Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.8K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Obodlik

Ohangaron shahar Obodonlashtirish, Toza hudud bo‘limlari xodimlari tomonidan shahar hududida obodonlashtirilmoqda.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#xushxabar

Ohangaron-Qorako'l maktab-internati 9-A sinf o'quvchisi Abdushukurova Nigina IELTSda 7,5 ball natija bilan xalqaro sertifikatni qo'lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida: Nigina Abdushukurova “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga hujjat topshirib tanlovning respublika bosqichida shahrimiz sharafini munosib himoya qilgan edi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Bandlik

Ohangaron shahridagi 6-sonli Musiqa va sanat maktabida Ohangaron shahar hokimi, shahar prokurori, Majburiy ijro bo‘limi, shahar ichki ishlar bo‘limi,Ohangaron shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo‘limi tashabbusi bilan bo’sh ish o’rinlari “Mehnat yarmarkasi” o’tkazildi.

❇️Mehnat yarmarkasida 33 ta  korxona  tashkilot  389 ta   bo’sh  ish  o’rinlari bilan ishtirok etdi.

Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasida Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi 112 nafar band bo’lmagan ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.

“Mehnat yarmarkasi”da 37  nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun mehnat qonunchiligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, o’zini-o’zi band etish, kasbga o`qitish borasida maslahatlar berildi.

 https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Yoshlar_shukuhi
#Shaxmat_klubi
#G'oliblik

OHANGARONDA SHAXMAT KLUBI ISH BOSHLADI

⚡️Bugun  Ohangaron shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida, shaxmat klubi ochilish marosimi  va Shaxmat musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqani Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonkulov ochib berdi. Musobaqa 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 100 nafardan ortiq shaxmat muxlislarini birlashtirdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra,
Qizlar bahsida:
🥇-o'rin Abdumutalova Madina
🥈-o'rin Isroilova Asila
🥉-o'rin Begmatova Mushtariy

O'g'il bolalar bahsida


🥇-o'rin Ergashev Azizbek
🥈-o'rin Ismoilov Dilshod
🥉-o'rin  Abdusamatov Zikriyo g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

Ushbu turnir Ohangaron shahar sport maktabi  bilan hamkorlikda tashkil etildi.

G'oliblarimiz Yoshlar ishlari agentligining esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar