Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.68K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#islohot

Ohangaron shahar prokurori To‘lqin Karimov Departmentning shahar bo‘limi boshlig‘i A.Fayziyev bilan birgalikda Ohangaron dehqon bozoridagi narx-navolar barqarorligini, mahsulotlar zaxirasini o‘rganib, narxlarni barqaror ushlab turish borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berishdi.

@ohangaronshahar
#kitobxonlik
#ma’naviyat

❇️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi, "Nuroniy" jamg‘armasi bo‘limi, Axborot kutubxona markazi, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yoshlar orasida kitobxonlik ko‘nikmasini kuchaytirishga qaratilgan "Zukko kitobxon” tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda "Baxt" va "Yangiobod" MFY nuroniylari, yoshlar va shahar "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zolari faol ishtirok etishib, hakamlar tomonidan berilgan jumboqli savollar asosida o‘zaro bellashib, o‘zlari sevib mutolaa qilgan kitoblaridan iqtiboslar keltirdilar.

Tanlov so‘ngida g‘olib bo‘lgan yoshlar homiy otaxon M.Ergashev tomonidan taqdirlandilar.

@ohangaronshahar
#ma’naviyat

❇️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi, shahar "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, shahar "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi hamda Adliya bo‘limlari hamkorlikda shahar Tibbiyot birlashmasida shifokor va xodimlar o‘rtasida "O‘zbekiston-dunyoviy davlat" tamoyili asosida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan "Ma'rifat soati" tashkil etildi.

Ma'rifat soatida RMMM Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, shahar Adliya bo‘limi bosh yurist-konsulti B.O‘smanov, shahar "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zosi, shahar "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi rahbari Sh.Komilov, shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i N.Xalikovlar ishtirok etib, mazkur mavzu yuzasidan batafsil targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

📣 Tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblarni oldilar.

@ohangaronshahar
#salomatlikka_befarq_emasmiz
#besh_ming_qadam

❇️ O’zbekiston Respublikasi Presidentining PQ-92 sonli Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida yurtimizning turli hududlari bo’ylab “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» yurish marafonlari davom etmoqda.
Ana shunday sog’lomlashtirish tadbirlarining  navbatdagisi bugun Ohangaron shahrida ham  start oldi.

🔎Marafonda  400 dan ziyod ishtirokchilar shahar hokimligi binosi hovlisidan  hududdagi markaziy o'yingohi tomon piyoda yurib borishdi. Sport mashqlarini bajarib, oz bo’lsa-da, salomatliklarini mustahkamlashga hissa qo’shishdi.

🔰Ular orasida shahar sektor rahbarlari, yoshlar, mahalla faollari hamda hududda faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilotlar vakillari ham bor.
🏃Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi  aholining o'z salomatligiga befarq bo'lmasligiga hamda shahar ahli va yoshlar o'rtasida sportni ommaviy targ'ib etish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Ohangaron shahar hokimligi Аxborot xizmati