Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
38.9K photos
2.5K videos
67 files
8.73K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#bayram_muborak

Barchamiz orziqib kutgan so‘lim bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko‘ngillarimiz yorug' tuyg'ularga to‘lib boradi.

Biz bugun Yaratganning buyuk mo‘jizasi bo‘lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o‘zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarni ulug'lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning ''Jannat onalarning oyog‘i ostidadir'' degan mazmundagi so‘zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta'zim qilamiz.

O‘zining latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb saxovati bilan oilani oila qiladigan, xonadonlarimiz bekasi va charog'boni bo‘lmish Siz, munis ayollarimizga har qancha tasannolar aytsak, Sizlarni har qancha e'zozlab, boshimizga ko`tarsak, arziydi, albatta.

Bayramingiz muborak bo'lsin aziz ayyollar.

Hurmat bilan,
hokim o‘rinbosari Ilhom TEMIROV


@ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_muborak


Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputati, “Great finance” korxonasi rahbari Jamshid Uzakov barchangizni bayram bilan qutlaydi!


@ohangaronshahar
#bayram_muborak

Har bir ayol e'tiborimiz markazida

Bugun Ohangaron shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boʻlimi rahbari J.Sodiqov boshchiligida boʻlim erkaklari xotin qizlarni 8 - mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrikladi.
#bayram_muborak

Har bir ayol e'tiborimiz markazida

Bugun Ohangaron shahar 6-sonli boalar musiqa va san'at maktabi rahbari Shuxrat Nosirov boshchiligida maktabda faoliyat yuritayotgan erkaklar tomonidan xotin qizlarni kuy va qo'shiqlar sadosi ostida sovg'alar bilan "8 - mart xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan tabrikladi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#bayram_muborak

Oila inson kamolotining bosh bo'g'ini, davlat tizimining eng muhim instituti, jamiyat o'zagi va avlodlar davomiyligini asrovchi qo'rg'ondir.


📣 Har qaysi millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o'rni va ta'siri beqiyos.

👨‍👨‍👧‍👦 Oila-mehr-muhabbat, o'zaro hurmat, birdamlik kabi umuminsoniy qadriyatlar asosidir.

Xalqaro oila kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Ohangaron shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi.

@ohangaronshahar