Оhangaron shahar hokimligi
3.6K subscribers
39.2K photos
2.52K videos
67 files
8.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#O‘rganish

Shahrimizdagi “Orzu” MFYda PQ-408 qarori bo‘yicha mahalla jamoatchilik komissiyasi faollari ko‘p qavatli uylarga kirish yo‘laklarini asfaltlash bo‘yicha asos ishlarini o‘rganishdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Bildirish

Navroʻz bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 5 kun dam oladi

Prezidentning “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan:

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22-mart kunlari);

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22-mart kunlari) ketma-ket dam oladi.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha koʻchiriladi:

11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;
25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga.

Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11 va 25-mart kunlari ishga chiqishlariga toʻgʻri keladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20-mart — dushanba va 22-mart — chorshanba kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari boʻladi.

Ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun 23-mart, payshanbadan boshlab odatdagi ish kuni hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, 8-mart (chorshanba) — Xotin-qizlar kuni ham Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan dam olish (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
# HAFTADA_YOSHLAR
#Ohangaron_shahar

Ohangaron shahridagi Jamoatchilik markazida qanday imkoniyatlar bor

YOSHLAR ETAKCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHRILAYOTGAN ISHLAR
#Ohangaron_shahar
#Targ‘ibot_tadbiri

❇️Ohangaron shahar Xalq ta'lmi bo‘limi tasarrufidagi 3-umumta'lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida  targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning shahar bosh mutaxassisi D.Soipov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, shahar  imom noibi X.Asanov va boshqalar ishtirok etdilar.

✳️Targ‘ibot tadbiri davomida o‘quvchilarga mavzuga oid videolavhalar namoyish etildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
⚡️⚡️⚡️ ДИҚҚАТ ТАНЛОВ!!!

🔥"8 март -- Халқаро хотин қизлар куни" муносабати билан "Оҳангарон ҳаёти" таҳририяти танлов эълон қилади!

❤️"Онам учун оригинал табрик" танлови айнан -- Сиз учун!!!

Танловда 4 ёшдан 15 ёшгача бўлган болалар ва ўсмирлар иштирок этиши мумкин.

❗️Танлов шартлари қуйидагилардан иборат

💥Иштирокчининг онасига аталган куй, қўшиқ, шеър, табрик ва яна бошқа ижодий ишларни оргинал тарзда видеога олиб, @Ohang_boglanishbot га юборинг.

🎁Энг кўп овоз тўплаган (сохта овоз тўплашга уринганлар танловдан четлатилади) креатив, қизиқарли, оригинал ижодий табрик танлаб олинади ва иштирокчининг онаси ғолиб деб топилади. 8 март куни танловнинг байрамона совғаси топширилади.

📌Ижодий ишларни қабул қилишнинг сўнгги вақти 7 март куни соат  22:00 гача.

🏆Шошилинг, муддат оз қолди. Болажонларнинг ижодий изланишларини ёритишдан биз асло чарчамаймиз🤗

@Ohangaronim_hayoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#videolavha

Toshkent viloyati Ohangaron shahri mahallalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha viloyat ishchi guruhining ish jarayonlaridan lavhalar.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Korxona va tashkilotlar diqqatiga !!!Yoshlar TexnoParki sizlarni hamkorlikka taklif etadi !
O'z hamkasblaringiz va ishchilaringizni bayram bilan tabriklash uchun ajoyib sovg'alar shoshiling !!!

📞 +998990081006
📞 +998559001006

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | You tube
#shukuh

Bahoriy iliqlik, ko‘klam shukuhi shahrimizda kezib yuribdi.

Ayni damda shahrimizdagi “Birlik”MFYda milliy taomimiz sumalak tayyorlanmoqda.

Jarayon mahalla kayvoniylari, yoshlar ishtirokida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Bizni kuzating...

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ohangaron shahrida sumalak sayli

Ayni vaqtda shahrimizda ham katta tantana. Xotin-qizlar bayrami arafasida Ohangaron shahrining Oila va xotin-qizlar bo'limi 4-sektor "Qo'rg'on" mahallasidagi Ne'matovlar xonadonida "Sumalak sayli" bo'lib o'tdi. 

Bir tomonda osh, bir tomonda ko'k somsa, bir tomonda cho'zma, tandirda issiqqina nonlar ayollarimiz tomonidan dasturxonga tortildi .

Mahallalarning kayvoni onaxonlari duoda, chaqqon kelinlar xizmatda bo'lishdi.

Barcha ko‘nglida ezgu niyatlarini aytib, sumalak kovlaydi. Ohangaron shahar madaniyat uyi o'quvchilari hamda mahallaning  qizlari davrani kengroq olib raqsga tushdilar.

Tinchlik, osoyishtalik hukm surgan yurtga mana shunday bayramlar yarashadi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar