Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.48K videos
67 files
8.65K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Mulohaza_vaqti

-𝖡𝗎 𝗁𝖺𝗒𝗈𝗍𝖽𝖺 𝖻𝖺'𝗓𝗂𝗅𝖺𝗋𝗇𝗂 𝗆𝖺𝗄𝗍𝖺𝖻𝗂 𝖻𝗈𝗋, 𝖻𝖺'𝗓𝗂𝗅𝖺𝗋 𝗎𝖼𝗁𝗎𝗇 h𝖺𝗒𝗈𝗍𝗇𝗂𝗇𝗀 𝗈'𝗓𝗂 𝗆𝖺𝗄𝗍𝖺𝖻...

𝖩𝗎𝖽𝖺 𝗂𝖻𝗋𝖺𝗍𝗅𝗂 𝖿𝗈𝗍𝗈𝗌𝗎𝗋𝖺𝗍..😔

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Mulohaza

AHOLINI   ROʻYXATGA   OLISHNI   OʻTKAZISH   KERAK..MI?
 
Aholini roʻyxatga olish shunchaki statistika emas, balki bu mamlakat aholisining maʼlum bir vaqtdagi fotosuratini koʻrish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi.
Dunyodagi har bir mamlakat, oʻzining aholisi va uning yashash holati boʻyicha ishonchli maʼlumotga ega boʻlish maqsadida maʼlum bir belgilangan davrlarda aholisini roʻyxatga olib boradi. Koʻpchilik mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish har besh yoki oʻn yilda amalga oshiriladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish boʻyicha har oʻn yillikda raund eʼlon qilinadi
va unda aʼzo mamlakatlarga oʻz hududlarida kamida bir marta aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish tavsiya etiladi. Xususan, 2015-yil
10-iyun sanasida qabul qilingan rezolyutsiyasida aʼzo davlatlarga aholi
va uy-joy fondini roʻyxatga olish tadbirini 2015-2024-yillar oraligʻida kamida bir marta oʻtkazish tavsiya etilgan.
Bugungi kunga kelib, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlarining aksariyatida aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkazildi, faqat Ukraina, Moldova va Oʻzbekiston Respublikalarida hali bu tadbir oʻtkazilmadi.
Turkmaniston Respublikasi
2022-yil 17-27-dekabr
Ushbu raund doirasida aholini roʻyxatga olish tadbirning sanalari koʻpgina davlatlarda koronovirus pandemiyasi (COVID-19) tufayli va boshqa sabablarga koʻra bir necha marotaba boshqa sanalarga koʻchirildi.
Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi tufayli koʻpgina mamlakatlar aholini roʻyxatga olish tadbiri doirasida roʻyxatga olish va soʻrov oʻtkazish usullarini ham oʻzgartirishdi.
2000 va 2010-yillar raundida MDH mamlakatlarining barcha aʼzolari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi hududlaridagi koʻpgina mamlakatlar aholini roʻyxatga olishda faqatgina anʼanaviy usuldan, yaʼni aholi bilan yuzma-yuz soʻrov oʻtkazish usulidan foydalanishgan.

@ohangaronshahar
#Mulohaza

Kitob o‘qiydigan va o‘qimaydiganlar:

1. Kitob o‘qishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.

2. Qancha ko‘p kitob o‘qisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.

3. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob o‘qiydiganlar va kitob o‘qiydiganlarning og‘ziga qarab yuradiganlarga bo‘linadi.

4. Kishi aqlli bo‘lib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. O‘sha o‘ntani topish uchun esa minglab kitoblarni o‘qib chiqishi kerak bo‘ladi.

5. O‘rta hol insonlarning uyida katta televizori bor. Boylarning uyida esa, katta kutubxona.

Tohir Malik

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#mulohaza

INSHO
Hikoya

O‘g‘lon ijodiy imtihonda tinchlik mavzusida insho yozdi; bor-yo‘g‘i olti qatorgina.
“Onam sigir  sog‘adilar. Non yopadilar. Men va ukalarim issiq nonni sindirib  sut kosaga solamiz. Bu- Tinchlik! Yaxshi. Onajonim Otajonimga non ushatib beradilar. Otajonim nonga chap qo‘lini uzatadilar. O‘ng qo‘lini afg‘on urushi yegan. Urush- yomon! Bizning uyimizda Tinchlik va Urush yonma-yon yashaydi...”.
....Muallima bu bitikni o‘qib yum-yum yig‘ladi.

Qo‘chqor  NORQOBIL
#mulohaza

“Sen qadim zamonlarga qayt. Juda ibtidoiy qadim o‘tgan zamonga qayt. Dunëda ilk shamollar esa boshlaganida og‘ochlar yo‘q edimi? Yaproqlar shakliga boq! Osmonga qo‘llarini cho‘zgan daraxt shoxlariga qara. Og‘ochlar shamol kelishini oldindan bilgan kabi o‘sganini ko‘rmayapsanmi?  Bu og‘ochlar shamol esganida egiladi¸ bukiladi ammo yana qaddini tiklaydi. Bu og‘ochlarni hech kim kesib o‘tin qilib ëqmaydi. Ular qurib yerga yiqilib o‘g‘itga aylanishadi. Bu o‘g‘it bag‘rida esa boshqa nihollar qad ko‘tarib chinorlarga aylanadi. O‘rmonda o‘lim yo‘q!"

Latifa Takin, "O‘rmonda o‘lim yo‘q" romanidan

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt‌‌
#Mulohaza

​​Bir vaqtlar inson yolg‘iz qolishga fursat topilardi: avtobusda, ishga piyoda ketayotganda yoki kimnidir kutayotganda odam o‘zi bilan muloqot qilishi mumkin edi. Hozir esa yolg‘iz qoldi deguncha odamlar telefoniga yopishadi, quloqchin taqadi va allaqanday o‘yinlarga berilib ketadi. Ular texnologiyaning quliga aylanib bo‘ldi. O‘tmish moʻjizalari yangiliklar tumani ichra ko‘zdan yo‘qolmoqda.

©️Den Braun (Ibtido) kitobidan

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt‌‌