Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.8K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#jarayon

Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov "No‘g‘oyqo‘rg‘on" MFY fuqarolari bilan uchrashdi.


📣 Uchrashuvda shahar hokimi kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash dolzarb masala ekanini mahalla ahliga tushuntirib, tomorqachilik, hunarmandchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish zarurligi xususida ta’kidladi.


"No‘g‘oyqo‘rg‘on" MFY fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan shahar rahbariga yuzlandi. Shuningdek, mahalla ahlini qiynayotgan muammolar tinglanib, tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi.


📘 Yig‘ilish so‘ngida xonadonlarga quyosh paneli o‘rnatish, bu orqali elektr energiyasini tejash zarurligi aytilib, yashash manziliga quyosh panelini o‘rnatish istagidagi shaxslarga bir qator imtiyozlar berilayotgani haqida so‘z yuritildi.

@ohangaronshahar
#jarayon

Ohangaron shahar "Birlik" MFY binosida mahalla raisi saylovi o‘tkazildi.

Saylovda Ohangaron shahar hokimining jamoat ishlari bo‘yicha maslaxatchisi Botirxon Munavarov, "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Shavkat Kamilov va 21-Birlik saylovi okrug deputati Jamshid Uzoqovlar ishtirok etdi.

📣 Mahalla faollari tomonidan ko‘pchilik ovoz olgan Jasur Yo‘ldoshev mahalla raisi etib saylandi.

Mahalla raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslaxatchisi "Keksalar maslaxat" guruxi raisi vazifasiga Akbarova Kimoxon opa tayinlandi.

@ohangaronshahar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi «2023 yilda qayta jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-57-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 2023 yil 23 may kuni 9 ta 5 vt quyosh panellari o‘rnatildi.


@ohangaronshahar
#Inson_qadri_uchun

Nuroniylarning holidan xabar olish, qadrlab, yo‘qlab borish eng ezgu qadriyatdir.

Shu maqsadda bir gurux nuroniylar hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda yig‘ilib, Yo‘ldosh ota Ergashev xonadoniga tashrif buyurdik.

📣 Yo‘ldosh Ergashev, "1-darajali Mexnat faxriysi" ko‘krak nishoni sohibi, sobiq quruvchidir. Ohangaron shahrining faxriy nuroniylar, "Nuroniylar" jamoatchilik Kengashining faol a’zosi, "Namuna" MFYda istiqomat qiladi.

Mas’ullar faxriy nuroniylarni yo‘qlashda davom etadi.

@ohangaronshahar
#jarayon

Ohangaron shahar IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari podpolkovnik F.X.Ismoilov 3-sektor hududidagi yoshlar muammolarini yoshlar yetakchilari bilan birgalikda uyma-uy yurib o'rganmoqda va muammolar joyida hal etilmoqda.

📣 Vaqt talab qilinadigan muammolar tegishli tashkilotlarga topshiriq berilib, nazoratga olinmoqda.


@ohangaronshahar
#jarayon

Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i Iskandar Qo'ziboyev tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 11 aprel kuni "Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari" ga bag'ishlangan videoselektorida qo'yilgan vazifalar ijrosi yuzasidan   Ohangaron shahar hududida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ularning uyiga borgan holda o'rganish ishlari olib borildi.


Yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi, hal etish choralari ko’rildi.

@ohangaronshahar