Оhangaron shahar hokimligi
3.68K subscribers
38.5K photos
2.48K videos
67 files
8.65K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Jarayon

🌨Yurtimizda yuzaga kelgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo'llarda qor va muzlamalar hosil bo'lgan. Toshkent viloyati bo‘ylab yo‘llarni qordan tozalash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

❄️Hududlarda Obodonlashtirish bo'limi hamda Yoʻllardan foydalanish davlat muassasalari ishchi-xodimlari tomonidan qatnov harakati mavjud joylarda haydovchi va yo'lovchilarga qulaylik yaratish hamda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, avtomobil yoʻllariga qum-shagʻal aralashmasini sepish ishlari amalga oshirildi.

Tasvirlarda Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq tumanlari va Ohangaron, Olmaliq shahridagi jarayonlar aks etgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#jarayon

⚡️Ohangaron shahar hokimi M.E.Rajabboyev Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌Uchrashuvda budjet va mahalliy tushumlar, legalizatsiya va soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatish sifati ko'lamini oshirish, shuningdek, "Soliqchi ko'makchi" tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muhokamaga kirishish yuzasidan topshiriqlar berildi hamda belgilangan reja-topshiriqlar ijrosini bajargan bir qator xodimlarga shahar hokimi tashakkurnomasi taqdim etildi.

⚡️ Mahalla soliq inspektorlariga xizmat faoliyatida foydalanish uchun planshetlar topshirildi.

Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi.‌‌‌‌

@ohangaronshahar
#Jarayon

Shahardagi korxonalar faoliyati o‘rganildi

⚡️Ohangaron shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 222-sonli Qarorining ijrosi boʻyicha yirik isteʼmolchi korxonalar faoliyati  oʻrganilmoqda.

Jumladan, shahar prokurori T.Karimov tomonidan "Angrenshakar" MCHJda energiya resurslarini iqtisod qilish rejasining bajarilishi o‘rganildi.

🌐
@ohangaronshahar
#jarayon

Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusiga binoan, Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya markazi, Toshkent viloyati ko'p tarmoqli markaziy shifoxonasi xirurg mutaxassislari hamda Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi mutaxassislari ishtirokida shahrimizning kam ta'minlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholisining 7 nafariga yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti o'tkazilmoqda. 

⚡️ Ushbu tadbir Toshkent viloyati tibbiyot muassasalarida bir necha kun davom etadi!

Kanalga ulanish:
👇👇👇
@ohangaronshahar
#Jarayon

⚡️Aholi muammolarini o‘rganish, murojaatlarini tinglash maqsadida haftaning juma kuni hokim qabuli o‘tkaziladi. Qabulda aholining muammolari o‘rganilib, mutasaddilarga ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar beriladi.

Bugun ham shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev fuqarolarni qabul qilmoqda.


Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
#jarayon

🖇Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq shahrimizning barcha mahallalarida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Shuningdek, shahardagi Qo‘rg‘on MFYda dastur loyihasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, aholi bilan muloqot o‘tkazildi.


Kanalga ulanish:
👇👇👇
@ohangaronshahar
#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda shahar hokimligi ma’sul xodimlari A-373 avtomagistral yo‘lining Ohangaron shahri hududidan o‘tgan qismida, ya’ni, 133,7 km.da hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tegishli bo‘lgan Ohangaron shahri “Birlik” mahallasida joylashgan “Ohangaron” bekatidagi temir yo‘l liniyasida yer usti piyodalar o‘tish yo‘laklarining qurish ishlari jarayonini jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bunyodkorlik
#jarayon

“Open budjet” loyihasida g‘olib bo‘lgan ta’lim muassasalarda qurilish, ta’mirlash, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

⚡️Shahrimizdagi 300 o‘ringa mo‘ljallangan 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham ta’mirlash jarayonlari olib borilmoqda.

Muassasani foydalanishga topshirish uchun jadal ishlar amalga oshirilib, ayni damda pardozlash ishlari yakuniy jarayoniga yetmoqda.

🖇Ta’mirlash jarayonlari uchun qariyb 1360,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha Yagona buyurtmachi xizmati DUK tomonidan tashkil etilgan.

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Hokim mahallalar kezganda...

Shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev shahardagi aholi xonadonlarida bo‘lib, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar ulardan aholi qay tarzda foydalanayotganini o‘rgandi.

⚡️Shuningdek, migrantlar bilan ham muloqot qildi. Aholi daromadlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Batafsil videolavhada
#Jarayon

Ayni damda “Xorijdagi Ohangaronliklar” guruhida migrantdagi fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilmoqda.

Muloqotda viloyat hokimi o‘rinbosari, shahar hokimligi mutasaddilari ishtirok etmoqda!


@ohangaronshahar