Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.6K photos
2.54K videos
67 files
8.91K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Manaviyat_masalasi_diqqat_markazimizda

Yangi ma’naviy makonni yaratish-hozirgi davr talabi!

❇️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yilda nashrdan chiqqan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida ma’naviy-ma’rifiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu asarning 5-bo‘limi “Ma’naviy taraqqiyot” deb nomlanib, o‘zida 5 ta bobni jamlagan. Ushbu beshta bobning ikkinchisi “Yangi ma’naviy makonni yaratish borasidagi vazifalar” deb nomlangan.

❇️Shu munosabat bilan bugun Ohangaron shahar hokimi A. Eshonkulov 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida shahardagi barcha ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlari bilan targ‘ibot uchrashuvini o‘tkazdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#maʼnaviyat


Bugun Respublika Maʼnaviyat maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasi rahbari Umida Choʻlponova boshchiligida shahrimizdagi 5 umumtaʼlim maktabida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.


📜 Unda Respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Ohangaron hayoti” gazetasi bosh muharriri Shoira Toʻlaganova mavzu yuzasidan maruza qildi. Tadbir soʻngida mehmonlar va o‘quvchilar o‘rtasida bahs-munozara bo‘ldi.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat

Bugun shahrimizda joylashgan “Muruvvat” uyida hamshiralar kuniga bagʻishlangan  bayram tadbiri tashkillashtirildi.

📘 Unda Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov soʻzga chiqib, muassasada faoliyat yuritayotgan qoʻli yengil tibbiyot xodimlarini bayram munosabati bilan qutladi.

🎬🎤 Shuningdek, bayram dasturxoni yozilib, shahar Madaniyat boʻlimining isteʼdodli sanʼatkorlari kuy-qoʻshiqlar ijro etishdi.


@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali

Ayni damda shahrimizdagi “Saxovat” uyida “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtmoqda.


📣Maʼnaviyat festivali”ni  Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Raʼno Oʻrazova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, isteʼdodli shoir Rustam Musurmon, taniqli sanʼatkor Tolib Xojiyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, xushovoz xonanda Nilufar Saidova, yuridik fanlari doktori Feruza Muxiddinova kabi respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari olib borishmoqda.


Targʻibotchilar maʼnaviyat, maʼrifat  sohasiga oid fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashmoqda, davra suhbati oʻtkazishmoqda.


Bizni kuzatishda davom eting, jarayondan lavhalar berib boramiz.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali

📣 Ayni damda “Maʼrifat” targʻibotchilari muassasadagi vasiylikka olingan shaxslarga bayramona kayfiyat bagʻishlab, ular bilan dildan suhbatlashishmoqda
.


@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali


🎤🎬 Sahnada taniqli xonanda Nilufar Saidova kuylamoqda.

Shoʻx kuy-qoʻshiqlarga yigʻilganlar raqsga tushishmoqda.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali

“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari shahrimizdagi “Qoʻrgʻon” MFYda boʻlib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali


📘 Ayni damda respublika “Maʼrifat” targʻibotchilari aʼzolari shahrimizda istiqomat qiluvchi, nogironligi boʻlgan fuqaro Bozorova Bashorat Abdunabiyevnaning holidan xabar olish maqsadida “Qoʻrgʻon” MFYga kelishdi.

📌 Bashorat Bozorova taniqli sanʼatkorlar  isteʼdodli shoirlar hamda professorlarning tashrifidan mamnun boʻlib, mehmonlarning esdalik sovgʻalarini qabul qilib oldi.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali

Ayni damda respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari shahrimizdagi “Akkermann sement” ishlab chiqarish korxonasida boʻlib turishibdi.


📣 U yerda korxonadagi ilgʻor xodimlar mehmonlar bilan davra suhbati olib borishmoqda.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali

Respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari shahrimizdagi 6-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham davra suhbati oʻtkazishdi.


📘 U yerda shahrimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayotining rivoji yoʻlida hissa qoʻshayotgan bir gurux masʼullar mashxurlar ishtirokida taqdirlanishdi.

📣 Shuningdek, elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar, taniqli aktyorlar hamda Ohangaron shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan turli chiqishlar namoyish etildi.


@ohangaronshahar
#maʼnaviyat

Ayni damda shahrimizdagi kasb-hunar maktabida Respublika Maʼnaviyat maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi masʼullari boshchiligida  “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtmoqda.

📣 Unda mehnat faxriylari yoshlarga hayoti va faoliyati haqida soʻzlab berishmoqda, bahs-munozaralarga boy davra suhbati boʻlib oʻtmoqda.

@ohangaronshahar