Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
39.4K photos
2.53K videos
67 files
8.87K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Shukuh

Shahrimizdagi markaziy stadionda Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan har kuni Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev ishtirokida shahrimizga o‘rnatilgan Yangi yil archasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, shuningdek, shahar hokimi shahar aholisini bayram bilan tabriklaydi.


Barchangizni 17:00 da shahrimizdagi markaziy stadionda kutib qolamiz! Keling, bayram shukuhidan bahramand bo‘ling!

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Shukuh

Ohangaron shahrida qad rostlagan bayram archasi barchani o‘ziga chorlamoqda!

Shahar hokimi sektor rahbarlari bilan birgalikda xalqimizni yaqinlashib kelayotgan yangi yilni shod-xurramlikda qarshi olishga chaqirdi.

Shuningdek, bayram archasi atrofida musiqiy kechalar tashkil etilishi, aholimiz uchun bayram arafasida ko‘ngilochar tuhfalar hozirlanganini ta’kidlab o‘tdi.

Siz ham farzandlaringizni olib archa atrofidagi sarguzashtlardan bahramand bo‘lishga keling! Endi Toshkentga borib archa ko‘rishning hojati yo‘q, Toshkent yonginangizda!


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#shukuh

Ohangaron shahar markaziy sport o‘yingohida Ohangaron shahar Madaniyat bo‘limi ijodiy xodimlari tomonidan yangi yil bayrami munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonning yangi yil archasi" nomli teatrlashtirilgan shou konsert  dasturi namoyish etib kelinmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh #Festive_mood #Благодарность

Nurafshonda bayram shukuhi
____

Festive mood in Nurafshan
____

В Нурафшане ощущается атмосфера праздника

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Ohangaron shahridagi markaziy archa atrofida Ohangaron tuman Nogironlar jamiyati imkoniyati cheklanganlar uchun yangi yil bayrami o'tkazildi.

Tadbir qatnashchilariga yangi yil sovg'alari ulashildi.

Ohangaron shahar Madaniyat bo'limi ijodiy xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar barchaga bayramona kayfiyat bag'ishladi.
#shukuh

O‘zbekistan XDP Ohangaron shahar Kengashi tomonidan Ohangaron shahar 7-alohida ta’lim ehtiyojari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda "Mehr ulashaylik" loyihasi asosida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda o‘qituvchilar hamda bolajonlarni bayram munosabati bilan samimiy tabriklab, partiya safini kengaytirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir so‘ngida, O‘zbekistan XDP Ohangaron shahar kengashi raisi G.Kasimova tomonidan bolajonlarga shirinliklar tarqatilib, partiya a’zolari rag‘batlantirildi.
#shukuh

Ohangaron Dehqon bozorida bayram munosabati bilan shahar hokimligi tashabbusi bilan 50 kg osh damlandi.

Shahrimiz aholisi, mehmonlar, tadbirkorlar uchun mehr bilan bayram oshi tayyorlandi. Bayram oshiga marhabo!
#Shukuh

O‘zNJ Toshkent viloyati Ohangaron shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan MFYlarda yashovchi NNT a’zolari vakillari,  50 nafar Bolajonlarga Yangi yil sovg‘alari ulashildi.  Sevimli Qorbobolaridan Yangi yil sovg‘alarini olgan bolajonlarga quvonch ulashilgan tadbirlar " Ohangaron Turon Baraka " MCHJ  homiyligida tashkil etildi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Shukuh

Deputatlardan bolajonlarga

Yangi yil bayramini shirinliklar bayrami desak ham bo‘ladi. Yil bo‘yi hayotimiz mana shu shirinliklarday shirin bo‘lsin degan ma’noda shirinlik tarqatishadi, ehtimol...

No‘g‘oyqo‘rg‘on, Bunyodkor, Umid, Do‘stlik, Navbahor MFY hududlaridan saylangan deputatlar tomonidan bolajonlarga bayram sovg‘alari yetkazildi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Shukuh
#etibor

Yangi yil bayramini shifoxonada qarshi olayotgan bolajonlar. Ularning Qorboboga intiqligi, yaqinlari sog‘inchi.

Shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev sektor rahbarlari, o‘rinbosarlari bilan birgalikda Tibbiyot birlashmasidagi bolalar bo‘limida davolanayotgan bolajonlarga bayram kayfiyati ulashishdi. Qorbobo va Qorqiz birligida bolajonlarni bayram bilan tabriklab, bayram tuhfalarini hadya etishdi.



➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Shukuh
#Sport_tadbirlari

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ohangaron shahar sport maktabida ☝️
🥋Dzyudo
🥊 Boks
🥋Karate vkf
🏓 Stol tennisi
Sport turlari bo'yicha musobaqa tadbirlari tashkillashtirildi.

Musobaqada jami 200 nafar sportchi yoshlar ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallashdi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Shukuh

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan shahrimizdagi Musiqa va san’at maktabida Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev ochib berib, barchani bayram bilan tabrikladi. Tinch osoyishta kunlarimiz ortida harbiylarimizning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, Ichki ishlar, prokuratura va boshqa sohalarda xizmat qilayotgan fidoyilarga tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida shahar Madaniyat bo‘limi o‘quvchilari va xodimlari tomonidan diltortar raqslar, dilrabo qo‘shiqlar ijro etildi.

Musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ham o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt