Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39K photos
2.51K videos
67 files
8.77K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Yarmarka_oldidan
#jarayon

Joriy yilning 4-5 avgust kunlari Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki”da hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

❗️Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalarning sanoat salohiyatini yanada oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur nufuzli sanoat anjumanida Ohangaron shahar hokimligi boshchiligida “SILK PLAST QUALITY” MChJ, “DAL HEAVY INDUSTRIES” MChJ QK, “EGIDA-SIMAKS” MChJ QK, “EAST MINNING INVEST” MChJ QK ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

❇️Ayni damda korxonalarda sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Bandlik
#yarmarka

Ayni damda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi boshlanish arafasida!

Keling, ko‘ring, tanlang!..


https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Bandlik
#yarmarka

Ohangaron shahar Madaniyat va istirohat bogida  shahar prokurori hamda Ohangaron shahar Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tashabbusi bilan band bo’lmagan aholi, shu jumladan ishsiz yoshlar, ayollar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynalayotgan fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularni muqim ish joylariga joylashtirish, shuningdek, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida  bo’sh ish o’rinlari “Mehnat yarmarkasi” o’tkazildi.

Mehnat yarmarkasida 34 ta  korxona  tashkilot  637 ta   bo’sh  ish  o’rinlari bilan ishtirok etdi.

Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi 74 nafar band bo’lmagan ishsiz fuqarolar ( 38 nafar ayollar          25 nafar yoshlar) ishtirok etdi.

Yarmarkada ishtirok etgan band bo’lmagan, ishsiz 11 nafar fuqarolar korxona va tashkilotlarga yo’llanma bilan ishga joylashtirildi.

51 nafar fuqarolar  ishga joylashish uchun korxona va tashkilotlarga yuborildi.


https://t.iss.one/ohangaronshahar
#yarmarka

Toshkent viloyati hokimligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida sanoat yarmarkasi bo'lib o'tdi. Yarmarkada Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparki ham faol ishtirok etmoqda.

📲Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling !

Telegram | Instagram | YouTube
#Ohangaron shahar
#yarmarka

📌Hozirgi kunda Ohangaron shahar dehqon bozorida  tashkil etilgan yarmarka  rastalarida barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari mavjud va mahsulotlar arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.

Ayni damda ushbu yarmarkada narxlarni sun’iy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida  Bosh Prokuratura huzuridagi  Jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti boshligʻi, shahar hokimi o'rinbosari va DSI boshligʻi oʻrinbosari hamda  bozor mutasaddilari   tomonidan yarmarka faoliyati oʻrganilmoqda.

Ohangaron shahar DSI.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#yarmarka

Toshkent viloyati hokimining tegishli topshirig‘i asosida, bayram arafasida aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Ohangaron dehqon bozori hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, aholini arzon go‘sht mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida bugun shahar markazida jonliq so‘yilib arzonlashtirilgan narxda aholiga tarqatildi.

Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov dehqon bozorida bo‘lib, savdo yarmarkalaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va ularning narxlari bilan tanishdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#Shukuh
#yarmarka
#bozorda_nima_gaplar

Bayram arafasida Dehqon bozorida  vaziyat qanday? Mutasaddilar jamoatchilik nazorati o‘rnatmoqda(mi?)

Ohangaron shahar bozoridagi xizmat ko‘rsatish sifati, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi barqarorligi, tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida dehqon bozorida hamkro tashkilotlar ishtirokida  o‘rganish olib borildi.

O‘rganishda bozor rahbariyati, Ichki ishlar bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,  Veterinariya, Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi  mutasaddilari hamda Birlik MFY deputati Anvar Xidoyatov tomonidan bozordagi narx-navo, savdo yarmarkalari, mahsulotlar sifati o‘rganildi.

Bayram kunlarida xalqimiz dasturxonlariga sifatli, hamyonbop mahsulotlar yetkazib berish bosh maqsad ekanligi ta’kidlandi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt