar yig'ini hududida jinoyatchilikning ahvoli va jinoyatchilikni oldini olish chora tadbirlariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

✓ Yig'ilishda shahar prokurori o'rinbosari Shohrux To'raqulov, "Nuroniy" jamg'armasi shahar bo'limi raisi Shavkat Kamilov, mahalla fuqarolar yig'ini raisi Jasur Ergashеv, mahalla "Kеksalar maslahati" guruhi raxbari Toxir Abdusattarov va mahalla profilaktika noziri Otabеk Xasanovlar ishtirok etdi. 

✓ Yig'ilish ishtirokchilari mahallada jinoyatchilikni oldini olish maqsadida ma'naviy-axloqiy jihatdan muammoli, notinch, oilalar hamda jinoyatchilikka moyil bo'lgan, profilaktik ro'yxatda turadigan shaxslar bilan suhbatlar o'tkazildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#bildirish

Ohangaron shahar elеktr ta'minoti shuni ma'lum qiladi-ki, 19.09.2023 yil soat 09:00 dan 16:00 gacha 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi oldidan yuqori kuchlanishli 110/35/6 kV “Ohangaron” podstansiyasida T-1 quvvati 25 000 kVA bo'lgan kuch transformatorida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi hududlarda elеktr taiminoti vaqtinchalik to'xtatiladi.

- "Nog'oyqo'rg'on" MFY
- "Yoshlik" MFY
- “Adolat" MFY
- "Baxt" MFY
- "Mustaqillik" MFY
- "Bo'ston" MFY
- "Guliston" MFY
- "Xonobod" MFY
- "Yangiobod" MFY

Yuqorida nomlari qayd etilgan MFY hududlaridagi maktab va maktabgacha ta'lim maskanlarida.

Tеl: 70 645 32 00

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#targ‘ibot


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi D.Akbayeva, shaharimizdagi "Xonobod" jom'e masjidi imom hatibi A.Akmalov, ishchi guruh a'zolari D.Soipov, Q.Rasulov va J.Pardayev bilan hamkorlikda shahar Yoshlar ishlari agentligi bo‘limida mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni yod g‘oyalar ta'siriga tushib qolishlarini oldini olish maqsadida "Ogohlik-davr talabi" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbirida mutassadi tashkilotlar va ishchi guruh tomonidan mavzu yuzasidan atroflicha targ‘ibot ishlari olib borildi.Mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan yetarlicha javoblarni oldilar.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram