Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
42.1K photos
2.7K videos
69 files
9.57K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Saxovat
#Bayramga_tuhfa

❇️Toshkent viloyati prokuraturasi, Ohangaron shahar prokuraturasi hamda Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi birgalikda sayyor qabul o‘tkazildi.

“O‘zbekiston 24” telekanali xodimlari ishtirokida 2 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#saxovat
#g‘amxo‘rlik

EHTIYOJMANDLAR UYLI BO‘LISHDI

Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov shahrimizda istiqomat qiluvchi yolg‘iz ayollar va ularning bolalariga shinam xonadon kalitlarini topshirdi.


📣 Shahar rahbaridan xonadon kalitlarini olgan ehtiyojmand fuqarolarning mazkur g‘amxo‘rlik va e’tibordan quvonchi cheksiz bo‘ldi, Yurtboshimiz va soha mutasaddilariga beqiyos minnatdorlik bildirishdi.

📣 Tantanada viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etib, yolg‘iz onalar va yetim bolalarning quvonchlariga sherik bo‘lishdi.

@ohangaronshahar
#homiylik
#saxovat

Xayr-saxovat, bag‘rikenglik kabi hislatlar millatimizga xos sifatdir. Mutasaddilar xalqni rozi qilish tamoyiliga qat’iy amal qilishayotganini hududlarda inson qadri uchun amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘idan ko‘rishimiz mumkin.


📣 Bugun Ohangaron shahar prokurori T.T.Karimov homiyligida 2-sektor shtabi binosida qurbonlik so‘yilib, sektor hududidagi 18 nafar nogiron, kam ta’minlangan hamda ehtiyojmand fuqarolarga tarqatildi.


📘 Bu kabi saxovat va xayriya tadbirlari shahrimizda davom etmoqda.

@ohangaronshahar
#saxovat
#ehson

Qurbon hayiti munosabati bilan mahalla mas’ullari tomonidan shahrimizda yashovchi ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olinmoqda.


Kuni kecha "Yangiobod" MFY mas’ullari mahallada yashovchi 10 nafar nogironligi bo‘lgan, ehtiyojmand fuqaroning xonadoniga borib, qutlug‘ ayyomlar bilan tabriklashdi, uzoq suhbat qurishdi, shuningdek ularga atalgan esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi.

📘 Mas’ullar tomonidan bu kabi "xonadonbay" yo‘qlovlar davom etmoqda.

@ohangaronshahar
#saxovat

Shahardagi "Namuna" MFY, 43-daxa, 14-xonadonda yashovchi ehtiyojmand fuqaro М.Abdurahmonova yashayotgan xonadonining tom qismi yaroqsiz shiferlari, shahar 2-sektor rahbari Т.Karimov va hudud deputati J.Sodiqovlar homiyligida yangi shiferlarga almashtirildi.

Shuningdek, deputat J.Sodiqov homiyligida ushbu xonadonga uy ta'miri va ehtiyoji uchun 200 dona beton g'isht olib berildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#saxovat

Toshkent viloyati Ohangaron shahar " Mahalla" xayriya jamoat fondi tomonidan, "Baxt" mahallasida yashovchi 4 ta oila farzandlariga maktabga chiqish uchun o'quv qurollari sovg'a qilindi.Tadbirda shahar hokimi A.Eshonqulov, "Mahalla" xayriya jamoat fondi rahbari B.Munavarov, "Baxt" MFY raisi  S. Dadaeva va mahalla faollari ishtirok etdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#Saxovat

Xayriya aksiyasiga o‘z hissasini qo‘shgan korxona-tashkilotlar rahbarlari kunni xayrli ish bilan boshlaganidan mamnun kayfiyatda ish joylariga qaytishdi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
‌‌