Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39K photos
2.51K videos
67 files
8.77K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Jarayon

Ohangaron shahar hokimligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Yashil makon” dasturiga muvofiq shaharda olib borilayotgan ishlar xususida so‘z bordi. Mavsum tugagunga qadar, shahar hududiga mevali, manzarali daraxt ko‘chatlarini
o‘tqazish lozimligi belgilab berildi.

🖇Shuningdek, kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat zahirasini yaratish, korxona-tashkilotlar xodimlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini zahira qilib qo‘yishi kerakligi ta’kidlandi.

⚡️Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturi doirasida kambag‘allikni qisqartirish masalalarida mutasaddilarning axboroti tinglandi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#jarayon

Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etmoqda...

🔥Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabr  kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" oʻtkazilmoqda.

Ohangaron shahar FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar, yong'inlar, is gazidan zaharlanish holatlari, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida aholi yashash xonadonlari, ko'p qavatli uylarida tushuntirish, targ'ibot-tashviqot ishlari va tekshiruvlar amalga oshirilib kelinmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#jarayon
#yong‘in_xavfsizligi_oyligi

Xalqimizda "Olov tilsiz yov" degan gap bor. Bu bejiz aytilgan emas. Chunki arzimagan e’tiborsizligimiz sababli yuzaga kelgan yong‘inlar ko‘plab noxushliklarni keltirib chiqarayotganligiga ko‘z yumib bo‘lmaydi.

2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ohangaron shahar 16-DMT tashkilotida ham ushbu tadbir doirasida Favqulodda Vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tarbiyachilar, ishchi xizmatchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Yong‘in xavfsizligi - bu faqat qoidalar emas, balki o‘zingiz, yaqinlaringiz va jamiyat haqida g‘amxo‘rlik qilishdir!


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Jarayon

Ohangaron Dehqon bozori hamda aholi gavjum joylar, oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish joylarida ovqatdan ommaviy zaharlanish, Botulizm, Quturish, Kuydirgi hamda boshqa yuqumli  kasalliklarini oldini olish maqsadida shahar FVB hamda Veterinariya chorvachilikni rivojlantirish  bo‘limlari hamda Shahar hokimligi bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida tadbirkorlar va fuqarolarga tegishli tavsiyalar berilib eslatmalar tarqatildi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Jarayon

Ohangaron shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Markaziy ko‘chalar, shifoxona yo‘llari hududiga qum-tuz aralashmasi muntazam ravishda sepilmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Jarayon

Shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev hokim o‘rinbosari Zufar Karimov hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan birgalikda ijtimoiy soha obyektlaridagi issiqlik tizimini o‘rganmoqda.

Dastlabki o‘rganishlar Tibbiyot birlashmasidan boshlandi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Jarayon

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda YPX tomonidan shaharning ichki ko‘chalari qordan tozalanib, qum-tuz sepildi.

Ayni damda avtomagistral yo‘l va shahar yo‘llarida avtomobillar va piyodalar qatnovi amalga oshirilmoqda.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌
#Jarayon

Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari hali quyosh chiqmasidan turib ish joylariga yetib kelishdi.

Sadoqat bilan mehnat qilish namunasini aynan mana shu bo‘lim xodimlarida ko‘rsak bo‘ladi.
#Jarayon

Ohangaron shahar FVB hamda shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamkorlikda Veterinariya nazoratidan oʻtmagan Daydi va qarovsiz itlarni tutib vaqtincha saqlash boʻlimiga joylashtirildi.
#Jarayon

Ohangaron Dehqon bozori hamda aholi gavjum joylar, oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish joylarida ovqatdan ommaviy zaharlanish, Botulizm, Quturish, Kuydirgi hamda boshqa yuqumli  kasalliklarini oldini olish maqsadida shahar FVB,shahar IIB, shahar MG hamda Veterinariya chorvachilikni rivojlantirish  boʻlim hamkorlikda targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida tadbirkorlar va fuqarolarga tegishli tavsiyalar berilib eslatmalar tarqatildi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Jarayon
#Hamkorlik

Kafolat shirkatiga qarashli 22-uyning elektr energiyasi bilan bog‘liq muammosi Elektr ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda bartaraf etildi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Jarayon

Shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul ishchi xizmatchilari tomonidan Birlik MFY hududidagi yo‘laklar qum qoldiqlaridan tozalashmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Jarayon

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgustdagi 332-sonli qaroriga muvofiq, “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi hamda chorshanba  yong‘inlar profilaktikasi kuni doirasida Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Ohangaron shahar hududida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va sodir bo‘lganda ularning oqibatlarini bartaraf etish, fuqarolar va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Jarayon

Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatidan

Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan shahrimizdagi mahallalarda obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ayni damda iliq ob-havo sharoitida yog‘ingarchiliklarni betalafot o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Jarayon

Ohangaron shahar FVB xodimlari tomonidan shahrimiz hududida joylashgan davlat tasarrufidagi obyektlarda yong'in xavfsizligi qoidalari to'g'risida tushunchalar berilib, ishchi-xizmatchi xodimlarning favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda harakat qilish tartibi tushuntirilib, amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

Shuningdek, birlamchi yong'in o'chirish vositalaridan qanday foydalanish kerakligi to'g'risida tushunchalar berildi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#jarayon

Yong'inlar, is gazidan zaharlanish va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Ohangaron shahar FVB xodimlari tomonidan shahar hududida joylashga 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchi yoshlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda o'quvchi yoshlarning favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda harakat qilish tartibi bo'yicha bilim ko'nikmalari tekshirilib qo'shimcha ma'lumotlar ham berildi.