Оhangaron shahar hokimligi
3.68K subscribers
42.8K photos
2.72K videos
69 files
9.68K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Ohangaron_shahar

Ohangaron shahrida "Ayol - qadriyatlar davomchisi" tanlovi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Z.Mahkamova tashabbusi bilan butun respublikamiz boʻylab "Ayol - qadriyatlar davomchisi" mavzusida milliy liboslarimiz, marosim va urf-odatlar tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.

Ohangaron shahrida ham ushbu tanlovning shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Tadbirda shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Usmanova, RMMM Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, "Ohangaron hayoti"  gazetasi bosh muharriri Sh.To‘laganova, "Oqila ayollar" harakati rahbari D.Sodiqova, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan tanlovda "Do‘stlik" jamoasi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


@ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#Boʻston_mahallasi
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Мahalla_bosqichi

Ohangaron shahridagi 1-umumta'lim maktabi sport zalida Voleybol musobaqasining qizlar va oʻgʻil bolalar oʻrtasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning mahalla bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada  yosh toifalarda o‘g‘il va qiz bolalar ishtirok etdi.

G'olib jamoa shahar bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

✈️@ohangaronshahar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_shahar
#DIQQAT

Talaba bo‘lish istagidagi xotin-qizlar shoshiling❗️

🟢Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi.

🟢Hukumat qaroriga muvofiq, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

🟢Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar ushbu👉 https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali ariza topshirishlari lozim.

📝Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

📝 o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;

📝tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

📝 o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

✉️Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

📝fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;

📝 mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;

📝 o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

📝Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

✉️Ma’lumot uchun, shahrimiz xotin-qizlari uchun shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limida hujjatlar yig‘ish boshlandi.

📍 Manzil: Ohangaron shahar hokimligi

Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati

TelegramFacebook 📹You tube🌐Instagram  🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
#Tibbiy_ko‘rik
#Ohangaron

Shahrimizdagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada “Sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida Respublika va viloyatimizning tajribali mutaxassislari ishtirokida bepul malakali tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

TelegramFacebook 📹You tube🌐Instagram  🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_shahar
#BRIFING
Favqulodda vaziyatlar boʻlimi ogohlantiradi

Aholini suvda cho‘kishi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida
Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari Sizlardan o‘z xavfsizligingizni hamda hayotimiz mazmuni bo‘lgan farzandlarimizning suvda cho‘milish borasidagi xavfsizliklarini ta’minlashda doimo ogoh, sergak va hushyor bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.
#Ohangaron_shahar

⚡️Bugun Ohangaron shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Karimdjanov tomonidan Qo‘rg‘on MFY hududi aholisi bilan sayyor qabul  tashkil etildi.

TelegramFacebook 📹You tube🌐Instagram  🌐Web-sayt
#Ohangaron_shahar

Mahalla yoshlari oʻrtasida voleybol boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining
Ohangaron shahar bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

⚡️Sport tadbirida shahar mutasaddilari ishtirok etib, musobaqa qatnashchilarini g‘alaba bilan tabriklab, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

TelegramFacebook 📹You tube🌐Instagram  🌐Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_shahar #Ichki_ishlar_vaziri_kubogi

Viloyatimizning har bir tuman-shaharlarida "Ichki ishlar vaziri kubogi" doirasida vоleybol musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Ohangaron shahrida ham musobaqa ko'tarinki ruhda tashkil etildi.

Jarayonlar videolavhada


TelegramFacebook 📹You tube🌐Instagram  🌐Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#Ohangaron_Yoshlar_Texnoparki
#Reportaj

Ohangaron yoshlar texnoparkida “Innox” biznes inkubatori dasturining yakuni bo‘yicha Demo Day bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning tadbirkorlik va innovatsion salohiyatini rivojlantirish, ularni startap loyihalar yaratishga yo‘naltirish, amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Innox” biznes inkubatori dasturining yakuni sifatida Ohangaron yoshlar texnoparkida Demo Day tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘z loyihalarini investorlar va mutaxassislar oldida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular orasida “Innox” dasturi doirasida shakllantirilgan istiqbolli loyiha 2 ming AQSh dollariga baholandi.

Mazkur tashabbus yoshlarning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, ularni bozorga moslashtirish va startap ekotizimiga muvaffaqiyatli kirib kelishlariga xizmat qilmoqda.

TelegramFacebook 📹You tube🌐Instagram  🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_shahar

💠“Ayollar daftari”ning 2-toifasiga kiritilgan 150 nafar ayollar Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan seminar-treninglarda ishtirok etish uchun ketishdi.

TelegramFacebook 📹You tube🌐Instagram  🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM