NOZIMA N. XOLIKOVA
2.78K subscribers
5.51K photos
478 videos
1.18K files
2.38K links
Download Telegram
Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari qoplab beriladi — yoshlar uchun 12-#imkoniyat

Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq (https://lex.uz/docs/-5382151), «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha miqdori) hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladi.

Sodda qilib tushuntirsam, «Yoshlar daftari»ga kirgan yoshlar nodavlat ta’lim muassasalarida (o‘quv markazlar, repetitorlarda) kamida 3 oy o‘qigandan so‘ng, o‘qigan yo‘nalishi bo‘yicha imtihon topshirib, milliy sertifikatni qo‘lga kiritsa, uning o‘qish xarajatlarining 50 foizi, shuningdek, milliy sertifikat imtihoni uchun to‘lagan puli ham to‘liq qaytarib beriladi. Batafsil ma'lumot: https://bit.ly/3BV6QhL.

Hisoblaymiz. Milliy sertifikat imtihonini topshirish xarajati BHMning 1,5 baravari (hozirda 405 ming so‘m). O‘qish xarajatining 50 foizini (BHMning 5 baravarigacha) to‘lab berish mumkinligi belgilangan. Maksimal to‘lab berilsa, 1 350 000 so‘m bo‘ladi. 405 000 so‘m + 1 350 000 so‘m = 1 755 000 so‘m. Demak, yoshlarimiz 1 755 000 so‘mgacha mablag‘ini qaytarib olishi mumkin.

Nazarimda, mazkur imkoniyat milliy sertifikat uchun imtihon topshiradigan yoshlarga ham, ularning ota-onalariga ham yaxshi qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi. Foydalaning, imkoniyat haqida maktabni bitirayotgan yaqinlaringizga, abituriyent tanishlaringizga, ularning ota-onalariga xabar bering. Yoshlar uchun yaratilayotgan bu imkoniyatlar qancha ko‘p yoshlarga yetib borsa, biz shuncha ko‘p xursand bo‘lamiz!
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Kelajak kasblari” loyihasiga start beramiz! #imkoniyat #repost

“Kelajak kasblari”
loyihasi doirasida yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1,2 mln so‘m) miqdorda subsidiya ajratiladi.

Mazkur imkoniyatdan foydalanishni istagan yoshlar yoki loyihada ishtirok etish istagidagi o‘quv markazlar yoshlardaftari.uz platformasi orqali “Kelajak kasblari” loyihasiga ariza qoldirishlari mumkin. Batafsil ma’lumot.

Prezidentimizning xorijiy tillarni oʻrganishga va IT sohasiga berayotgan e’tiborlari nuqtayi nazaridan biz ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning farzandlarini oʻziga boʻlgan ishonchini orttirish, mablagʻ topishiga koʻmaklashish, IT va ingliz tilini Oʻzbekistondagi eng ommabop yoʻnalishlarga aylantirish maqsadida ushbu loyihani e’lon qilyapmiz. Bu orqali minglab yoshlar daromad topishlari, oilasiga yordam berishi mumkin. Bu yaratib berilgan imkoniyat juda koʻplab yoshlarimizga qanot boʻlishiga ishonamiz!

@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №3: Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun

Prezident qarori bilan xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarni munosib taqdirlash belgilab qo‘yilgan. Birinchi navbatda, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlaridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500 baravari (hozirda 150 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 450 baravari (hozirda 135 000 000 so‘m);
🥈2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300 baravari (hozirda 90 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 250 baravari (hozirda 75 000 000 so‘m);
🥉3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200 baravari (hozirda 60 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 150 baravari (hozirda 45 000 000 so‘m).

Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada g‘oliblari mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi. Mazkur imkoniyat haqida batafsil ma’lumot.

Obunachilarimiz orasida xalqaro fan olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlar bormi?