Оhangaron shahar hokimligi
3.6K subscribers
39.2K photos
2.52K videos
67 files
8.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#bilib_qo‘ygan_yaxshi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyundagi 341-son qarori bilan “Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan.
Reglamentga ko‘ra, nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.
Subsidiya olish uchun arizalar joriy yil uchun – 2022 yil 1 avgustdan, 2023 yildan boshlab har yili – 10 yanvardan qabul qilinadi.

“Madad” NNTning Ohangaron HMB bosh mutaxassisi I.Imanov.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#ota_onalar_diqqatiga
#Elon

❇️Shahrimizdagi 1-3-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “o‘quv formasi” yarmarkasi tashkil etiladi va maktab formalari sotiladi.

Yarmarka har ikkala maktabda 10-avgustgacha davom etadi.

Shahrimizdagi barcha umumta’lim maktablari uchun mana shu ikkita maktabda formalar sotiladi. Ota-onalar o‘z hududiga yaqin bo‘lgan maktabga borib formalarni olishlari mumkin bo‘ladi.

📌Yarmarka soat 8:00 dan 17:00 ga qadar davom etadi!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
O‘zbekiston-umumiy uyimiz!

Ohangaron shahar hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Madaniyat bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi hamda 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi bilan hamkorlikda 30-iyul "Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan ma'naviy-m''rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi.

⚡️Tadbirni Ohangaron shahar hokimi A. Eshankulov ochib berdilar. Shahar Madaniyat bo‘limi, 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi, 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari hamda "Muruvvat" uyi xodimlari tomonidan turli millatlar kuy-qo‘shiqlari, an'analari namoyish etildi.

♻️Tadbir so‘ngida shahrimizda faoliyat olib borayotgan turli millat vakillari va bir qator hamkor tashkilotlar Ohangaron shahar hokimi tomonidan taqdirlandilar.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#sahnada_yoshlar

Ohangaron shahrida o‘tkazilgan “Munavvar oqshomlar” loyihasining navbatdagi tadbiri shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Mulohaza_vaqti

-𝖡𝗎 𝗁𝖺𝗒𝗈𝗍𝖽𝖺 𝖻𝖺'𝗓𝗂𝗅𝖺𝗋𝗇𝗂 𝗆𝖺𝗄𝗍𝖺𝖻𝗂 𝖻𝗈𝗋, 𝖻𝖺'𝗓𝗂𝗅𝖺𝗋 𝗎𝖼𝗁𝗎𝗇 h𝖺𝗒𝗈𝗍𝗇𝗂𝗇𝗀 𝗈'𝗓𝗂 𝗆𝖺𝗄𝗍𝖺𝖻...

𝖩𝗎𝖽𝖺 𝗂𝖻𝗋𝖺𝗍𝗅𝗂 𝖿𝗈𝗍𝗈𝗌𝗎𝗋𝖺𝗍..😔

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ta’ziya

Diniy ishlar bo‘yicha hokim maslahatchisi Saipov Dilshod Shaymuratovichning volidayi muhtaramasi Mashhura aya Saipovaning bevaqt vafoti munosabati bilan Ohangaron shahar hokimligi jamoasi nomidan chuqur ta’ziya bildiramiz.

Marhumaning yaqinlariga sabr tilaymiz!

Janoza soat 16:00 da Oqqo‘rg‘on tumanida o‘qiladi.

Ohangaron shahar hokimligi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar