Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.67K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#ochilish_marosimi

Ohangaron shahar “Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik bo‘limining bakterioligiya va parazitologiya bo‘linmalari”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

❇️Tantanali marosimda Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonkulov, sektor rahbarlari hamda shahar deputatlari ishtirok etishdi. Bakteriologiya va parazitologiya laboratoriyalari bugungi kunda “Open byudjet” tomonidan berilgan 180.772.000 so‘m mablag‘ hisobiga zamonoviy tibbiyot jihozlari bilan ta’minlandi. Shuningdek, Ohangaron shahar hokimligi hamda deputatlar kengashi tomonidan ajratilgan 86 mln. mablag‘ hisobiga tibbiyot jihozlari bilan ta’minlandi va joriy ta’mirlandi.

Endilikda bo‘lim aholi salomatligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qiladi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#ochilish_marosimi

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Ohangaron shahar bo’limi xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi.

Tadbirkorlarga yanada qulaylik va yengillik yaratish, ularni qiynayotgan masalalarda ko’mak ko’rsatish, qolaversa, ish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu bino zamon talablari asosida bunyod qilindi.

Ochilish marosimida Savdo-sanoat palatasining tegishli rahbar va mas’ul xodimlari, mutasaddilar hamda qator tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Marosim yakunlangach shu paytning o’zida Ohangaron shahridan 10 ga yaqin tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatildi.


@ohangaronshahar
#ochilish_marosimi
#Bayram_tuhfasi


Bugun shahrimizdagi “Boʻston” MFY binosining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirni shahar hokimi Akrom Eshonqulov ochib berib, hudud aholisini yangi obyektlar bilan qutladi.

Xususan, mazkur mahalla hududidagi “CLEAR KIDS” nomli oilaviy bogʻchaning foydalanishga topshirilishi mahalla  ahli uchun qoʻshaloq bayram boʻldi. Hududiy sektor rahbari To‘lqinjon Karimov aholi murojaatlari ijobiy yechimini topganini ta‘kidlab, fuqarolar bilan suhbatlashdi.

Tantanada mutasaddi rahbarlar, mahalla faollari, hudud fuqarolari ishtirok etib, bu jarayonni bayram sifatida nishonlashdi.


Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#ochilish_marosimi
#Shukronalik_bayrami


Bugun shahrimizdagi “MustaqillikMFYning yangi binosi ham foydalanishga topshirildi.


Qariyb 523 mln. soʻm mablagʻ evaziga qad rostlab, zamonaviy qiyofa kasb etgan majmuani shahar hokimi Akrom Eshonqulov koʻtarinki kayfiyatda ochib berdi.

Hudud fuqarolari mazkur MFYning foydanishga topshirilishini qutlugʻ kunlar arafasidagi  qoʻshaloq bayram sifatida qabul qilishdi!

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#ochilish_marosimi
#Shukronalik_bayrami

Shahrimizdagi “Baxt” MFYning binosi ham ayni soatlarda foydalanishga topshirildi.

Qariyb 523 mln soʻm mablagʻ evaziga qad rostlab, zamonaviy qiyofa kasb etgan mahalla binosining ramziy kalitini  shahar hokimi koʻtarinki kayfiyatda mahalla masʼullariga  topshirdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#Ochilish_marosimi

Ohangaron shahrida Davlatimiz rahbarining hamda Hukumatimizning inson manfaatlariga, odamlarning turmushining yaxshilanishiga, ayniqsa, xotin-qizlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, tadbirkorlikka jalb qilish orqali ularning bandligini taʼminlash va oilasiga qoʻshimcha daromad olib kelishga qaratilgan farmon va qarorlar ijrosini hayotga tatbiq etishga alohida eʼtibor berilmoqda.

Xususan, Ohangaron shahrida Vazirlar Mahkamasining  VM-376-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Baxt mahallasida "Xunarmandchilik va kasanachilik markazi" ochildi.

Ochilish marosimida shahar hokimi M.Rajabboyev boshchiligida tashkilot rahbarlari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
#ochilish_marosimi
#qaror_ijro

Ohangaronda ayollar salomatligi markazi ochildi

Davlatimiz rahbarining hamda Hukumatimizning inson manfaatlariga, odamlarning turmushining yaxshilanishiga, ayniqsa, xotin-qizlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, tadbirkorlikka jalb qilish orqali ularning bandligini taʼminlash va oilasiga qoʻshimcha daromad olib kelishga qaratilgan farmon va qarorlar ijrosini hayotga tatbiq etishga alohida eʼtibor berilmoqda.

Xususan, Ohangaron shahrida Vazirlar Mahkamasining  VM-376-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Iloq mahallasida "Ayollar salomatlik markazi" ochildi.

⚡️Ayollar salomatlik markazining ochilish marosimida shahar hokimi o‘rinbosari K.Usmanova, Nuroniy jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi Sh.Komilov boshchiligidagi tashkilot rahbarlari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Ayollar salomatligini mustahkamlashni maqsad qilgan ushbu dargoh endi ayollar salomatligi uchun xizmat qilishi tabiiy!

Kanalga ulanish:
👇👇👇
@ohangaronshahar