Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.7K photos
2.49K videos
67 files
8.71K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Soliq sektorida navbatdagi sayyor qabul "Navbahor" MFY aholisi va yoshlari bilan o'tkazildi.

Kelib tushgan murojaatlar bo'yicha tegishli tashkilotlar bilan bajariladigan ishlar belgilab olindi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#targʻibot


Bugun shahrimizdagi  2 IDUMda “Internetdagi tahdidlardan himoya” mavzusida Respublika Maʼnaviyat maʼrifat Markazi Ohangaron shahar boʻlinmasi bilan hamkorlikda davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, “Ohangaron hayoti” gazetasi bosh muharriri Shoira Toʻlaganova ishtirok etdi.


Maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Muqaddas Aliyeva soʻzga chiqib, telefonga berilib ketishning zararli oqibatlari toʻgʻrisida soʻzladi.


@ohangaronshahar
#Diqqat

“Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” tanlovini e’lon qilamiz!

📌Shahar hokimligi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan aniqlangan eng faol 3 nafar xotin-qizlar faollariga ovoz bering!

Eslatib o'tamiz mazkur so'rovnomada sun'iy yo'l bilan ovoz yig'ishga uringan ishtirokchilar tanlovdan chetlashtiriladi
!

🕧Tanlov soat ertaga kech soat 18:00 gacha davom etadi!

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ijro

📌Toshkent viloyati hokimining 2022-yil 6-dekabrdagi videoselektori yig‘ilishidan kelib chiqib, mahallalarda uyma-uy yurib aholi muammolarni o‘rganishni tashkil etish maqsadida Ohangaron shahrida ishchi guruhlar tomonidan uyma-uy yurish orqali o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Shahar hokimi Akrom Eshonkulov, Bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari Jamoliddin Sodiqov hamda
kommunal soha tashkilotlari, ijtimoiy soha vakillari va boshqa tashkilotlar ishtirokida shahardagi No‘g‘oyqo‘rg‘on MFY hududida uyma-uy aholi kayfiyatini o‘rganishda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va uchrashuvda tegishli tashkilotlarga qisqa muddat ichida muammolarni hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar