✅ “
Meteorologik atamalar” rubrikasi
🌈Kamalak🌈Радуга🌈Rainbow⚡️ Atmosfera yorug'lik nurlarining suv tomchilarida sinishi, qaytishi va difraksiyasi natijasida yuzaga keladigan optik hodisa.
Kamalak yomg'ir yog'ayotgan paytda, Quyoshga qarama-qarshi tomonda hosil bo'ladi. Quyosh ufqqa qancha yaqin bo'lsa,
kamalak shuncha katta ko'rinadi. Kamalakning burchak radiusi
42° ga teng, tashqi qismi qizil, ichki qismi binafsha rangda ko'zga tashlanadi; unda boshqa ranglar to'lqin uzunligiga qarab joylashadi. Ayrim vaqtlarda atmosferada qo'shaloq
kamalak ham kuzatiladi.
#uzgidromet #meteorologik_atamalar #ob_havo_hodisalari #kamalakTelegram |
Facebook |
Instagram |
Youtube