Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.3K photos
2.53K videos
67 files
8.85K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Оhangaron shahar hokimligi
Video
#Minnatdorchilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072 sonli “Budjet jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Tuman (Shahar )byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ijrosini ta’minlash maqsadida Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasi “Ochiq” budjet bo‘yicha 2022-yil 27-aprel holatiga Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasini modddiy texnika bazasini rivojlantirish uchun 1 000 000 000 (bir milliard) so‘m mablag‘ fuqarolarning faol ishtiroki asosida birlashma foydasiga ijobiy hal qilindi.

Bu mablag‘ markaziy shifoxonamizga tibbiy xizmatni yaxshilash va tibbiy xizmatni samaradorligini oshirish maqsadida bemorlarga qulaylik yaratish uchun kislorod stansiyasi bemorlar xavfsizligi uchun binodan tashqariga o‘rnatildi.

Aholiga Tez tibbiy yordam ko‘rsatish va o‘z vaqtida chaqiruv joylarga yetib borishni ta’minlash maqsadida tez tibbiy yordam binosi zamonaviy a’loqa vositalari bilan ta’minlandi. Bundan tashqari Shahar ko‘r tarmoqli markaziy poliklinikasi aholi salomatligi uchun stomatologiya bo‘limiga tibbiy xizmatni yaxshilash maqsadida 1 dona stomatologiya kreslosi, Ayollar kasalliklarini vaqtida aniqlash va oldini olish uchun 1dona Kalpaskop apparati hamda 1 dona DEK apparati xarid qilindi.

Bemorlarni bezovta qilgan ichki organlarni tekshirish maqsadida 1 dona UZI apparati ham xarid qilindi. Yana shuni aytish joizki, markaziy shifoxonamizga aholining laboratoriya tahlillarini sifatini yanada kuchaytirish uchun IFA laboratoriya jihozlari to‘plami ham xarid qilindi hamda zamonaviy portativ raqamli rentgen apparati ham markaziy shifoxonamizga o‘rnatildi.

Hozirgi kungacha ishlatilgan mablag‘ 966 363 000 (to‘qqiz yuz oltimush olti mln uch yuz oltimush uch ming) so‘m mablag‘ni tashkil etadi. Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi va Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada yangi apparatlar o‘rnatilib, hozirgi kunda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.

Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi ma’muriyati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022 yil 18 mart kuni “Tibbiyotdagi islohotlar-inson qadri uchun” mavzusida o‘tkazgan ochiq muloqotidagi qator vazifalar bajarilishida hamda tibbiyot sohasini rivojlatirish uchun mablag‘ ajratilishida imkon berganingiz uchun o‘zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#minnatdorchilik

Ohangaron shahrida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari, shuningdek, Mustaqillik bayramida alohida faollik bilan homiylik ko‘rsatgan AKKERMANN “Ohangaronsement” Aj rahbari - Yuriy Usolsev va tashkilot jamosiga hokimlik tashakkurnomasi va esdalik statuetkasi hokimning birinchi o‘rinbosari Anvar Turdibayev tomonidan yetkazildi.

Har ikki tashkilot ham barcha sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Minnatdorchilik

"Ишбилармон аёл- 2023" кўрик-танловининг Оҳангарон шаҳар босқичи ўтказилишидаги ҳамкорлиги ва беминнат ёрдами учун шаҳар ҳокими А.Эшонкуловга, шаҳар прокурори Т.Каримовга, шаҳар ҳокими биринчи ўринбосари Т. Султоновга ва Оҳангарон шаҳар хотин-қизлар фаоллари бўлимига, "O'ZLIDEP" Тошкент вилояти Кенгаши ўз миннатдорчилигини билдиради.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram