Оhangaron shahar hokimligi
3.6K subscribers
39.2K photos
2.52K videos
67 files
8.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#seminarlar_yakunlandi

Xabaringiz bor, 25-30-iyul kunlari Chirchiq davlat pedagogika universitetida mahalalar raislari uchun 6 kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.

❇️Seminar yakunlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, test sinovlari o‘tkazildi.

📌Sinovlar yakuniga ko‘ra, barcha tinglovchilar, jumladan, Ohangaron shahridagi 21 ta mahalla raislariga sertifikatlar viloyat Xalq qabulxonasi mudiri, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i, Universitet prorektori va Malaka oshirish markazi rahbarlari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

P/s: Ertadan mahalla raislari ish joyida bo‘lishadi. 6 kun davomida yig‘ilib qolgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ayollar_daftari

Ohangaron shahrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarni muammolarini hal etish, qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

📌Jumladan, boquvchisi bo‘lmagan, I va II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlardan 4 nafarini uylarini ta’mirlash bo‘yicha Ohangaron shahar hokimi A.Eshonkulov boshchiligida homiylar jalb qilingan holda ta’mirlash ishlari boshlandi.

Mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularni jamiyat yetakchisiga aylantirishga qaratilgan qator qaror va farmonlar mohiyatida bir mazmun mujassam: ayol baxtli bo‘lsin!

Ayolning hayotdan ko‘ngli to‘lsa, xonadoni farishtali, farzandlari baxtiyor bo‘ladi, ertangi kunga ishonch ortadi. Shunday ekan, “Yordam ko‘rsatildi”, “Ish bilan ta’minlandi” deyish bilan cheklanilmaydi. Muammolarni qayta-qayta o‘rganish, shart-sharoit yaratish borasida belgilangan vazifalar davom etaveradi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Obod_mahalla_dasturi

“Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hokim o‘rinbosari J.Bahodirov boshchiligida tashkilot rahbarlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❇️Yig‘ilishda shahardagi “Qo‘rg‘on”, “Yoshlik” mahallalarida obod mahalla dasturida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#rasmiy
#tayinlov

Toshkent viloyati Moliya Bosh boshqarmasining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Yuldashev Jasur Axmadaliyevich Ohangaron shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
Sizningcha, qaysi biri to‘g‘ri?
Anonymous Poll
8%
Maxalla
79%
Mahalla
2%
Махала
11%
Маҳалла
#bugundan_nimalar_o‘zgardi

▫️Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

▫️Nogironligi bo‘lgan yoshlarga 15 mln so‘mgacha miqdorda subsidiya ajratish uchun ariza qabul qilish boshlanadi.

▫️Jismoniy shaxsni identifikasiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.

▫️Oilaviy shifokor punktlarining ish samaradorligini baholash bo‘yicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi.

▫️Intellektual mulk ob’yektlariga oid ayrim tekshiruvlar "Sanoat mulki muhofazasi portali” orqali amalga oshiriladi.

▫️Maktablar va bog‘chalarga ham Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

▫️Mahalliy innovatsion tovarlarni sotish bo‘yicha davlat organlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruhsat beriladi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Jarayon

⚡️⚡️ “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qilish 1 avgust soat 00:00 dan to‘xtatildi.

Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitalari kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettiradi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
#халқлар_дўстлиги

📌Бир чинорнинг япроқлари

🔹Тошкент вилояти аҳолисининг миллий таркиби бўйича асосан ўзбеклар 70 фоизни, қозоқлар 12, тожиклар 5,5, руслар 4,6 ва бошқа миллат вакиллари 7,9 фоизни ташкил этади.

Шундан Юқори Чирчиқ туманида 66 минг 368, Бўстонлиқ туманида 42 минг 804, Чиноз туманида 26 минг 884 нафарга яқин қозоқ, Ангрен шаҳрида 33 минг 345, Бўстонлиқ туманида 28 минг 507, Чирчиқ шаҳрида 17 минг 668 нафар тожик, Олмалиқ шаҳрида эса 27 минг 329 нафар рус миллатига мансуб фуқаролар яшайди.

🔹Батафсил фоторепортажда

👉Каналга уланиш: https://t.iss.one/toshvilpressa

Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | TikTok