Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
41.2K photos
2.68K videos
69 files
9.41K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daʼvat

Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada...

Ayni paytda butun sayyoramizda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga boʻlgan munosabat eng dolzarb masalalardan biriga aylangani sir emas. Bu borada amalga oshirilishi kerak boʻlgan koʻplab vazifalar orasida koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish, mavjudlarini avaylab-asrash alohida oʻrin tutadi.

Afsuski, ayrim shaxslarning oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlari, shu jumladan, daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq holatlar umumekologik vaziyatning yomonlashishiga sabab boʻlmoqda.

Jumladan, 2022-yilda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq 180 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan boʻlib, salbiy koʻrsatkich oʻtgan yillarga nisbatan ortganligini koʻrish mumkin.

“Agar dunyoda chang boʻlmaganida, inson ming yil umr koʻrardi”, deb aytgan edi tib ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino. Atrof muhit musaffoligini taʼminlashda esa, daraxtlar insoniyatning beminnat koʻmakchilaridir.

2021-yil 4-noyabrda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni ushbu aksiyaning naqadar dolzarbligini, bu ishga katta masʼuliyat bilan yondashish kerakligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, daraxt ekish har birimizning burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga 16 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni hozirgi 18 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Hozirda Toshkent viloyatining barcha shahar va qishloqlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga munosib.

Siz ham nihol eking, bogʻ yarating, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol boʻling!

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonkulov boshchiligida shaharda faoliyat yuritayotgan yirik eksportyor korxonalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda korxonalar tomonidan mahsulotlarni eksportga chiqarishda mavjud muammolari tinglandi.

Shuningdek, elektr energiyani tejash maqsadida quyosh panellari o‘rnatish yuzasidan tushuntirish olib borildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#Sumalak_sayli
⚡️Bugun Ohangaron shahar 4-sektor Birlik mfy hududida sumalak sayli bo'lib o'tmoqda.Barchaning kayfiyatida bahor tarovati seziladi.
Doshqozonda sumalak, palovxonto'ra osh, ko'k somsa yu, chuchvara,qotirmalar pishirilgan.
Milliy  kuy-qo'shiq va raqslar, turli sport chiqishlari, turli viktorinalar, ko'rgazmalar namoyish etildi.Tashrif buyurgan mehmon san'atkorlarimiz chiqishlari xalqimizga a'lo kayfiyat ulashdi.Otaxon va onaxonlarimiz qo'llarini duoga ochishdi.
#Rasmiy

“Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!”

Joriy yilda Navroʻz bayrami mazkur bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruh va yuksak saviyada nishonlanadi

Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.

🌐BATAFSIL
#ijro

Orzu MFYda PQ-408 ijrosi bo‘yicha ko‘p qavatli uylarga kirish yo‘laklari Deputatlar va MFY jamoatchilik komissiyasi faollari, BSK rahbari,11,12,13,14,15,1-uylar faollari va Yoshlar yetakchisi nazoratida Avtoyo‘lsanoat MCHJ tomonidan asfaltlash ishlari bajarildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar