Б̶А̶Р̶Ь̶Е̶Р̶Ы̶
16 subscribers
35 photos
6 videos
10 links
Download Telegram
Nogironligi bo‘lgan insonlar hikoyalaridan.

Madina Po‘latova 19 yoshda. Bu qadar yosh bo‘lishiga qaramay, «INKLYUZIV JAMIYAT» nogironligi bor insonlar jamoat birlashmasida menejer bo‘lib ishlaydi. U turli seminar va treninglar, istirohat bog‘lariga sayohatlarni tashkillashtiradi.

Madina — O‘zbekiston Milliy universitetining «Ijtimoiy faoliyat» fakulteti talabasi. U jurnalistika va psixologiyaga qiziqadi, maqolalar yozadi.

«Men dunyo bo‘ylab sayohat qilishni, ko‘p narsalarni o‘rganishni va olgan bilimlarimni ishimda qo‘llashni xohlayman, – deydi Madina. Mening kumirim — aktrisa va boshlovchi Dilnoza Kubaeva. Men u bilan uchrashishni juda xohlayman».

Orzularing amalga oshishiga ishonamiz, Madina!
__
Из историй людей с инвалидностью.

Мадине Пулатовой 19 лет. В таком юном возрасте девушка уже работает менеджером в общественном объединении лиц с инвалидностью «ИНКЛЮЗИВНОЕ ОБЩЕСТВО». Она организует различные семинары и тренинги, а также поездки в парки развлечений.

Мадина – студентка факультета «Социальная работа» Национального университета Узбекистана. Она увлекается журналистикой и психологией, пишет статьи.

«Хочу путешествовать по миру, многому научиться и применять свои знания в работе», — говорит Мадина. — Мой кумир — актриса и ведущая Дильноза Кубаева. Я очень хочу с ней встретиться».

Мы верим, что твои желания сбудутся, Мадина!


#Tosiqlarsiz #BizTurlimizBizTengmiz #NoBarriers #WeAreDifferentWeAreEqual #БезБарьеров #МыРазныеМыРавные #Zamin #UNICEF
Imo-ishora tili nogironligi bo‘lgan insonlar bilan muloqot qilishda katta ahamiyatga egadir.

Nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga ko‘ra u muloqot tillari maqomiga ega. Konvensiya ishtirokchi-davlatlarni imo-ishora tillarida xizmatlarni, jumladan ta'limni yo‘lga qo‘yish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga da'vat etadi. Bu nogironligi bo‘lgan insonlar o‘z salohiyatlarini to‘liq amalga oshirishi uchun zarurdir.

——

Языки жестов имеют очень важное значение для общения с людьми с инвалидностью.

Согласно Конвенции о правах лиц с инвалидностью, эти языки носят статус разговорных. Конвенция призывает государства-участников содействовать созданию услуг на языке жестов и доступа к ним, включая образование. Это имеет важное значение для роста людей с инвалидностью и полной реализации их потенциала.

#Tosiqlarsiz #BizTurlimizBizTengmiz #NoBarriers #WeAreDifferentWeAreEqual #БезБарьеров #МыРазныеМыРавные #Zamin #UNICEF
Nogironligi bo‘lgan insonlar hikoyalaridan.

Bugun biz Rustam Hasanov haqida so‘zlab beramiz. U 15 yoshda va hozirdanoq kelajakka ulkan rejalar tuzgan.

Rustam karate bo‘yicha medallar sohibiga aylanishni orzu qiladi. Daun sindromili insonlar ishlaydigan shinamgina qahvaxona ochish niyati ham bor.

Rustamning orzulari ro‘yobga chiqishiga tilakdoshmiz.

—————————

Из историй людей с инвалидностью.

Сегодня мы расскажем про Рустама Хасанова. Ему 15 лет и у него уже большие планы на будущее.

Парень мечтает стать успешным каратистом и завоевывать медали. А также хочет открыть уютную кофейню, где будут работать люди с синдромом Дауна.

Такие мечты должны сбываться и у Рустама все обязательно получится!

#Tosiqlarsiz #BizTurlimizBizTengmiz #NoBarriers #WeAreDifferentWeAreEqual #БезБарьеров #МыРазныеМыРавные #Zamin #UNICEF
Nogironligi bo‘lgan insonlarga oliy ma'lumot olish imkoniyatlarini yaratish.

Inklyuziv ta'lim barcha insonlar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ta'lim olishi imkoniyatiga ega bo’lishlari yo‘lidagi muhim qadamdir. Buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish juda muhim.

Nogironligi bo‘lgan yoshlar jmaiyat ularni qo’llab-quvvatlashi, tushunishi va qabul qilishini? Shuningdek davlat tomonidan ular uchun imkoniyatlar yaratilayotganini his etsalar, ular o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyon etishlari va jamiyatning to‘laqonli a'zolariga aylanishlari mumkin.

O‘zbekistonda 2018-yilda I va II guruh nogironligi bo‘lgan abituriyentlar qo‘shimcha kvota tufayli oliy ma'lumot olishga bo‘lgan huquqlarini ilk bora amalda tatbiq eta olishdi. Bu O‘zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
____

Предоставление возможности получить высшее образование для лиц с инвалидностью.

Инклюзивное образование — важный шаг в обеспечении доступа к образованию для всех людей, включая лиц с инвалидностью. Важно создавать необходимые для этого условия.

Если молодые люди с инвалидностью чувствуют поддержку, понимание и принятие со стороны общества при обеспечении со стороны государства возможностей для них, они смогут полностью раскрыть свой потенциал и быть полноправными членами общества.

В Узбекистане уже в 2018 году абитуриенты с инвалидностью I и II группы впервые смогли реализовать право на получение высшего образования благодаря дополнительной квоте. Это стало значительным шагом в развитии инклюзивного высшего образования в Узбекистане.


#Tosiqlarsiz #BizTurlimizBizTengmiz #NoBarriers #WeAreDifferentWeAreEqual #БезБарьеров #МыРазныеМыРавные #Zamin #UNICEF
Finlyandiyadagi maktab ta'limi — dunyodagi eng yaxshi ta'lim tizimlaridan biri. Maktab ta'lim tizimida katta amaliy yo‘nalish mavjud bo‘lib, u xalqaro andozalarga to‘liq mos keladi.

«Inklyuziv ta'limni rivojlantirish o‘qituvchilarning roli o‘ta muhim ekanligiga e'tibor qaratadi. Jiddiy qiyinchiliklar ham yo‘q emas. O‘qituvchilar bunday aralash guruhlarni mustaqil ravishda eplashi murakkab masala. Ularni yolg‘iz qoldirmaslik kerakligi doim yodimizda bo‘lishi kerak. Inklyuziya o‘qituvchilar, ularning yordamchilari, boshqa mutaxassislar va ota-onalar o‘rtasida faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini talab etadi. Finlyandiya hamma uchun teng ta'lim imkoniyatlarini taklif etadi. Kerak bo‘lsa, o‘qish va rivojlanishda qo‘llab-quvvatlaydi ham. Ushbu tamoyil milliy, mahalliy va maktab darajasida o‘qituvchilar uchun ularning ish faoliyatida va, undan ham muhimi, o‘quv jarayonida o‘quvchilar uchun juda muhim» — Kirsi Lindrus, Finlyandiya Respublikasi Ta'lim va madaniyat vazirligining xalqaro hamkorlik bo‘yicha Kotibiyat direktori.
__

Финское школьное образование — одно из самых лучших в мире. Школьная система образования имеет большую практическую направленность, что соответствует международным нормам.

«Развитие инклюзивного образования подчеркивает центральную роль учителей. Имеются также серьезные трудности. Учителя не могут самостоятельно справиться с этими разнородными группами. Мы должны помнить, что нельзя оставлять их одних. Инклюзия требует активного сотрудничества между учителями, помощниками учителей, другими специалистами и родителями. Финляндия предлагает равные возможности обучения для всех. И, при необходимости, поддержку для всех, чтобы учиться и расти. Этот принцип важен на национальном, муниципальном и школьном уровнях для учителей в их работе и, что наиболее важно, для учеников в процессе обучения» – Кирси Линдрус, директор Секретариата
по международному сотрудничеству Министерства образования и культуры Финляндской Республики.


#Tosiqlarsiz #BizTurlimizBizTengmiz #NoBarriers #WeAreDifferentWeAreEqual #БезБарьеров #МыРазныеМыРавные #Zamin #UNICEF
​​Nogironligi bo‘lgan insonlar hikoyalaridan.

Yosh yigit-qizlarimiz o‘z orzu va maqsadlari haqida so‘z yuritishda davom etamiz.

Bizning bugungi qahramonimiz 16 yoshli Umidbek Karimov.

«Men 102-sonli maxsus maktab-internatda o‘qiyman. Mening xobbiyim — elektr jihozlarni tuzatish va IT kurslariga qatnash. Kelajakda malakali dasturchi bo‘lishni va bolalarni ham bu kasbga o‘rgatishni istayman. Buning uchun men institutga kirishni va munosib ta'lim olishni istayman».

Ishonchimiz komilki, Umidbekning orzulari ro'yobga chiqadi va u juda yaxshi ustoz bo‘lib yetishadi. Axir to‘siqlarni yengib, yuqori cho‘qqilarga egallash mumkin!
— — —
Из историй людей с инвалидностью.

Мы продолжаем рубрику, в которой молодые люди рассказывают о своих мечтах и целях.

Сегодня наш герой 16-летний Умидбек Каримов.

«Я учусь в спецшколе-интернате №102. Мое хобби — чинить электрические приборы и ходить на курсы по IT. В будущем хочу стать хорошим программистом и обучать этому детей. Для этого я хочу поступить в институт и получить хорошее образование».

Мы уверены, что мечты Умидбека сбудутся и он станет отличным преподавателем. Ведь разрушая барьеры, можно достичь небывалых высот!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inklyuziv jamiyat sari intilishda to’siqlarni bartaraf etib, bir-birimizni qo’llab-quvvatlaylik!

Biz turlimiz. Biz tengmiz.
__

Продолжая разрушать барьеры на пути к инклюзивному обществу, давайте поддерживать друг друга!

Мы разные. Мы равные.

@zaminfoundation @unicefuzbekistan
​​Ushbu kun, 8-martda, nogironligi bo‘lgan ayollar, afsuski, qiyinchiliklarga ko‘proq duch kelishini eslatib o‘tmoqchimiz. Ular ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda, ishga joylashish uchun zarur ko‘nikmalarni egallashda to‘siqlarga duch kelishlari mumkin. Diskriminatsiya jamiyat tomonidan ularni tushunmaslik xavfini orttiradi.

Inklyuziv jamiyatga intilish yo‘lida barcha ayollar, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning ham ta'lim olishi va ish bilan ta'minlanishini rag‘batlantirish zarur.

Barcha ayollarni ularning intilishlarida qo‘llab-quvvatlaylik! Ularning hayoti quvonchli voqealar va yangi muvaffaqiyatlarga to‘la bo‘lsin!
__

В этот день, 8-го марта, хотим напомнить о том, что женщины с инвалидностью, к сожалению, чаще сталкиваются с различными трудностями. Они могут быть ограничены в доступе к социальным услугам, а также получению навыков для трудоустройства. Дискриминация подвергает их большему риску непонимания со стороны общества.

На пути к инклюзивному обществу важно поощрять образование и трудоустройство всех женщин, включая и тех, у кого есть инвалидность.

Давайте поддержим всех женщин в их стремлениях! Пусть каждый день их жизни будет наполнен радостными событиями и новыми достижениями!
​​Nogironligi bo‘lgan do‘st yoki oila a'zosi ko‘p hollarda yomon munosabatga sabab bo’ladi yoki faqatgina rahm-shafqat hissini uyg‘otadi. Inklyuziyaning yo‘qligi esa vaziyatni yanada chuqurlashtiradi.

Daun sindromi bo‘lgan bolalarning ota-onalarini qo’llab-quvvatlovchi mahalliy tashkilot vakili ta’kidlashicha, mehr ko’rsatish va qo‘llab-quvvatlash natijasida onalar qiyinchiliklarni osonroq yengishadi va ularda o‘z farzandlariga g‘amxo‘rlik qilish istagi uyg‘onadi. Aybdorlarni izlash emas, balki nogironligi bo‘lgan bolalar o‘sayotgan oilalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish muhim.

Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, mehribon bo’laylik!

__

Очень часто наличие друга или члена семьи с инвалидностью вызывает плохое отношение окружающих, а в лучшем случае — жалость и милосердие. Отсутствие инклюзии усугубляет ситуацию.

Представитель местной группы поддержки родителей детей с синдромом Дауна отметил, что с любовью и поддержкой большинство мам легче справляются с ситуацией и хотят заботиться о своих малышах. Важно не искать виновных, а всячески помогать семьям, в которых растут дети с инвалидностью.

Давайте поддерживать и заботиться друг о друге!
🌸 Navro‘z muborak!

Ushbu yangilanish bayrami qut-baraka, tinchlik-xotirjamlik va qalblarga osoyishtalik olib kelsin. Barchaga bahoriy kayfiyat va baxt-saodat tilaymiz. Har sohada omad va zafar yor bo’lsin!

__

🌸 Поздравляем с Наврузом!

Пусть этот праздник обновления принесет благополучие, мир и спокойствие. Желаем всем тепла, поддержки и счастья. Ярких перемен, интересных начинаний и успеха во всех делах!
Muborak Ramazon Hayiti ayyomi munosabati bilan samimiy tabriklarimizni qabul qilgaysiz!

Sizlarga sihat-salomatlik, farovonlik hamda ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz.

Ushbu qutlug‘ ayyom tinchlik va hamjihatlik tantanasi bo‘lib xizmat qilsin!
__

Примите искренние поздравления со священным праздником Рамазан Хайит!

Желаем вам здоровья, благоденствия, духовного богатства и свершения всех начинаний.

Пусть этот светлый праздник способствует торжеству мира и согласия!
Bugun Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari uchun kurashish kuni nishonlanmoqda.

Nogironligi bo‘lgan insonlar mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari mumkin.

Har birimiz to‘siqlarni bartaraf etish va inklyuziyani kengaytirish orqali nogironligi bo‘lgan insonlarga do'stona munosabatdagi muhitni yaratishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.
__

Сегодня отмечается Международный день борьбы за права людей с инвалидностью.

Люди с инвалидностью могут принимать самостоятельные решения и активно участвовать в жизни общества.

Каждый из нас может внести вклад в создание дружелюбной среды для лиц с инвалидностью, разрушая барьеры и расширяя инклюзию.

#Tosiqlarsiz #БезБарьеров #Inklyuziya #Инклюзия
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sevara Mirsidiqova: «Intilish chegara bilmaydi».

Bu qiz yosh bolaligidan klassik musiqaga qiziqqan. Buyuk bastakorlarning asarlarini tinglab, unda o‘zini musiqaga bag‘ishlash istagi kundan-kunga ortib borgan.

Sevara musiqiy ta’limga ega bo‘ldi va hozir katta tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Videolavhani ko‘ring, ishonchimiz komilki, Sevaraning ilhom baxsh etuvchi tajribasi tasannolarga munosib!
__

Севара Мирсидикова: «Стремление не имеет преград».

С раннего детства девушка увлекалась классической музыкой. Слушая произведения великих композиторов, она с каждым днем все больше хотела посвятить себя музыке.

Севара получила музыкальное образование и теперь принимает участие в больших мероприятиях.

Посмотрите видео, уверены, что вдохновляющий опыт Севары достоин восхищения!
Butun dunyo, har bir mamlakat, barcha millat va turli imkoniyatga ega odamlar orasidagi eng oliy qadriyat bolalarning farovonligidir.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan!
__

В благополучии детей заключается высшая ценность всего мира, каждой страны, среди людей всех национальностей и возможностей.

С Международным днём защиты детей!