Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.8K photos
2.5K videos
67 files
8.73K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Diqqat

NAVBATDAGI MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TADI

Toshkent viloyati Ohangaron shahar  hokimi, Prokurori, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi  tashabbussi  bilan  2023-yil  9-iyun kuni  soat 8-30 da  Ohangaron  shahar  6-sonli bolalar  musiqa maktabida   kollej, kasb hunar maktabi, texnikum, maktab va oliy ta'lim  bitiruvchilari,  jazo muddatini o‘tab qaytganlar, aliment  to‘lovchi  ( ishsiz ), harbiy  xizmatdan  o‘tab  qaytganlar harbiy xizmatchilarning ishsiz oila a`zolarini  hamda ishga joylashishga muhtoj ish izlovchi xotin-qizlarni bandligiga ko‘maklashish maqsadida  bo‘sh  ish  o‘rinlari  “Mehnat yarmarka”si  o‘tkaziladi.

Ushbu mehnat yarmarkasida ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish toping!

@ohangaronshahar
#diqqat_e’lon

Ohangaron shahar elektr ta’minoti korxonasi shahrimiz hududidagi ayrim transformator punktlarida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan, "Qo‘rg‘on" va "Yangiobod" MFY hududlarida soat 14:00 dan 16:00 ga qadar elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilishini ma’lum qiladi.

Murojaat uchun telefon: 70 645 32 00

@ohangaronshahar
#DIQQAT_E’LON

⚡️OHANGARON SHAHAR AHOLISI DIQQATIGA!

📣Joriy yilning 24-iyun kuni "30-iyun - yoshlar kuni" bayrami munosabati bilan shahar markazidagi Markaziy futbol o'yingohida siz kutgan bayram "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida yoshlar festivali bo'lib o'tadi.

Tadbirimizda:
🔥"Mening farzandim O'zbekiston faxri" loyihasi
📌"Inson qadri va mehr-sahovat" loyihasi
📎"Mening qonunim - mening taqdirim" loyihasi
✏️"Ma'rifat oqshomlari" loyihasi
🏃‍♂"5000 qadam" loyihasi
🎭Ko'ngilochar dasturlar
🏆Turli sport musobaqalari
🥁Ajoyib shoular
👨‍👧‍👧Musiqiy chiqishlar,
🎤Taniqli san'atkorlardan:
Tohir Sodiqov va "Bolalar" guruhi, Doston Ergashev, "Ho'ja" guruhi va boshqa xonandalar ishtirok etishadi.
Bayram tadbiri soat 19:00 da boshlanadi.

🎇Shuningdek tadbir davomida salyutlar yog'dusidan bahramand bo'lasiz!

BIZ BILAN BIRGA BO'LING!!!
Dasturlar mutlaqo bepul.


@ohangaronshahar
#diqqat
#_IMTIHON

✂️ "Kasb-hunarga o'qitish maskani"ning
yana bir kasb tinglovchilari uchun imtihon boʼlib o'tdi.

Bitiruvchi tinglovchilar yakuniy malaka  imtihon jarayonidan a’lo baholarga o’tishdi.

Eslatib oʻtamiz, bu bitiruvchi tinglovchilar "Ayollar daftari" ro‘yhatida turuvchi xotin-qizlar boʻlib,  ularga barcha shart-sharoitlar yaratilgan holda   kasb-hunar oʻrgatildi.

🗺Manzil: Toshkent viloyati, Ohangaron shahar, "Yangilik” MFY,
+99888 013 29 09

@ohangaronshahar
#diqqat_eʼlon


Ertaga 18:00 da shahrimizning markaziy stadionida Ohangaron shahar hokimi tashabbusi bilan, Ohangaron shahar hamda Ohangaron tuman 2-liga futbol kulublari o’rtasida do’stlik uchrashuvi bo’lib o’tadi.

Xurmatli futbol ixlosmandlari barchangizni futbol tomoshasiga taklif qilamiz!


@ohangaronshahar
#Diqqat_elon

Toshkent viloyati Ohangaron shahar prokuraturasi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi  tashabbusi  bilan  2023-yil  26-sentyabr kuni  soat 11-00 da  Ohangaron  shahar  Ohunboboyev mahallasidagi "Yoshlar markazi"da navbatdagi bo‘sh  ish o‘rinlari  “Mehnat yarmarka” si  o‘tkaziladi.

Yarmarkada ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish o‘rniga ega bo‘ling!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Diqqat_e'lon


📢 Toshkеnt viloyatida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari diqqatiga!

Prеzidеnt huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agеntligi Ishchi guruhi joriy yilning 3 noyabri kuni, Toshkеnt viloyatida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, ular uchun shart-sharoit yaratish hamda davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish masalalarida sayyor qabul o'tkazadi.

Hududdagi davlat fuqarolik xizmatchilari, davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish istagidagi nomzodlar murojaatlarini @murojaat_argos_bot, @vacancy_argos_bot manzillariga yozib yuborishlari hamda (70) 762-58-71 tеlеfon raqamiga bog'lanishlari mumkin.

Sayyor qabul bilan bog'liq jarayonlar masalasida mas'ullar siz bilan bog'lanishadi.

◽️Xohishingizga qarab, shaxsingiz sir saqlanadi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#Diqqat
#Mehnat_yarmarkasi

Yangi yilni yangi ish bilan boshlang!

Ohangaron shahar  hokimi,  Prokurori hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka  ko‘maklashish bo‘limi  tashabbusi  bilan  22-dekabr kuni  soat 10:00 da shahrimizdagi 6-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida joriy yilning eng oxirgi Mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.

❇️Yarmarkada kollej, kasb-hunar maktabi, texnikum, maktab va oliy ta’lim  bitiruvchilari va boshqa toifadagi band bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Yarmarkada ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish tanlang!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_CHELLENJ

⚡️ Ohangaron shahrida rahbarlar o'rtasida ajoyib chellenjga start berildi.
#ZIYO_ULASH deb nomlangan aksiyani Ohangaron shahar Adliya bo'limi boshlig'i Xakimov Soli Zokirovich "Birlik" MFYda kutubxona tashkil qilish orqali boshlab berdi va chellenjni davom ettirish uchun Ohangaron shahar DSI boshlig'i A.Mo'minov hamda Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasi rahbari N.Xoliqovga topshirdi.

❗️A.Mo'minov va N.Xoliqovdan chellenjni davomini kutib qolamiz.



🌐 @ohangaronshahar
#Diqqat

❗️Fuqarolar va ijtimoiy tarmoq faollariga murojaat!

Soʻngi kunlarda Toshkent viloyati mahallalarining ijtimoiy tarmoqdagi baʼzi guruhlarida yosh bolalarni oʻgʻirlash yoki shu kabi shubhali harakatlar qilayotgan shaxslar paydo boʻlgani haqida uydirma xabarlar tarqalishi koʻpaymoqda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda katta auditoriyaga ega boʻlgan kanal adminlari tomonidan ham yuqorida keltirilgani kabi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, odamlarda vahimaga uygʻotuvchi asossiz foto yoki video xabarlar eʼlon qilinishda davom etmoqda.

Toshkent viloyati IIBB shu kabi tarqalayotgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini hamda joriy yilning oʻtgan davri va undan avvalgi yilda ham viloyat hududida voyaga yetmaganlar, xususan yosh bolalarni oʻgʻirlash bilan bogʻliq holat sodir boʻlmaganini maʼlum qiladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, yolgʻon axborot tarqatish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.


🌐 @ohangaronshahar