Оhangaron shahar hokimligi
3.68K subscribers
42.9K photos
2.72K videos
69 files
9.69K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#TABRIK
#SHUKUH

Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov “Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi - tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan soha vakillariga tabrik yoʻlladi!

TABRIK MATNINI TOʻLIQ OʻQISH UCHUN


👉  BATAFSIL TUGMASINI BOSING

@ohangaronshahar
#tabrik

Ohangaron shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi bosh mutaxassisi - Oʻsimboyev Shaxzod Nuriddinovichning bugungi  tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Hurmatli, Shaxzod Nuriddinovich!
Sizga uzoq umr, oilaviy baxt va tinchlik xotirjamlik tilaymiz.

Ohangaron shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yoʻlidagi xizmatlaringizda omad va zafarlar yor boʻlsin!


Ohangaron shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi

@ohangaronshahar
#Tabrik

Aziz hamshaharlar, kelajagimiz sarhadlarida sergak turgan Vatanimiz posbonlari barchangizni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni  munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Yurtimiz taqdiri, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mashaqqatli mehnatlaringizda ulkan sabot tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to'kin-sochin bo'lsin! Omad, baxt, quvonch siz-u bizni aslo tark etmasin!

J.T.Sodiqov, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi boshlig'i o'rinbosari.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Tabrik

Biringiz oʻgʻilsiz, biringiz yorsiz
Biringiz inimsiz, ishda hamkorsiz
Ogʻirimiz yengil qilib doimo
Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz.


Oila deb atalmish qo'rg'onning posbonlari-yu, tun-u kunni sarhadlarimizda xalqimiz tinchligi uchun o'tkazayotgan harbiylar, yurtimiz jonkuyarlari!

Aziz Vatan va Oila himoyachilari!

Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Sh.A.Ismatova,
Shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig'i

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#tabrik

Nargiza Boymirzayeva, 1-maktab direktori.

Aziz ustozlar! Bugungi ayyom bilan barchangizni tabriklayman! Bolajonlarning "ustoz" degan murojaati qalbimizga iliqlik olib keladi.

Maktabimiz bu yilgi reytingda viloyatdagi 899 ta maktab ichida 7-o‘ringa munosib deb topilgani jamoamizga ulkan sovg‘a bo‘ldi. Buning ortida 100 nafar o‘qituvchi-ustozlarning tinimsiz  mehnati yotibdi. 

Prezidentimizning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan ochiq  muloqotida yurtimizdagi  barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga qarata “Bizning dunyodagi eng aziz va eng moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi bo‘lgan farzand va nabiralarimizdir” deya murojaat qildi.

Barchamiz farzo‘ndlarimizning baxtli, saodatli yashashini istaymiz. Bunga erishish oson emas.

Ta’lim va tarbiya - butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo faollik va fidoiylikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.

Farzandlarimizning baxti, yorug‘ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor yarataylik!
#tabrik

Qalbi ezguliklarga yo'g'rilgan aziz ustozlar, mehridaryo murabbiylar!

Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi jamoasi 1-oktabr– "O'qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami bilan bu sharafli nomni ulug'lab kelayotgan barcha insonlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Sizning yuksak mas'uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo'lishini tilaymiz! Yoshlarning bilim va malakasini oshirishga qo'shayotgan samarali mehnatingiz uchun tashakkur bildiramiz.


Hurmat bilan Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi direktori Bahodir Muminov
#Tabrik

Nilufar Mirzayeva, Ohangaron shahаr hokimining davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi.

Millatning borligini ko‘rsatuvchi yagona belgi bu til. Dunyoda 7000 dan ortiq tillar mavjud, shundan 200 tasi davlat tili maqomini olgan. Ana shu 200 ta tillar orasida o‘zbek tilining borligi insonga katta g‘urur baxsh etadi. Shunday ekan, davlat tili sifatida e'tirof etilayotgan ona tilimizning qaddi va qadri yanada baland bo‘lsin!

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Tabrik

Bugun shahar hokimligining Tashkiliy kadrlar guruhi rahbari v.b Faxriyor Jo‘rabekovning tavallud ayyomi.

Faxriyor Jo‘rabekov, muammolarimizga og‘irlik, vazminlik bilan yechim topadigan, kam gap bilan ko‘p ishlarni bitiradigan o‘z sohasining fidoyilaridan biridir.

Bugun yangi yoshni qarshi olayotgan hamkasbimizga uzoq-umr, sihat-salomatlik, kasbiy muvaffaqqiyatlar tilaymiz!

Shahrimiz rivoji, ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarni qo‘lga kiritishida bugun Faxriyor Faxritdinovichdek yosh, salohiyatli kadrlarning hissasi katta!

Tavallud kuningiz muborak! Har doim muvaffaqqiyatli yurishlar hamrohingiz bo‘lsin!

Ohangaron shahar hokimligi jamoasi.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt
#Tabrik

Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.T.Rayimkulovning Tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi!

Assalomu alaykum! Hurmatli tibbiyot xodimlari! Qadrli, soha faxriylari!

Avvalo, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek olijanob ishga bag‘ishlab kelayotgan siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Bemorlarni nafaqat dori-darmon, balki shirin so‘z, qaynoq mehr bilan darddan forig‘ etishga, malham bo‘lishga shoshilgan Sizdek jonkuyar insonlar uchun har qanday e’zozu ehtiromlar yarashadi.

Shunday sharafli va ayni paytda mashaqqatli mehnatlaringizda ulkan zafarlar, o‘zlaringizga ham mustahkam sog‘liq, oilalaringizdan halovat arimasligini tilayman.

Shu qatorda, Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasida mehnat qilayotgan hamkasblarim mehnatlarini alohida e’tirof etmoqchiman! Hamisha xalqimiz ardog‘ida bo‘ling!

Sizlar bilan bir safda xalqimiz salomatligi yo‘lida mehnat qilayotganimdan baxtiyorman! Bayramingiz muborak bo‘lsin!
#Tibbiyot xodimlari kuniga
#TABRIK

Qadrli hamkasblar, oq xalatli najot farishtalari!

Bugungi qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizni chin dildan, samimiy muborakbod etaman! Siz soha xodimlari yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji yo‘lida erta-yu kech tolmasdan mehnat qilasiz, yurtdoshlarimizning salomatligi, aholi farovonligi yo‘lida o‘z oromingiz-halovatingizdan kechib ter to‘kasiz!

Vatan taraqqiyoti, yurt farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringiz tahsinga loyiq!

Sizdagi metin iroda, fidoyilik, jonkuyarlik, odamiylik kabi xislatlar barchaga  namuna bo‘ladi!


Kasb bayramingiz bilan qutlar ekanman, ko‘nglim bir olam quvonchga to‘lmoqda! Siz aziz soha vakillari bilan bir safda ekanligimdan har qachon g‘ururlanaman! Xalqimiz sog‘ligi, yurtimiz osoyishtaligi yo‘lida mehnat qilib tolmang!


Cheksiz samimiyat bilan, Toshkent viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya shifoxonasi  direktori Baxtiyor Sadikov!