Оhangaron shahar hokimligi
3.6K subscribers
39.2K photos
2.52K videos
67 files
8.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Mavsumni betalafot o‘tkazamiz

A-373 Toshkent - O'sh avtomobil yo'lining Qamchiq dovonida qor ko'chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli, avtomobil yo'li vaqtincha yopildi.

❇️Mazkur holat  bo'yicha shahar FVB navbatchisi tomonidan shahar tegishli xizmatlarga xabar berilib, shahar hududidagi "Temir ota" umumiy ovqatlanish joyida shahar hokimligi, IIB, IIB  YXHB, FVB, MG xodimlaridan iborat tezkor ShTAB tashkil etilib, vaziyat nazoratga olindi.

Avtomobillar harakati vaqtincha to'xtatilganligi sababli Qamchiq dovoni bo'ylab harakatlanib ketayotgan fuqarolarning bir qismi  Ohangaron temiryo'l stansiyasida ro'yhatga olinib, 61 nafar fuqarolar poyezd orqali manziliga yuborildi.

@ohangaronshahar
#Diqqat

Оhangaron shahar FVB ogohlantiradi. Hurmatli fuqarolar Uzgidrometereologiya xizmatining bergan ma'lumotiga asosan, A-373 avtomobil yo'lining Qamchiq dovonidan o'tuvchi qismida qo'shimcha ravishda qor ko'chish xavfi e'lon qilindi.

Hurmatli fuqarolar va yo'lovchilardan zarurat bo'lmasa Qamchiq dovoni bo'ylab harakatlanmasliklarini so'raymiz.

@ohangaronshahar
#Diqqat
#e_lon

Toshkent viloyati Ohangaron  shahar hokimi, shahar prokurori, Majburiy ijro bo‘limi va Ohangaron shahar Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bo‘limi  tashabbusi  bilan  2023-yil  17-fevral kuni  soat 10-00 da  Ohangaron  shahar   6-sonli Bolalar Musiqa va san’at maktabida  bo‘sh  ish  o‘rinlari  “Mehnat yarmarka”si  bo‘lib  o‘tadi.

Aziz hamshaharlar, mehnat yarmarkasida ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish toping!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_dasturi_amalda
#yoshlarga_imkoniyat

"YOSHLAR MARKAZIDA" TIKUVCHILIK O'QUV KURSI OCHILDI.

Guliston mahallasida yashovchi Sharipova Farog'at o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib  “Yoshlar daftari”ga o'zini-o'zi band qilish uchun maqsadida kiritilib kerakli bo‘lgan asbob uskunalari “Yoshlar ishlari agentligi  tomonidan topshirilgan edi.

Bugungi kunda bu yoshimiz o'z faoliyatini yo'lga qo'ygan hamda hotin -qizlarni ish bilan ta' minlab bir nechta shogirtlarga tikuvchilik sir asrorlarini o'rgatib kelmoqda

Farog'atning bundan keyingi ishlarida omad tilab shahrimizning eng namunali tadbirkor ayol darajasiga yetishida tilakdoshmiz.


https://t.iss.one/ohangaronshahar
Ўзбекистондаги энг намунали фаолият юритадиган ОТМ қайси?

Сўровнома 18 февраль соат 24:00гача давом этади.

Энг кўп овоз тўплаган ОТМ Ўзбекистондаги энг намунали ОТМ деб топилади


Тошкент Давлат техника университети Олмалиқ филиалини қўллаб юборамиз

Овоз бериш учун:
https://t.iss.one/c/1100705576/58675
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-fevral kuni soat 22:40 larda  A-373 Toshkent - O‘sh avtomobil yo'lining Qamchiq dovonida qor ko'chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli avtomobil yo'li vaqtincha yopilgan edi.

Qamchiq dovoni bo'ylab avtomobil harakati tiklanmaganligi sababli, bugun Ohangaron temiryo'l stansiyasi orqali vodiy yo'nalishi bo'yicha harakatlanayotgan 523 nafar fuqarolar  poyezd orqali manziliga yuborildi.
#SHAXMAT_IXLOSMANDLARI_DIQQATIGA

⚡️17-FEVRAL, JUMA KUNI  SOAT 10:00 DA BARCHA SHAXMAT IXLOSMANDLARINI Ohangaron shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida, shaxmat klubida bo'lib o'tadigan musobaqada ishtirok etishga taklif qilamiz! Musobqa Ohangaron shahar hokimi o'rinbosari Z.Karimov, Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi va shahar mahallalaridagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

Aynan shu kunda u yerda juda katta "shaxmat klubi" o’z faoliyatini boshlaydi!

🔥Musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha barcha havaskor va professional ishtirokchilar qatnashishlari mumkin.

💫Shoshiling, ishtirokchilar soni cheklangan. (Jami 100 nafar)
O'z imkoniyatingizni  qo'ldan boy bermang!

📍Manzil: Yoshlar markazi binosi, mo'ljal eski sport maktabi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar