Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.6K photos
2.54K videos
67 files
8.91K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#eshitdingizmi

⚡️Yaqin qarindoshlar bir davlat organida ishlashi ta’qiqlanmoqda 

Ma’lum qilinishicha, bir davlat tashkilotda ishlayotgan yaqin qarindoshlarga rotatsiya tizimi joriy etiladi.

Rotatsiyasixodimlarni tashkilotning turli ishlab chiqarish vazifalari bilan tanishtirish va korrupsiyaga qarshi kurash choralaridan biri sifatida xodimlarni bir ish joyidan boshqasiga (gorizontal) ko'chirish.

🌐https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Eshitdingizmi

Yoshlar sizga xushxabar bor. Endi Ohangaronda ham varkaut va stritbol maydonchasi bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga asosan, 16-okrug Do‘stlik MFY deputati Z. Erkaboyev tashabbusi bilan Ohangaron sport bo‘limi boshlig‘i X. Bekmurodov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi homiyligida “Do‘stlik” MFY hududiga varkaut va stritbol uchun zamonaviy sport maydonchasi barpo etilmoqda.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Eshitdingizmi

Ohangaron shahrida “Nuroniylar maskani”ga asos solinmoqda

Bugun Ohangaron Madaniyat va istirohat bog‘ida viloyat hokimining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Farhod Omonov Ohangaron shahar nuroniylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda shahar hokimi Akrom Eshonkulov ishtirok etib, mana shunday xayrli ish boshlangani, shahrimizda keksalar va faxriylarimizning ham o‘z maskanlari bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Uchrashuvda rejalashtirilayotgan “Nuroniylar maskani” yuzasidan fikrlashildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Eshitdingizmi

Toshkent viloyati Ohangaron shahar “Qo‘rg‘on” mahallasida “Hunarmandlar mikromarkazi” o'z faoliyatini boshladi.

Markazda "Savatchilik","Kulolchilik","Ro'mol to'qish","Tikuvchilik",,"Payvandlash" yo'nalishlari bo'yicha hunar o'rgatiladi.

7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan hunarmandchilikka qiziqishi bor fuqarolarni markazga taklif qilamiz.

Markaz uyingizda o'tirib pul topish darajasiga yetishingizni kafolatlaydi.

Malakali ustozlar Sizlarga o'z kasb sirlarini sidqidildan o'rgatadi.

O'qish istagi borlar mahallaning xotin-qizlar faollariga murojaat qiling.

Sizga eng so'ngi ma'lumotlarni berishadi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar