Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.6K photos
2.54K videos
67 files
8.92K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Ohangaron_shahar
#Orzu_mfy
#Viloyat_hokim_kubogi
#G'alaba

OHANGARON SHAHAR 2-o'rin
🏆🥈

Ohangaron shaharga qarashli Orzu mahallasi 21-30 yosh toifasidagi o'g'il bolalalar jamoasi valeybol sport turi bo'yicha bugungi "Toshkent viloyat hokim kubogi" sport musobaqasida viloyat bosqichida faxrli 2-o'rinni egallab, shahrimizga kumush medalni taqdim etdi.

⚡️Faxrli jamoamiz 6ta jamoa bilan kuch sinashib,Ohangaronimiz shanini yuksaklarga ko'tardi.

👏👏👏 OFARIN...

OHANGARON SHAHAR YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#G'ALABA
🥳🥳🥳Uraaaa.
🤾‍♀🤾‍♀Bugun Ohangaron shahar nomidan Yoshlik mahallasining qizlari Yoshlar ishlari agentligi besh tashabbus olimpiadasining 2-mavsumi doirasidagi valeybol musobaqasining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.Buni qarangki,qizlarimiz 22-26 yosh toifasidan qatnashib, yana bitta g'alabani naqd qilishdi.22ta tuman shahar orasidan yoshlarimiz 🥇-o'rinni qo'lga kiritib, respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Ofarin...
👏👏👏Bu olqishlar sizlarga...

Besh tashabbusni muvofiqlashtirish bo'yicha mutaxassis:
Abduvoitova Maftuna

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#G'alaba_muborak...
#Prokuror_kubogi
#Milliy_kurash
#Viloyat_bosqichi

💠 Ayni  daqiqalarda  Toshkent viloyati Olmaliq shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Prokuror kubogi kurash sporti musobaqasi bo'lib o'tdi.Yoshlar ishlari agentligi va Ohangaron shahar sport maktabi bilan hamkorlikda musobaqalar mahalla ,sektor, shahar bosqichlari o'tkazilgan va g'olib yoshlarimiz viloyat bosqichi sari yo'l olishgan edi.
🏆Musobaqada Mustaqillik mfydan 50kg vazn toifasida Ne'matov Shohnur 1-o'rin, Do'stlik  mfydan 48kg vazn toifasida Sobirjonova Ruxshona 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

♻️ Ushbu musobaqada go'lib bo'lgan ishtirokchilarga Yoshlar ishlari agentligi Viloyat boshqarmasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

🥳🥳Biz siz bilan faxrlanamiz.
👏👏Olg'a yoshlar
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Besh_tashabbus
#Yoshlar_raqs_festivali
#G'alaba🥇🇺🇿
23-24 NOYABR KUNLARI CHIRCHIQ SHAHRIDA "YOSHLAR RAQS FESTIVALI" VILOYAT BOSQICHI BO'LIB O'TDI.
🥳🥳NATIJALARGA KO'RA
22 TA TUMAN SHAHAR ORASIDAN 16-21 YOSH TOIFASIDA ZAMONAVIY YAKKA YO'NALISHDA "YANGOBOD" MAHALLASIDAN HABIBULLAYEVA SHIRIN 2-O'RIN, 16-21 YOSH TOIFASIDA MILLIY JAMOAVIY YO'NALISHIDA "ORZU" MAHALLASINING XORAZM JAMOASI 1-O'RINNI QO'LGA KIRITDI VA RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO'LLANMANI QO'LGA KIRITISHDI.
👏👏OFARIN OHANGARON QIZLARI...
OMAD TILAB,🇺🇿🇺🇿🇺🇿OHANGARON SHAHAR YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#G‘amxo‘rlik

Ohangaron shahar hokimligi xodimlari Qamchiq dovonida avtomobillar harakati  vaqtincha to‘xtatilganligi munosabati bilan shahrimizdagi “Nur”, “Anfiteatr”, “Majnuntol”, “Rohat”, “Temir ota”, “Anhor” choyxonalarida yo‘lovchilar va haydovchilar holidan xabar olmoqda.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Yoshlar_shukuhi
#Shaxmat_klubi
#G'oliblik

OHANGARONDA SHAXMAT KLUBI ISH BOSHLADI

⚡️Bugun  Ohangaron shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida, shaxmat klubi ochilish marosimi  va Shaxmat musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqani Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonkulov ochib berdi. Musobaqa 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 100 nafardan ortiq shaxmat muxlislarini birlashtirdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra,
Qizlar bahsida:
🥇-o'rin Abdumutalova Madina
🥈-o'rin Isroilova Asila
🥉-o'rin Begmatova Mushtariy

O'
g'il bolalar bahsida

🥇-o'rin Ergashev Azizbek
🥈-o'rin Ismoilov Dilshod
🥉-o'rin  Abdusamatov Zikriyo g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

Ushbu turnir Ohangaron shahar sport maktabi  bilan hamkorlikda tashkil etildi.

G'oliblarimiz Yoshlar ishlari agentligining esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#g‘alaba _muborak
#3_maktab

❇️Bugun Ohangaron shahar 3-umumiy o‘rta ta'lim maktabida hududiy jamoalar ishtirokida voleybol sport turi bo'yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada hududiy tuman-shaharlar jamoalari ishtirok etishdi:

📌Ohangaron shahar 3-maktab ayollar jamoasi
📌 Olmaliq shahar ayollar jamoasi
📌Ohangaron tumani  ayollar jamoasi
📌Angren shahar ayollar jamoasi
maktablari o‘zaro bellashdilar.

Hisobga ko‘ra, 3-maktab ayollari g‘olib bo‘lib  viloyat bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritishdi.

G‘alaba muborak, 3-maktab ayollari! Musobaqaning viloyat bosqichida ham bo‘sh kelmang!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#saxovat
#g‘amxo‘rlik

EHTIYOJMANDLAR UYLI BO‘LISHDI

Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov shahrimizda istiqomat qiluvchi yolg‘iz ayollar va ularning bolalariga shinam xonadon kalitlarini topshirdi.


📣 Shahar rahbaridan xonadon kalitlarini olgan ehtiyojmand fuqarolarning mazkur
g‘amxo‘rlik va e’tibordan quvonchi cheksiz bo‘ldi, Yurtboshimiz va soha mutasaddilariga beqiyos minnatdorlik bildirishdi.

📣 Tantanada viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etib, yolg‘iz onalar va yetim bolalarning quvonchlariga sherik bo‘lishdi.

@ohangaronshahar
#inson_qadri
#g‘amxo‘rlik


Bugun 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan shahar hokimi Akrom Eshonqulov shahrimizda istiqomat qiluvchi vasiylikka olingan bolalar bilan suhbatlashdi.

📣 Shuningdek, shahar rahbari ularga sovg‘a tariqasida zamonaviy noutbuklarni topshirdi.

Bayram munosabati bilan kichik orzulariga erishgan bolalar mutasaddilarga tashakkur bildirishdi.

@ohangaronshahar