Nurobod tumani hokimligi
10.5K subscribers
34K photos
2.59K videos
22 files
4.48K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.iss.one/nur_press
Download Telegram
Tuman rahbari "Yosh kitobxon" tanlovi Respulika bosqichi sovrindori bo'lgan Nurobod yoshlarini munosib taqdirladi

Avval xabar berganimizdek, nurobodlik 2 nafar yosh kitobxon qizlarimiz har yili muntazam ravishda o'tkazib kelinadigan "Yosh kitobxon" ko'rik tanlovining Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 2-va 3-o'rinlarni qo'lga kiritishgan edi.

Bugun Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov ushbu kitobxon qizlarimiz Gulmira Norpo'latova va Mohinur Muxtorovalar ta'lim olayotgan umumta'lim maktablariga tashrif buyurib, ularning ota-onalari va ustozlari bilan samimiy muloqot o'tkazdi hamda kitobxon qizlarimiz erishgan yuksak natijani munosib e'tirof etdi.

Tuman rahbari yosh g'olibalarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy qutlab, bu bilan aslo to'xtab qolmaslik lozimligini, o'z ustida tinimsiz ishlash va puxta bilim olish orqali yurtimiz uchun munosib kadr bo'lib yetishishlarini tiladi.

Shuningdek, kitobxon qizlarimizning ushbu yutuqlari zamirida ota-onalarining mehnati, farzandi ta'limiga bo'lgan yuksak e'tibori hamda fidoyi ustozlarining o'gitlari muhim o'rin tutishi alohida ta'kidlandi.

Gulmira Norpo'latova va Mohinur Muxtorovaga tuman hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.

©️ @nur_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BRIFING!

Nurobod tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Safarov Norqul Abdikomilovich ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Mavzu: Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida fuqarolarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida

©️ @nur_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
БМТ Бош котибининг ўринбосари, Чўлланишга қарши курашиш конвенцияси ижрочи котиби Иброҳим Тиав билан учрашув бўлиб ўтди.

Состоялась встреча с заместителем Генерального секретаря ООН, Исполнительным секретарем Конвенции по борьбе с опустыниванием Ибрахимом Тиау.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BRIFING!

Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Abiyev Abdulla Yavkachovich ishtirokida BRIFING bo‘lib o‘tdi.

Mavzu: Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, navbatdagi vazifalar to‘g‘risida.

©️ @nur_press
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд иқлим форуми доирасида Ўзбекистон-Саудия Ишбилармонлар кенгаши ҳамраиси, "ACWA Power" компанияси бошқаруви раиси Муҳаммад Абунайянни қабул қилди.

Шу билан Президент Шавкат Мирзиёев Самарқанд саммити ва иқлим форуми тадбирларидаги иштирокини якунлади. Давлатимиз раҳбари Тошкентга жўнаб кетди.

На полях Самаркандского климатического форума Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял сопредседателя узбекско-саудовского Делового совета, председателя правления компании «ACWA Power» Мухаммада Абунайяна.

На этом Президент Шавкат Мирзиёев завершил свое участие в мероприятиях Самаркандского саммита и климатического форума. Глава нашего государства отбыл в Ташкент.

#Mirziyoyev #uchrashuv #SaudiyaArabistoni #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Har kuni kamida 20 daqiqa piyoda yurish oddiy, lekin juda foydali odat hisoblanadi.

Bu mashq nafaqat yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, balki stress darajasini pasaytiradi, kayfiyatni ko‘taradi va umumiy holatni yaxshilaydi.

Shunday ekan, har kuni piyoda yurishni odat qilib salomatligingiz sari muhim qadam tashlang!

©️ @nur_press
📢 Hurmatli fuqarolar!

⚠️ Soliqlarni to'lsh muddati yaqinlashmoqda!

🗓15-aprel🏡 jismoniy shaxslar uchun yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashning dastlabki muddati!

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi⚖️

©️ @nur_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Самарқандда Марказий Осиё ва Европа Иттифоқи ўртасидаги муносабатлар тарихида янги саҳифа очилди ҳамда иқлим соҳасидаги замонавий таҳдидларга биргаликда қарши туришга тайёрлик тасдиқланди.

В Самарканде открыта новая страница в истории отношений между Центральной Азией и Европейским Союзом, а также подтверждена готовность совместно противостоять современным климатическим вызовам.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Tashqi reklama vositalari tartibga solinmoqda

Nurobod tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan tumandagi tadbirkorlik subyektlari, bozorlar va savdo obyektlarida noqonuniy o‘rnatilgan reklama bannerlari va peshlavhalarni tartibga solish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.

O'rganishlar davomida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridagi noqonuniy o‘natilgan, sifati talabga javob bermaydigan va davlat tilida bo'lmagan reklama vositalari olib tashlanmoqda.

Tadbirkorlar ishchi guruh tomonidan "Reklama to‘g‘risidagi qonun" talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirilib, bunday holatlarning takrorlanmasligi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan huquqiy tushuntirish va tegishli tavsiyalar berildi.

©️ @nur_press