Forwarded from Diyorbek
ONA TURKISTON
Yetar, keldi vaqti birlashish
Yangrasin jaranglab “Ona Turkiston”
Qardoshlar to’xtating yetar, qasdlashish
Qalblar taskin topsin, bitsin zimiston
Har davr, har zamonda turkiyning kuchin
Ishlatdilar o’z yo’lin, o’z foydasiga
Unutdi turkiylar o’zining burchin
Bo’ysunib yashadi Chor qoidasiga
Yetmish yil hukmron, yetmish yil hokim
Oddiy xalq ezildi batamom lekin
Ziyoli holini so’ramang mendan
Qora loy balchiqqa sochdilar hokin
Fitratni otdilar peshonasidan
Qodiriy bobomga shu taqdir xosdir
Cho’lponga kelganda bitdi o’q ajal
Bolta uning bo’yniga bo’ldiku nasib
O’zbek, qozoq, qirg’iz qardoshlar
Turkman, azar, turk maslakdoshlar
Bizning yo’limiz bir, manzilimiz bir
Qadim turkiy ajdodlarga bizdir izdoshlar
Ajralib, tarqalib, yashadik mudom
Hatto dushman bo’ldik bir-birimizga
Birlashishga fursat keldi bu zamon
Bu yuksak burch erur o’z-o’zimizga
Tilimiz, dinimiz, urf-odatlar-u
Ko’karsin, yashnasin bo’lib guliston
Barcha turkiy xalqlar birlashib bu kun
Abadiy yashasin ONA TURKISTON
Yetar, keldi vaqti birlashish
Yangrasin jaranglab “Ona Turkiston”
Qardoshlar to’xtating yetar, qasdlashish
Qalblar taskin topsin, bitsin zimiston
Har davr, har zamonda turkiyning kuchin
Ishlatdilar o’z yo’lin, o’z foydasiga
Unutdi turkiylar o’zining burchin
Bo’ysunib yashadi Chor qoidasiga
Yetmish yil hukmron, yetmish yil hokim
Oddiy xalq ezildi batamom lekin
Ziyoli holini so’ramang mendan
Qora loy balchiqqa sochdilar hokin
Fitratni otdilar peshonasidan
Qodiriy bobomga shu taqdir xosdir
Cho’lponga kelganda bitdi o’q ajal
Bolta uning bo’yniga bo’ldiku nasib
O’zbek, qozoq, qirg’iz qardoshlar
Turkman, azar, turk maslakdoshlar
Bizning yo’limiz bir, manzilimiz bir
Qadim turkiy ajdodlarga bizdir izdoshlar
Ajralib, tarqalib, yashadik mudom
Hatto dushman bo’ldik bir-birimizga
Birlashishga fursat keldi bu zamon
Bu yuksak burch erur o’z-o’zimizga
Tilimiz, dinimiz, urf-odatlar-u
Ko’karsin, yashnasin bo’lib guliston
Barcha turkiy xalqlar birlashib bu kun
Abadiy yashasin ONA TURKISTON
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men alohida.
Ko‘zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim
Kelar gohida.
Oy mening yelkamga
O‘tirib olgan,
Oftob g‘avg‘o solar
Yurgan yo‘limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo‘ydim ko‘nglimga.
Endi toshni tepsam,
O‘par izimni,
Yerga ag‘anasam
— Yer ham devona.
Barmog‘in o‘pgandim
Suygan qizimni,
Qo‘li yonib ketdi
Gurillab, mana.
Yovvoyi o‘rdakka
Berdim sevgimni!..
O‘rdak uchdi-ketdi,
Mung‘ayib qoldim.
Hayratim obketdi
Qanotida u.
Kim meni aldasa
— Xudoga soldim,
Mayli, aldanmasin
Hayotida u.
Yondi,
Yonaverdi
Kokillari, so‘ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
Yarmi yonib bo‘lgan
Ko‘ylagi bir yeng
Ishqning bayrog‘iga
Aylandi alvon!..
Va o‘pdim bayroqni
Men o‘sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Olov his-havas.
Qizil cho‘g‘ to‘shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o‘zimni
Misli o‘tparast.
Uyg‘onsam - ko‘rpam kul,
Yig‘lar sevgilim.
Men seni yig‘la deb
Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko‘nglim,
Qoldim kulko‘rpamda,
To‘shagim — tuproq.
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko‘proq,
Ilon chaqar,
Ammo Gapirmas yolg‘on!..
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men - alohida.
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
Kelar gohida.
Muhammad Yusuf
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men alohida.
Ko‘zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim
Kelar gohida.
Oy mening yelkamga
O‘tirib olgan,
Oftob g‘avg‘o solar
Yurgan yo‘limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo‘ydim ko‘nglimga.
Endi toshni tepsam,
O‘par izimni,
Yerga ag‘anasam
— Yer ham devona.
Barmog‘in o‘pgandim
Suygan qizimni,
Qo‘li yonib ketdi
Gurillab, mana.
Yovvoyi o‘rdakka
Berdim sevgimni!..
O‘rdak uchdi-ketdi,
Mung‘ayib qoldim.
Hayratim obketdi
Qanotida u.
Kim meni aldasa
— Xudoga soldim,
Mayli, aldanmasin
Hayotida u.
Yondi,
Yonaverdi
Kokillari, so‘ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
Yarmi yonib bo‘lgan
Ko‘ylagi bir yeng
Ishqning bayrog‘iga
Aylandi alvon!..
Va o‘pdim bayroqni
Men o‘sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Olov his-havas.
Qizil cho‘g‘ to‘shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o‘zimni
Misli o‘tparast.
Uyg‘onsam - ko‘rpam kul,
Yig‘lar sevgilim.
Men seni yig‘la deb
Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko‘nglim,
Qoldim kulko‘rpamda,
To‘shagim — tuproq.
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko‘proq,
Ilon chaqar,
Ammo Gapirmas yolg‘on!..
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men - alohida.
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
Kelar gohida.
Muhammad Yusuf