Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.67K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Ohangaron_shahar
#Seminar_trening


❇️Toshkent viloyati Ohangaron shahar 7-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda "IMKONIYATGA KO‘RA MAQSAD EMAS, MAQSADGA KO‘RA IMKONIYAT!" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish,  ijtimoiy maishiy hayotga tayyorlash yo‘lida olib borilayotgan ishlar mahorat maktabi va tadbirda aks etdi.

Seminarga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, shahar Xalq ta'limi bo‘limi uslubchisi F.Jo‘rabekov, "Yangiobod" MFY xotin-qizlar faoli U.Mudinova va viloyatdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabdan vakillar tashrif buyurishdi.

✳️Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi va mehmonlar a'lo kayfiyat, katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ta'lim_sifati
#Ohangaron_IMI
#Seminar_trening

Ohangaron shahrida o'quvchi yoshlarning bilim sifatini yanada oshirish hamda Cambridge ta'lim standartlarini joriy qilish maqsadida Nurafshon Prezident maktabi jamoasi hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchi hamda o'qituvchilari ishtirokida o'tkazilgan seminar-treningdan videolavha.

https://t.iss.one/Ohangaron_shahar_IMI/134
https://instagram.com/akhangaran_school?igshid=MDE2OWE1N2Q=
#targ‘ibot
#seminar_trening

Bugun shahar hokimligi faollar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori  Davron Aymuhamedov boshchiligidagi agentlik vakillari Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonunning mazmun mohiyatini davlat xizmatchilariga yetkazish maqsadida seminar- trening o'tkazdi.

Agentlik vakillari seminar davomida davlat fuqarolik xizmatining asosiy printsiplari, davlat xizmatchisining huquqlari nimalardan iborat ekanligi xususida  ishtirokchilarga tushunchalar berib o'tishdi. Yig'ilish ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Seminarda mazkur agentlik psixologi, Sharifaxon Qodirovaning aqliy salohiyatini sinovdan o'tkazuvchi hamda qiziqarli psixologik test va o'yin shaklidagi savol-javoblari qatnashchilarda yaxshi tassurot qoldirdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tube | Instagram