Оhangaron shahar hokimligi
3.69K subscribers
38.5K photos
2.48K videos
67 files
8.64K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Audio
#Dayjest

Payshanba – Toshkent viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari bugundan boshlandi. Xususan, Toshkent viloyatida. 2022-yil kuz mavsumida 2023-yil bahor mavsumlarida 14 million tupga yaqin daraxt va buta koʻchatlari ekish rejalashtirilgan. Qisqa xabarlarimiz shu haqda bo`ladi.

🔘
Viloyat prokuraturasi. Viloyat prokurori Shavkatjon Raximov boshchiligida Olmaliq shahrida joylashgan 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hududida 200 tup pavloniya, kashtan va boshqa turdagi manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Ohangaron shahri. Xalq deputatlari shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya buyicha doimiy komissiyaning yig‘ilishida "Yashil makon" umummiliy dasturi doirasida olib borilgan ishlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullar hisoboti tinglandi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi va hokim yordamchilari tomonidan Ibn Sino koʻchasining 1 gektar yer maydoniga 1700 ta mevali va manzarali daraxtlar ekilmoqda.

🔘Chirchiq shahri. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida “UMID” MFY hududida koʻchatlar ekish davom etmoqda.

🔘Parkent tumani. Ona diyorimizni yashil makonga aylantirishdek ezgu maqsadni koʻzlagan "Dolzarb 40 kunlik" koʻchat ekishdek xayrli tadbirda faol ishtirok etishga chorlandi.

🔘Oqqorg'o'n tumani. “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida tumanda 446 ming. 450 ta tup manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tkaziladi.Bugun ushbu umummilliy loyihasida tuman irigatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan 350 tup tut va tok ko‘chatlari o‘tkazildi.

🔘Piskent tumani. "Qishloq hayoti" gazetasining bugungi 41-sonida jurnalist Ibrohim Toshevning piskentlik olim, professor Erkin Berdiyevning yashil makonlarni asrash va ko‘paytirish haqidagi maqolasi chop etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘Chirchiq shahri. “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida shahar IIB boshligʻi tashabbusi bilan sektordagi mahalla hududiga 200 tup mevali va manzarali koʻchatlar ekildi.

🔘Piskent tumani. “Gʻayrat” mahallasida tashkil etilgan seminarda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini samarali tashkil etish vazifalari belgilab olindi.

🔘Boʻka tumani. Navoiy hududida joylashgan “Sardorbek” fermer xoʻjaligi dala maydonida dala chetlariga uzum va tut koʻchatlarini ekish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar ikkinchi sektori rahbari boshchiligidagi prokuratura xodimlari 11-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab hududiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekishdi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar nuroniylari, sektor rahbarlari boshchiligida barcha korxona-tashkilot xodimlari tomonidan “Metallurg” koʻchasiga 1500 tup manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Ohangaron shahri. Shahardagi 6-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda 5-umumtaʼlim maktabi xodimlari ushbu maktab hududiga 100 tup terak koʻchatlari ekishdi.

🔘Ohangaron tumani. “Uvak” MFYdagi 8-sonli MTT hududidagi 1 gektar yer maydonida katta mevali bogʻ barpo etilmoqda. Bu yerga 1000 tupdan ortiq olma, shaftoli, olxoʻri, oʻrik va boshqa turdagi mevali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Xoʻjamozor” mahallasi hududiga 200 tup olma, olxoʻri, shaftoli koʻchatlari ekildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Viloyat prokuraturasi tomonidan tumanning “Qoranqul” MFY hududida 2 gektar boʻsh yer maydoniga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1400 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
#Dayjest

Hafta davomidagi muhim xabarlar

Yakuniga yetgan hafta turli yangilik va voqealarga boy boʻldi. Bugungi xabarlarimiz orqali ularning eng muhimlariga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

🔘Ohangaron shahri. Ayollar daftari”da turuvchi 50 nafar xotin-qizlar Buxoro shahriga sayohatga yuborildi.

🔘Qibray tumani. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻgʻil-qizlarningning 651 nafariga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amaliy yordam berildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. 87 nafar doimiy daromadga ega boʻlmagan, ishsiz yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi uchun 6 mln. 467 ming 600 soʻmdan, jami 569 mln. 148 ming 800 soʻm badal pullari toʻlab berildi.

🔘Piskent tumani. Xitoylik investorlar tomonidan temir chiqindilaridan temir oksidli pigment ishlab chiqaruvchi “MGA STAR GOLD” MCHJ uchun 23,2 mlrd. soʻm investitsiya kiritildi.

🔘Oqqo‘rgʻoʻn tumani. Kichik sanoat zonasida faoliyat koʻrsatayotgan “LEGUMES” QK MCHJ joriy mavsumda 5000 tonna mosh mahsuloti eksport qilishni rejalashtirgan.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Hozirgi kunda tumandagi “TST Fish cluster” MCHJga qarashli 2250 gektarlik 35 ta hovuzda 4 turdagi baliqlar yetishtirilmoqda. Baliq mahsulotlari “Daryo baliqlari” savdo belgisi ostida poytaxt bozorlariga, shuningdek, korxona qoshidagi baliqni qayta ishlash sexiga va shaxsiy tadbirkorlarga joʻnatilmoqda.

🔘Statistika boshqarmasi. Oʻzbekistonda qurilish ishlarining yuqori hajmlari Toshkent shahridadan keyin Toshkent viloyatida qayd etildi. Xususan, bu koʻrsatkich viloyatda joriy yilning oʻtgan muddatida 8447,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

🔘Boʻka tumani. Navoiy hududida joylashgan “Sardorbek” fermer xoʻjaligi dala maydonida dala chetlariga uzum va tut koʻchatlarini ekish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Boʻstonliq tumani. Viloyat prokuraturasi tomonidan tumanning “Qoranqul” MFY hududida 2 gektar boʻsh yer maydoniga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1400 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.


Kanalga ulanish:👇
🌏https://t.iss.one/ohangaronshahar
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Statistika boshqarmasi. Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar holati haqida.

🔘Ohangaron tumani. “Angren” erkin iqtisodiy zonasining Ohangaron tuman hududi “Aqcha” blokida joylashgan investitsiya loyihalariga kommunikatsiya tarmoqlarini yaratib berish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi boshchiligidagi mutasaddilar tumanda faoliyatini yoʻlga qoʻygan “BowCo., LTD” (Janubiy Koreya) qoʻshma korxonasidagi sharoitlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdilar.

🔘Toshkent tumani. Tumanning “Oqibat” mahallasidagi kichik sanoat zonasidagi “EX-IM TRADE” MCHJ joriy yil yanvar oyida faoliyatini boshlagan va bugun 7 milliard soʻmlik investitsion majburiyatni bajarib, 40 ta yangi ish oʻrni yaratishga intilmoqda.

🔘Boʻka tumani. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Boʻka tumani Kengashi tomonidan Agrotexnologiyalar texnikumi hamda 2, 4-sonli umumtaʼlim maktablari koordinatorlari va sardorlari ishtirokida “Buka Richland International” korxonasiga sayohat uyushtirildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Abay mahallasidagi “Agro Anatoliya” issiqxonasi Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan boʻlib, bu yerda ayni paytda yetishtirilayotgan pomidorlar 100 foiz eksportga yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimligi masʼullari tomonidan “Navroʻz” mahallasidagi “PAKSHOO TASHKENT” xorijiy korxonasi faoliyati va muammolari oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

🔘Ohangaron shahri. Shahardagi “RUBBER TICHNICAL PRODUCTS” XK xodimlari uchun tashkilot tomonidan ijtimoiy himoya maqsadida qish zahirasi uchun 50 kg.dan kartoshka, 30 kg.dan piyoz mahsulotlari tarqatildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘
Olmaliq shahri. "Hamza" MFYda yangi goʻzallik saloni ish boshladi va 5 ta ish oʻrni yaratildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. M-34 avtomobil yoʻlining "Said ota", "Samarqand" MFYlarga olib kiruvchi koʻprigida taʼmirlash ishlari boshlandi.

🔘Bekobod tumani. Tuman prokurori B.JalilovObod qishloq” dasturi asosida qurilish-taʼmirlash ishlarini tanqidiy tahlil qildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Moliya boʻlimi masʼullari mahallalarda “Tashabbusli budjet” loyihasi boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazdi.

🔘Piskent tumani. Rahimjon Rixsiyev boshchiligida agrar soha vakillari “ECO DRIP LUX” korxonasi faoliyati bilan tanishdilar.

🔘Yangiyoʻl shahri. Farhod Mirzayev Navbahor, Mustaqillik koʻchalariga yangi ichimlik suvi tarmogʻi tortilishiini koʻzdan kechirdi. Bu koʻchalarga 800 metr tarmoq tortiladi.

🔘Ohangaron shahri. Oxunboboyev mahallasi hududidagi 1-dahaga ichimlik suvi oʻtkazish ishlari jadal olib borilmoqda.

🔘Chinoz tumani. Afgʻon” MFYdagi 26-maktab 11 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga qurib bitkazilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va
muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘
Bekobod tumani. Bolalar masalalari boʻyicha Bekobod tumani komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Olmaliq shahri. Hokimlikda 2022-yilning oxirgi choragiga moʻljallangan ish rejalari yuzasidan shahar hokimi oʻrinbosarlarining hisobotlari tinglandi.

🔘Ohangaron shahri.Yashil makon” loyihasi, tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish va kommunal sohalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. 45-sonli STEM maktabida nazorat qiluvchi idoralar hamkorligida “Davomat” va “Tigʻ” nomli reyd tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani.Sutbuloq” mahallasida yashovchi Mahfuza AbishovaAyollar daftari” bergan imkoniyat bilan tadbirkorga aylandi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani.Ayollar daftari”dagi 30 nafar xotin-qiz Jahon banki hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi seminarida tadbirkorlikdan ilk saboqlar olishdi.

🔘Yangiyoʻl shahri.Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, davlat xizmatchilarining odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir masalalar muhokama qilindi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Chamanzorlik “Ayollar daftari”da turuvchi Gulruxsor Aliyevaga issiqxonada qulupnay yetishtirish uchun 33 mln. soʻm imtiyozli kredit ajratildi.

🔘Piskent tumani. Hokim oʻrinbosari Sarvar Xamdamov boshchiligida yoshlar uyma-uy xatlovdan oʻtkazilmoqda. Maqsad 29 ta mahalladagi 30 yoshgacha boʻlgan 22 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olishdir.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va
muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘Bekobod tumani. Hokimlikda ijro intizomi tahlil qilinib, jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati tanqidiy oʻrganildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 16 nafar ishsiz va “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar tikuvchilikka oʻqitildi.

🔘Ohangaron shahri. Hokimlikda “Yashil makon”, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va hokim yordamchilarining faoliyati koʻrib chiqildi.

🔘Olmaliq shahri. Navbatdagi “hokimlik soati”da 4-chorak ish rejalari, kommunal toʻlovlar, jismoniy va yuridik shaxslarning kredit qarzdorligi, koʻchat ekish ishlarini borishi tanqidiy tahlil qilindi.

🔘Zangiota tumani. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 8 nafar yoshga davolanishi uchun 115 million soʻm mablagʻ ajratildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. XTB tasarrufidagi maktablarning 9-10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh kitobxon” tanlovi oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Sektor rahbarlari Islohot mahallasining ichimlik suvi muammosini oʻrganib, 2 yarim km dan toza suv keltirishni rejalashtirdilar.

🔘Chinoz tumani. Xotin-qizlar faollari uchun oʻquv-seminarida “Ayollar daftari” asosida koʻrsatilgan yordam taxlil qilindi.

🔘Yangiyoʻl shahri. F.Mirzayev boshchiligida “hokimlik soati”da kuz-qishga tayyorgarlik va “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘Kadastr boshqarmasi. Joriy yil boshidan Chinoz tumanida jami 48 ta holatda 2,8 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik oʻzlashtirilgani aniqlandi.

🔘Yangiyoʻl shahri.Bogʻbon” mahallasining Nihol koʻchasida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida uzunligi 1,8 km boʻlgan yangi tarmoq tortilmoqda.

🔘Boʻka tumani. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan “Toshloq” MFY ning 1,1 km uzunlikdagi ichki koʻchalariga sement-beton qoplamali yoʻl qurilmoqda.

🔘Qibray tumani. Qibray tuman prokurori aholi murojaatlari va muammolarini yaqindan oʻrganish maqsadida “Zebuniso” mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul oʻtkazdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimining farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar tuman hududida “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Nurafshon shahar “Yoshlik” MFYda Oʻzbekistonda ilk bor tajriba-sinov tariqasida qurilgan, energiya sarfi deyarli nolga teng boʻlgan uy bilan tanishuv boʻlib oʻtdi.

🔘Ohangaron shahri. “Yoshlar daftari”ga oʻzini-oʻzi band qilish uchun amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan “Shodlik” mahallasidan ishsiz fuqaro Ernest Burasanovning bandligi taʼminlandi.

🔘Angren shahri. Xalq deputatlari shahar Kengashi Sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalar va aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha doimiy komissiyasining yigʻilishi oʻtkazildi.

🔘Chirchiq shahri. Chirchiq shahar hokimi “Saodat” koʻchasida joylashgan koʻp kavatli uylarni koʻzdan kechirib, u yerda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘
Ohangaron shahri. Shahar hokimligining navbatdagi yigʻilishida qishloq xoʻjalik mahsulotlari zahiralarini yaratish, “Yashil makon” davlat dasturi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

🔘Bekobod tumani. Bekobod tumani hokimligi masʼullari yangi haftani ijro intizomini tahlil qilish bilan boshladilar.

🔘Chinoz tumani.Kattatepalik” mahalla fuqarolar yigʻinida xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash markazining ochilish marosimi oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi U.Atemov raisligida tumanda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Davlatimizning yoshlarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrligi “Guliston” mahallasida istiqomat qiluvchi Sarvinoz Ashirova hamda Sevinch Abduvaliyeva misolida yana bir bor oʻz ifodasini topdi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimi hamda sektor rahbarlarining mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.

🔘Bo’ka tumani. Tuman hokimi Nizomiddin Abbosov boshchiligida ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash ahvoli muhokama qilindi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi boshchiligida boʻlib oʻtgan navbatdagi “hokimlik soati”da kommunal qarzdorliklarni undirish, “Yashil makon” dasturi, tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, shuningdek, qurilish, bunyodkorlik ishlarining borishi tahlil qilindi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘
Bekobod tumani. Bekobod tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari “Gulzor” mahallasidagi tadbirkor bilan uchrashdi.

🔘Zangiota tumani. Tumandagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga qoʻshimcha qurib berilgan 690 oʻrinli yangi oʻquv binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimligida Xalq qabulxonasi mudiri va tegishli korxona-tashkilotlar masʼullari ishtirokida fuqarolar qabuli oʻtkazildi.

🔘Ohangaron shahri. «Noʻgʻoyqoʻrgʻon“ mahallasida hokim yordamchisi tavsiyasi bilan ajratilgan kredit hisobidan murojaatchiga 2 sotixlik issiqxona qurib berildi.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi ”Mehnat“ mahallasida qurib bitkazilgan 3 ta koʻp qavatli uylardagi muammolarni oʻrganish maqsadida aholi bilan uchrashdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. "Qizilsoy" mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba — viloyat hokimligida hamda hududlarda, korxona va tashkilotlarda ijro intizomining ahvolini oʻrganish va muhokama qilish kuni. Shuningdek, mazkur sanada “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolar oʻrganiladi va amaliy yordam koʻrsatiladi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Bugun tuman hokimi rahbarligida oʻtkazilgan “Hokimlik soati”da kun tartibiga kiritilgan bir qator dolzarb masalalar ijrosi tahlil qilindi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan 3-sonli tayanch maktabida davra suhbati oʻtkazildi.

🔘Olmaliq shahri. Soʻfi Olloyor mahallasi hokim yordamchisi Eldor Nazarov xatlov jarayonida oʻzini oʻzi band qilish istagini bildirgan fuqarolar bilan xonadonbay ishlab, ularga amaliy koʻmak bermoqda.

🔘Ohangaron tumani. “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash orqali oʻz daromadlariga ega boʻlishlarini taʼminlashda tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi amaliy natijalarga erishmoqda.

🔘Ohangaron shahri. “Orzu” mahallasida yashovchi Dilnoza Tuygʻunovaning oilaviy ahvoli oʻrganilib, unga amaliy yordam beriladigan boʻldi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Hudud rahbari tegishli masʼullar bilan birga “Yangibogʻ” mahallasidagi gaz va elektrga doir muammolarni oʻrgandi.

🔘Zangiota tumani. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan hokim yordamchilari tavsiyasi asosida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” roʻyxatida turuvchi fuqarolarning 21 nafariga subsidiya ajratildi.

🔘Parkent tumani. Tuman hokimi olis hudud hisoblangan “Yangi Sanganak” mahallasi ahli bilan uchrashdi.

🔘Qibray tumani. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish borasidagi vazifalar ijrosida sezilarli natijalar kuzatilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Zangiota tumani. Zangiota tumanida tashkil etilgan Mehnat yarmarkasiga jalb qilingan fuqarolardan 21 nafari ishga joylashtirildi, 13 nafari ishga joylashish uchun yoʻnaltirildi.

🔘Chirchiq shahri. 4 ta sektorga qarashli 44 ta mahallada iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni aniqlash va aholi muammolarini bartaraf etish yuzasidan ishchi guruhlar xonadonbay yurib, muammolarni oʻrganmoqda.

🔘Ohangaron tumani. 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratishda mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari tomonidan fuqarolarga amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Soʻfi Olloyor nomli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi hamda mahalladagi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan mahalla yoshlaridan biri Shahzoda Erkinovaga chorvachilik yoʻnalishida oilaviy tadbirkorlik qilishi uchun 33 mln. soʻm imtiyozli kredit olib berildi.

🔘Ohangaron shahri. Shahar hokimligida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda qisqa muddatli kurslarga ishsiz yoshlarni jalb etish masalasida muloqot boʻlib oʻtdi.

🔘Qibray tumani. Joriy yilning shu kuniga qadar mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan fuqarolarga 24 mlrd soʻmga yaqin imtiyozli kreditlar uchun tavsiya berildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Jumabozor” mahallasi hokim yordamchisi koʻmagida fuqarolar X.Axmadjanov hamda E. Aripovlar imtiyozli kredit hisobidan chorvachilik yoʻnalishida oʻz bizneslarini boshlashdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘
Bekobod shahri. Shaharning “Nurli yoʻl” mahallasida “Tadbirkorlik va salomatlik markazi” ish boshladi.

🔘Ohangaron tumani. 4-sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari tomonidan hududda uyma-uy yurib, fuqarolarning muammolarini oʻrganish jarayonida “Ubayd”, “Ungut”, “Qoraxitoy” va “Oʻzbekiston” mahalla fuqarolari yigʻinidagi xonadonlar xatlovdan oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. 3-sektor rahbari tashabbusi bilan “Gulbahor” mahallasining ichki yoʻllari taʼmirlanib, betonlanmoqda.

🔘Ohangaron shahri. Shahar prokurori, 2-sektor rahbari oʻz hududidagi 1,3,6,10-sonli maktabgacha taʼlim muassasalarida boʻlib, bogʻchalarning isitish tizimi, qozonxonalarning faoliyatini oʻrgandi.

🔘Zangiota tumani. Yangi yil oldidan tashkil etilayotgan savdo majmualarida narx-navo barqarorligi, aholini sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash masalalari sektor rahbarlari tomonidan nazorat qilinmoqda.

🔘Nurafshon shahri. 3-sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruh vakillari “Oppoq” mahallasi ahlining ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha muammolarini hal etishga bosh boʻlishdi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimining topshirigʻiga binoan tumandagi koʻp qavatli xonadonlardagi tadbirkorlik subyektlarida tegishli ishchi guruhlari tomonidan muammolar oʻrganilmoqda.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Tuman hokimi Alisher Karimjonov “Navroʻz” mahallasida ijtimoiy koʻmakka muhtoj, uy-joyi taʼmirga tushgan xonadon egalarining yashash sharoitlari bilan tanishdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘
Piskent tumani. Tuman hokimligi tomonidan 29 ta mahalladagi chevarlik hunari boʻlgan 139 nafar fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi. Ularning 130 nafari “Ayollar daftari”, 9 nafari esa “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan xotin-qizlardir.

🔘Ohangaron tumani. Tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sevara Dehqonova mahalla masʼullari bilan birgalikda hududlarda uyma-uy yurib, “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi xotin-qizlar bilan suhbatlar olib bormoqda.

🔘Ohangaron shahri. 1-sektor hududidagi “Adolat” mahallasida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishchi guruh tomonidan xatlov olib borilmoqda.

🔘Zangiota tumani. “Biz birgamiz!” aksiyasi doirasida “Ayollar daftari” soʻrovnomasi oʻtkazilib, mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.

🔘Angren shahri. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik markazi tomonidan “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”dagi fuqarolar hamda kasb-hunarga ega boʻlish istagida boʻlganlar uchun oʻquv-mashgʻulotlar tashkil etildi va tegishli sertifikatlar topshirildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan “Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan 213 nafar oila holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, 1,3 tonna kartoshka hamda 1 tonna baliq mahsulotlari tarqatildi.

🔘Qibray tumani. Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning 12 nafariga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar topshirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH