Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
38.7K photos
2.49K videos
67 files
8.7K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#учрашув

Орзу МФЙда Халқ депутатлари шаҳар Кенгаши доимий комиссия раислари Ф.Акилов ва Ж.Юлдашев ҳамда "Мадад" ҳуқуқий маслаҳат берувчи юридик ташкилоти билан ҳамкорликда МФЙ Кенгаши фаоллари ПФ-81 ижроси юзасидан шаҳардаги тегишли масъул ташкилотлар мутасаддиларининг МФЙ ҳудудида амалга оширган ва келгусида ошириш зарур бўлган вазифалари хусусида очиқ мулоқот бўлиб ўтди.

Округ депутатининг ўтган даврдаги фаолияти бўйича ахбороти ҳам тингланди.

Каналга уланиш
#byuro_faoliyatidan

Byuroning Ohangaron shahar bo‘limi ish yurituvidagi FIB Ohangaron tumanlararo sudining 04.10.2022-yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor A.Qambarovdan undiruvchi G.Qambarova foydasiga 3 nafar farzandlari ta'minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ishi bo‘yicha undiruvchi foydasiga farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan aliment pullari hisobidan qarzdorga tegishli bo‘lgan 2 xonali uy notarial idorasi orqali undiruvchi nomiga o‘tkazib berilishi natijasida ijro hujjatining ijrosi amalda ta'minlandi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Оҳангарон_шаҳар
#Танлов

❇️ Республика Маънавият ва маърифат маркази Оҳангарон шаҳар бўлинмаси, шаҳар Маданият бўлими, 6-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактаби, шаҳар Ёшлар ишлари агентлиги билан ҳамкорликда 6-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактабининг тадбирлар залида "Ватан тараққиётига менинг ҳиссам" Республика кўрик-танловининг Оҳангарон шаҳар босқичи ўтказилди.

Танлов шаҳримизнинг 15 ёшдан 30 ёшгача бўлган ёшлар
"Миллий мақом ва миллий эстрада"
"Тасвирий ва амалий санъат"
"Адабиёт ва публицистика" бўйича 3 та йўналишларда иштирок этдилар.

📚Тадбир давомида шаҳримиз Маданият бўлими хонандалари ва раққосалари томонидан бадиий чиқишлари намойиш этилди. Иштирокчи ёшлардан ғолибликни қўлга киритган уч нафари вилоят босқичига йўлланмани қўлга киритдилар.

Республика Маънавият ва маърифат маркази Оҳангарон шаҳар бўлинмаси

Каналга уланиш: ⤵️
https://t.iss.one/RMMMOhangaronsh
#Tabriklaymiz

Bugun Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi Dovud Madazimovning tavallud ayyomi!

Dovud Madazimov, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvafaqqiyatlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

Shahrimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘lidagi faoliyatingizda zafarlar tilaymiz!


Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
#aholining_tinchligi_yo‘lida
🚨Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari ma'sullari bilan hamkorlikda aholi yashash xonadonlarida is gazi, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Bu galgi profilaktik tadbir  ''Yoshlik'' va  ''Ohunboboyev'' mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda hamda yakka tartibdagi yashash uylarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan olib borildi.

❇️ Targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolarga kuz-qish mavsumida yong‘in, chaqnash, is gazi hamda ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda hodisalarni oldini olish hamda nosoz, qo‘lbola elektr, gaz jihozlaridan foydalanmaslik bo‘yicha eslatma materiallari tarqatish orqali tushuntirishlar berildi.

Shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#taqdirlash_marosimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi  “ Ishchi kasblar bo'yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida ” gi PQ-5140 son qaroriga  asosan, Ohangaron shaharda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tizimida Piskent kasb-hunarga o‘qitish markazi tasarrufidagi “ Baxt ” mahalla fuqarolar yig‘inida kasb-hunarga o'qitish maskani  tashkil etilgan bo'lib,  ushbu maskanda
🥘🍰 Oshpaz-qandolatchi  kurslari tashkil etilgan. Xususan, bugun oshpaz-qandolatchi yo'nalishi bo'yicha o'qish kursini tamomlagan 10 nafar ayollarga ya'ni "Ayollar daftari"dagi, ishsiz xotin-qizlarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar