Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi
450 subscribers
1.19K photos
314 videos
26 files
1.06K links
Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi rasmiy telegram kanali

Murojaat uchun: +998996134520
t.iss.one/ @YuldashevDilshodjon9499
[email protected]
Download Telegram
#ozini_ozi_band_qilish #agregator

Mingdan ortiq oʻzini oʻzi
band qilgan xotin-qizlar onlayn-taksi agregatorlari xizmatlari orqali haydovchilik qilmoqda

Oʻzini oʻzi band qilish aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va qonuniy mehnat qilish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida yaratilgan.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs – oʻzi uchun ishlaydigan fuqarolar. Ular xodim yollash huquqiga ega emas.

Oʻzbekistonda 2,6 mlndan ortiq fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan. Shundan 284 ming nafari joriy yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromadi 100 mln soʻmdan oshmasa, soliq toʻlamaydi. Ish stajiga ega boʻlish va pensiya hisoblash uchun ular ixtiyoriy ravishda yiliga bir marta ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Shu maqsadda joriy yilda 68,5 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan 21,7 mlrd soʻm ijtimoiy soliq toʻlangan.

Yo‘lovchi tashish transporti tizimini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishsizlikni qisqartirish maqsadida yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilgan.

Umumiy hisobda 1-mart holatiga oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar 420,8 ming nafarni tashkil etadi. Ularning 161,5 ming nafardan ortigʻi soliq organlari bilan integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatmoqda. E’tiborlisi, ayollarning bu sohaga qiziqishi ortib bormoqda: 1 053 nafar haydovchi ayol ushbu onlayn xizmatlar orqali yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda.

Onlayn-taksi agregatorlaridan foydalanadigan haydovchilar:
- 30 yoshgacha - 59 274 nafar;
- 30 yoshdan 50 yoshgacha - 90 420 nafar;
- 50 yoshdan oshganlar - 11 970 nafar.

Soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlarga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar joriy yilning dastlabki 2 oyida onlayn-agregatorlar yordamida quyidagi miqdorlarda daromad olgan:
1 mln so'mgacha - 104 241 nafar;
1 mlndan 2 mln soʻmgacha - 24 350 nafar;
2 mlndan 5 mln soʻmgacha - 23 817 nafar;
5 mlndan 10 mln soʻmgacha - 7 887 nafar;
10 mlndan 15 mln soʻmgacha - 1 180 nafar;
15 mln so'mdan yuqori - 189 nafar.

Faoliyatini qonuniylashtirish oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga nafaqat qonuniy daromad olish, balki ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlariga ham xizmat qiladi.

Soliq xizmati xabarlari telegram kanalidan.

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram

#raqamlashtirish #ozini_ozi_band_qilish

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar o‘sish dinamikasi

2024-yil 1-aprel holatiga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 2,8 mln nafardan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 79,5% ga (1,2 mln nafarga) oshgan.

📊Oʻsish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar (01.04.2023-yilga nisbatan):
🔸ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish – 155,4% (149,6 mingta);
🔸maishiy xizmatlar – 145,3% (674 mingta);
🔸axborot-kommunikatsiya – 103,5% (36,9 mingta).
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 mln so‘mdan ortiq daromadi qanday soliqqa tortiladi?

Joriy yilda Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tadi.
❗️Ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida shakllantiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan daromadlari uchun AOS to‘laydi.
👉 AOS stavkalari

Masalan, joriy yilning mart oyida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi 104 mln so‘mni tashkil etgan. Bunda uning 100 mln so‘m miqdoridagi daromadiga soliq solinmaydi. Qolgan 4 mln so‘mdan (daromadning belgilangan me’yoridan oshgan qismi) 4% miqdorida AOS to'laydi (160 ming so'm).

5-toifaga kiruvchi hududlarda faoliyat yuritayotgan va daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar AOSni 1 % stavkada to‘laydi.

Elektron savdo maydonchasida tovar (ish, xizmat)lar savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2 % miqdorida belgilangan. Shundan kelib chiqib, tovarlarini elektron savdo maydonchasida sotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromadining 100 mln so‘mdan oshgan qismidan 2 % stavkada AOS to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 1 mlrd so‘mdan oshsa, ular QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

👉O‘zbekistonda 2,8 mln nafardan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

Manbaa: Soliq xizmati xabarlari.

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram
Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi
#ozini_ozi_band_qilish Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin 1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*. 2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari…
#ozini_ozi_band_qilish

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar respublikaning istalgan hududida faoliyat olib borishi mumkinmi?

Soliq mobil ilovasi orqali oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishda faoliyat manzili koʻrsatiladi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs aynan shu hududda faoliyatini amalga oshirishi lozim.

👉Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram