Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi
437 subscribers
1.19K photos
314 videos
26 files
1.05K links
Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi rasmiy telegram kanali

Murojaat uchun: +998996134520
t.iss.one/ @YuldashevDilshodjon9499
[email protected]
Download Telegram
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida, tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvargacha:

🔹tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo'lmagan ish haqi to'lab, bandligini ta'minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig'i va yer solig'idan imtiyoz beriladi;

🔹fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo'yicha to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i respublika byudjetidan ish beruvchiga (har bir ishchiga BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo'llaniladi.
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, inson o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.

✔️Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog'lig'ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash maqsadida zarur bo'lgan doirada cheklanishi mumkin.

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, yakka tartibdagi tadbirkor istalgan vaqtda faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish va tiklash bo'yicha ro'yxatdan o'tkazuvchi organga murojaat qilishi mumkin.

📝Bunda yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish bo'yicha belgilangan shakldagi ariza to'ldirishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratish bilan bog'liq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga o'tkazilishi belgilangan.

▶️ Shuningdek, subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligi elektron platforma orqali onlayn tekshiriladi.

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalarning mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi (1 480 500 so‘m) daromadlari soliq solishdan ozod etilishi belgilangan.

❗️Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida beriladi.

Manbaa: HR assistant

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

“Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv ta'lim asosida kasb-hunarga o'qitilayotgan nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik nafaqasi bilan bir vaqtda, BHMning 2 baravari (680 ming so'm) miqdorida har oylik stipendiya to'lab beriladi.


Manbaa: Huquqiy axborot.

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi #Pensiya_va_ijtimoiy_himoya

🔰 Qonunchilikka ko'ra, "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga ("Yagona reestr" AT) oilaning 18 yoshga to'lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo'lgan O'zbekiston fuqarosi, O'zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo'lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar kiritilishi belgilangan.

📜 "Yagona reestr" ATga kiritish davlat xizmatlari markazi, YIDXP (my.gov.uz) orqali yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi.

🚫 Bunda davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun yig'im undirilmaydi (bepul xizmat ko'rsatiladi).

☑️ "Yagona reestr" ATga kiritilganlarga ijtimoiy nafaqalar "Xalq banki"ning tuman (shahar) bo'limlari tomonidan to'lanilishi belgilangan
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanishi lozim.

Shuningdek, ular uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 7 soat-u 30 daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

Manbaa: Huquqiy axborot

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM