Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
39.9K photos
2.56K videos
68 files
9K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Suhbat

Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonkulov shahrimizdagi Samat Rahmatov ko‘chasida hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va mahalla aholisi bilan suhbatlashdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#ijodiy_uchrashuv
#suhbat

Ohangaron shahar 3-umumiy o‘rta ta'lim maktabida  O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan "MUQIMIY"teatrining aktrisasi Maxsuda Otajonova, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan "MUQIMIY"teatrining aktyori va  xonandasi Qobiljon Umirov, hamda blogger Azimjon Mo'minov (Azimchik_vines) bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tmoqda.
📌 Uchrashuv jarayonida aktyorlar o'quvchilarga mahoratlari va iste'dodlarini namoyish etib berdilar.
📌O'quvchilar ijodkorlardan o'zlarini qiziqtirgan savollari bo'yicha javob oldilar.

https://t.iss.one/xgyyu
#jarayon
#suhbat


Shahar hokimi Akrom Eshonqulov: - Xorijiy davlatga ishlash uchun ketgan hurmatli ukalarim, singillarim! Ayni damda shahrimizda Sizlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari ko‘p, yurtimizga qaytsangiz ishga joylashish kafolatini beraman. Kerak bo‘lsa 4-5 oygacha oilangizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaymiz. O‘qish istagingiz bo‘lsa istagan sohangizga bepul o‘qitamiz. Siz faqat yonimizga, oilangiz bag‘riga qayting.


@ohangaronshahar
#suhbat
#jarayon

Migrant Gulnora Qosimova: - Ayni damda Koreya davlatida oila a’zolarim bilan birga yashayapman. Ijarada yashayapmiz, qarzlarimiz ko‘payib ketdi. O‘zbekistonda uysiz edim, shu bois vatandan ketdim, biroq xorijda ham to‘kin yasholmayapman. Bu yerning havosiga o‘rganolmayapmiz. O‘zbekistonga qaytsam menga qanday yordam berasiz, hokim buva?


Hokim: - Vatanga qayting, sizga sog‘lig‘ingizni tiklashingiz uchun "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan mablag‘ ajratamiz. Uy olishingiz uchun yangi ko‘p qavatli uylardan ipoteka krediti ajratilishida bosh-qosh bo‘lamiz. Vatanga qaytsangiz uyli bo‘lasiz, sog‘lig‘ingizni tiklaysiz. Kerak bo‘lsa sizga nogironlik nafaqasi ajratilishida yordam beramiz.

@Ohangaronim_hayoti
#jarayon
#suhbat

📘 Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov asli ohangaronlik bo‘lgan, biroq ishlash va o‘qish uchun xorijiy davlatlarga ketgan migrant yoshlar bilan onlayn muloqot qildi.

📣Muloqot jarayonida migrant yoshlarning muammolarini o‘rganib, O‘zbekistonga qaytish taklifini berdi.

Shahar hokimi endilikda O‘zbekistonga qaytgan ohangaronlik migrant yoshlarni mo‘may maoshi mavjud bo‘lgan doimiy ishga joylashtirishga so‘z berib, kasb-hunar o‘rganishida yaqindan ko‘mak berishini, bepul o‘qitishini ma’lum qildi.


Onlayn suhbatda o‘ttiz nafarga yaqin migrantlar ishtirok etib, shahar rahbariga muammo va tashvishlarini bayon qildi.


@qurama24