Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.8K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#jarayon

Bugun "Navbahor" MFY faollari bilan "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi.

📣 Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi hamda "Keksalar maslahat" gurux rahbarligiga 1-darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni sohibi Abdusattarov Toxir Oripovich saylandi.

@ohangaronshahar
#Kasblar_tanlovi
#Qandolatchilik

23-may kuni Ohangaron shahrida qandolatchilik tanlovining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

📣 Murosasiz kechgan musobaqada 1-o'rinni 1-sektor Yoshlik mahallasidan Risqulova Hafizaxon egalladi va hududiy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Hakamlar hay'atini mushkul vaziyatga solgan jarayondan Hafizaxon o'z bilimdonligi va pazandaligi bilan yuqori balni qo'lga kiritdi.

Viloyat bosqichida hamshahrimizga omad tilaymiz
!

@ohangaronshahar
#ta’lim

"Men O'zbekistonning baxtli bolasiman''

Ohangaron shahar 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida 4-sinflar ishtirokida "Men O'zbekistonning baxtli bolasiman'' shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.

✳️ Bayram tadbirida o'quvchilar tomonidan ustoz, ona vatanni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar ijro etildi.

❇️ Sinf rahbarlari X. Mirzafarova hamda D. Turg'unovalar kechagina maktabga qadam qo'ygan ziyrak, aqlli, o'ktam o'quvchilarini bugun boshlang'ich ta'limni tugatganligi bilan tabriklab, ular bilan xayrlashar ekanlar, cheksiz olqish ila ularga oydin yo`l tiladilar.

Tadbir yakunida maktab rahbari F.Mashkurova tomonidan boshlang'ich sinfni a'lo baholarga bitirgan hamda namunali xulqi bilan o'rnak bo'ladigan o'quvchilarga Maqtov yorliqlari topshirildi

Yulduz Xalkuziyeva

@ohangaronshahar