Nodex | Al-Xorazmiy
133 subscribers
11 photos
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabi kiberxavfsizlik klubi

💭Bog'lanish uchun: @nodexccsupport
Download Telegram
Channel created
💻 Nodex – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kiberxavfsizlik klubi!

🎯 Maqsad

O‘quvchilarni 0 dan kiberxavfsizlik bo‘yicha mustahkam bilimga ega qilish, musobaqalarda qatnashish imkoniyatini yaratish, tajribali mutaxassislar bilan masterklass va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilish.

Nega qo‘shilish kerak?

Bepul, sodda va interaktiv darslar orqali haqiqiy hujum va himoya asoslarini o‘rganasiz, bosqichma-bosqich rivojlanish yo‘l xaritasiga ega bo‘lasiz, amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz va jamoa bilan o‘sasiz.

👥 Kimlar uchun?

Kiberxavfsizlikka qiziqadigan va kelajagini aynan shu yo‘nalishda ko‘rmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun.

💬@nodexcc – kiberxavfsizlikni biz bilan o‘rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥14👏2👍1🎄1
Nodex Kiberxavfsizlik Klubiga qabul boshlandi!

Kiberxavfsizlikni 0 dan boshlab o‘rganmoqchimisiz? Kelajakda CTF musobaqalarida qatnashish, haqiqiy pentester bo‘lish va kuchli jamoaga qo‘shilishni xohlaysizmi? Unda Nodex — aynan siz izlayotgan joy!

🤖 Qanday qo‘shilasiz?

Quyidagi bot orqali tez va qulay ro‘yxatdan o‘ting:
🌐@nodexccbot

Ariza topshirish uchun oxirgi kun: 10-dekabr

💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍7🔥4🤝2
Nodex | Al-Xorazmiy
Nodex Kiberxavfsizlik Klubiga qabul boshlandi! Kiberxavfsizlikni 0 dan boshlab o‘rganmoqchimisiz? Kelajakda CTF musobaqalarida qatnashish, haqiqiy pentester bo‘lish va kuchli jamoaga qo‘shilishni xohlaysizmi? Unda Nodex — aynan siz izlayotgan joy! 🤖 Qanday…
💻Qabul tugashiga 3 kun qoldi!

Kiberxavfsizlikni 0 dan o‘rganish, CTF musobaqalarida qatnashish va kuchli jamoaga qo‘shilish imkoniyati!

🤖Ro‘yxatdan o‘tish: @nodexccbot
Oxirgi kun: 10-dekabr

💬Biz bilan kiber dunyoga birinchi qadamni qo‘ying: @nodexcc
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15❤‍🔥3👍1👏1
🛡 Kiberxavfsizlik nima?

Kiberxavfsizlik — kompyuterlar, tarmoqlar va ma’lumotlarni xakerlik hujumlaridan himoya qilishga qaratilgan soha. Raqamli dunyo kengaygan sari, kuchli kiberxavfsizlik har bir tashkilot va foydalanuvchi uchun tobora muhim bo‘lib bormoqda. Va odatda kiberxavfsizlik odatda ikki yo‘nalishga bo‘linadi:

🛡 Defensive Security (Blue Team) — tizimni himoya qiluvchi tomon. Ular tarmoqni kuzatadi, hujumlarni aniqlaydi, xavflarni bloklaydi va tizimning barqarorligini ta’minlaydi.

🥷 Offensive Security (Red Team) — tizimga hujum qiluvchi tomon. Ular zaifliklarni izlaydi, xaker fikrlash tarzida tizimni sinovdan o‘tkazadi va real hujumlarga tayyorlaydi.

💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3🆒3
⚪️ nima? (Capture The Flag)

CTF - bu kiberxavfsizlik bo‘yicha musobaqa bo‘lib, unda ishtirokchilar maxfiy flaglarni topish uchun turli vazifalarni bajaradilar. Har bir bajarilgan challenge — yangi bilim va real tajriba.

🔍Asosiy yo‘nalishlar:
Web Exploitation — sayt xatolarini topish va ekspluatatsiya qilish
Crypto — shifrlash va deshifrlash muammolarini yechish
Forensics — fayl, tizim yoki trafikdan ma’lumot tiklash
Reverse Engineering — dasturlarni tahlil qilish va ish jarayonini tushunish
OSINT — ochiq ma’lumotlardan izlash
Steganography — rasm, audio, video ichiga yashirilgan ma’lumotlarni topish
Misc — noodatiy, kreativ boshqotirmalar (turli mavzulardan aralash vazifalar)
PWN — binary ekspluatatsiya, xotira xatolaridan foydalanish (buffer overflow va h.k.)
Network Analysis — trafikni tahlil qilish, paketlardan flag topish


‼️Nima uchun CTF ishlash kerak?

🔣Amaliy ko‘nikmalarni tez o‘rgatadi
🔣Mantiqiy fikrlash va tahlil qilish qobilyatini kuchaytiradi
🔣Portfolio va rezyumega katta plus qo‘shadi

💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
92🔥2🤝1
👺Bilishingiz Kerak Bo‘lgan Xaker Turlari!

Kiberxavfsizlik dunyosida barcha xakerlar bir xil emas. Har birining maqsadi, niyati va uslubi turlicha. Quyida eng mashhur xaker turlari bilan tanishing:

Black Hat xakerlar – Tizimlarga noqonuniy kirib, zarar keltiruvchi yoki foyda olishni maqsad qiluvchi “yomonlar”.
White Hat xakerlar – Tizimni himoya qiluvchi, zaifliklarni aniqlab tuzatishga yordam beruvchi ethical xakerlar.
Grey Hat xakerlar – Qonun va etikani ham buzishi, ham himoya qilishi mumkin bo‘lgan “o‘rtacha” xakerlar.
Haktivistlar – Ijtimoiy yoki siyosiy g‘oya yo‘lida xakerlik qiluvchi guruhlar.
Script Kiddies – Tayyor vositalardan foydalanadigan tajribasiz xakerlar.
Davlat homiyligidagi xakerlar – Cyber razvedka yoki kiberurush bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruhlar.
Phreakerlar – Telekommunikatsiya tizimlariga kirish bilan shug‘ullanadigan xakerlar.
Social Engineerlar – Inson psixologiyasidan foydalanib aldash orqali kirish huquqini qo‘lga kirituvchilar.
Blue Hat xakerlar – Tizimlar ishga tushishidan oldin zaifliklarni sinovdan o‘tkazish uchun jalb qilinadigan mutaxassislar.
Red Hat xakerlar – Qora shlyapa xakerlarga qarshi agressiv choralar ko‘ruvchi “kiber jangchilar”.
Purple Hat xakerlar – Hujum va himoyani birlashtirgan kombinatsiyalangan xakerlar.
Green Hat xakerlar – Hozirgina o‘rganishni boshlayotgan yangi xakerlar.
Yellow Hat xakerlar – Jamiyat foydasi uchun ishlaydigan falsafiy xakerlar.
Insayder xakerlar – Tizimga ruxsatli kirish huquqiga ega bo‘lgan, lekin uni yomon maqsadda ishlatadigan shaxslar.


💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥4👍2👏1😁1
👺Pentesting nima?

Pentesting — bu tizim yoki ilovalardagi zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali xavfsizlikni mustahkamlash jarayoni. Oddiy qilib aytganda, pentester — bu qonuniy ruxsat asosida xavfsizlikni tekshiradigan xaker.

🛡 Pentesting turlari:
🔵 Black-Box – hech qanday ma’lumot berilmaydi. Pentester tizimni xaker kabi mustaqil tekshiradi.
🔵 White-Box – to‘liq ma’lumot mavjud: kode, arxitektura, admin login va h.k. Tizim ichidagi zaifliklarni chuqur aniqlash mumkin.
🔵 Gray-Box – qisman ma’lumot beriladi. Test tezroq va samaraliroq bo‘ladi.


↘️Pentesting shuningdek quyidagi sohalarga bo‘linadi:
Web – saytlar va web API-lar
Network – tarmoq va serverlar
Mobile – Android/iOS ilovalar
Wireless – WiFi va access pointlar
Cloud – AWS, Azure, GCP kabi bulutli xizmatlari
Social Engineering – odamlar orqali zaiflik topish (phishing, tailgating)


💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4🤝21
Nodex sizni kiberxavfsizlik olamiga chorlaydi‼️

19-dekabr kuni, 15:00 da Nodex kiberxavfsizlik klubining ilk masterclassi bo‘lib o‘tadi. Ushbu masterclassda siz qaysi darajada bo‘lishingizdan qat’i nazar, kiberxavfsizlik olami haqidagi eng muhim tushunchalar va roadmaplar bilan tanishasiz.Klubda siz bilan qanday eng muhim skillarni o'rganishimizni ko'rib o'tamiz.

Barchangizni kutib qolamiz!!!

📍 KiberSport yonidagi auditoriya
🕒19-dekabr
, 15:00


💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
3🔥21
💻 NodeX: Kiberxavfsizlik sari birinchi qadam

Nodex kiberxavfsizlik klubi doirasida 19-dekabr kuni ilk masterklass muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi. Masterklass davomida klubning kelajakdagi rejalari va o‘quv dasturi bilan tanishtirildi, shuningdek kiberxavfsizlik bo‘yicha boshlang‘ich tushunchalar berildi.

✔️ Ishtirokchilar CTF (Capture The Flag) nima ekanligi, uning kiberxavfsizlikdagi o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, masterklass jarayonida phishing va cyber engineering yo‘nalishlariga oid qiziqarli amaliy ishlar va ko‘rgazmali ishlanmalar namoyish etildi.

‼️ Kelgusida klub doirasida kiberxavfsizlik yo‘nalishida muntazam ravishda mashg‘ulotlar va amaliy ishlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥6❤‍🔥31