Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
41.9K photos
2.7K videos
69 files
9.53K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Diqqat_tanlov

“Xon atlas” festivali start oladi

Hurmatli shahrimiz ayollari, qadrli qizlarimiz.

Joriy yilning 9-14 sentabr kunlari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analarini namoyon etish maqsadida "Xon atlas" festivali o‘tkaziladi.

Tanlov shartlari:
Festival doirasida shahardagi barcha mahallalar, korxona, tashkilotda
#Xon_atlas heshtegi ostida milliy liboslarni targ‘ib qilishi, chellenjlar o‘tkazib ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishni yo‘lga qo‘yishi lozim.

Chellenjda faol qatnashgan tashkilot va muassasalar shahar hokimligi tomonidan "Milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi eng faol tashkilot" nominatsiyasi bo‘yicha munosib taqdirlanadi.

Chellenjda faol ishtirok eting!


https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Diqqat_tanlov

Shahrimizda uzoq yillardan buyon ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan va yaxshi natijalarga erishgan ustoz-muallimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida shahar hokimi tashabbusi bilan “Fidoyi muallim” tanlovi tashkil etilmoqda!

Tanlovda ta’lim muassasalarining aniq fanlar o‘qituvchilari ishtirok etadi. Talabgorlarning ko‘p yillik faoliyati hamda shogirdlari erishgan natijalari baholanadi.
Tanlov maktab va shahar bosqichlarida tashkil etilib, komissiyalar tomonidan baholanadi.

⚡️G‘oliblar Konstitutsiya bayrami arafasida tantanali e’lon qilinadi. Shuningdek,
tanlov g‘oliblariga shahar hokimining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshiriladi.

@ohangaronshahar