NDPI.UZ
8.32K subscribers
39.1K photos
4.6K videos
918 files
12.2K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
#Qabul2021
⚡️ Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

👨🏻‍💻 Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

📆 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kunduzgi-2021.pdf
4.2 MB
#Qabul2021 #Kvota
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sirtqi-2021.pdf
1.5 MB
#Qabul2021 #Kvota
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kechki-2021.pdf
274 KB
#Qabul2021 #Kvota
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tibbiyot-2021.pdf
988.2 KB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Pedagogika-2021.pdf
1.2 MB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Xalq ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xalq ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Veterinariya-2021.pdf
120.6 KB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Veterinariya sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida veterinariya sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ijtimoiy-ish-2021.pdf
106.9 KB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Ijtimoiy-ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoji asosida hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Tanlov ustuvorligini belgilash

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://youtu.be/zaSXZDFte00

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti

📌
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta kvota ajratildi. Hududlar kesimida:

🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
🔹 Andijon viloyati – 183;
🔹 Buxoro viloyati – 112;
🔹 Jizzax viloyati – 81;
🔹 Qashqadaryo viloyati – 193;
🔹 Navoiy viloyati – 60;
🔹 Namangan viloyati – 165;
🔹 Samarqand viloyati – 227;
🔹 Surxondaryo viloyati – 155;
🔹 Sirdaryo viloyati – 50;
🔹 Toshkent viloyati – 177;
🔹 Farg‘ona viloyati – 221;
🔹 Xorazm viloyati – 110;
🔹 Toshkent shahri – 155.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2021
Test sinovlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning barcha bosqichlari

Mazkur video orqali test sinovlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning barcha bosqichlari bo‘yicha eng muhim ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish

📌 Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolardan test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda undirilgan to‘lovning 50 foizi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markaziga, 50 foizi esa Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti (foiz hisobida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim bilan kelishlari mumkin

📌 Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada:

1️⃣-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

❇️ Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishini inobatga olgan holda abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka, panama) bilan kelishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Maxsus botlar orqali abituriyent ruxsatnomasini olish

🔖 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytidan tashqari Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Bunda ular my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami (to‘liq formatda) bilan birga shaxsiy identifikatsiya raqamini ham yuborishlari lozim.

my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami o‘rniga boshqa telefon raqami yuborilganda abituriyent ruxsatnomasi berilmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar

📌 Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Stadion yoki xiyobonning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Stadion yoki xiyobon nomi;
🔹 Stadion yoki xiyobon manzili;
🔹 Sektor raqami;
🔹 Test topshiradigan guruhlar;
🔹 Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi.

Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar:
👉 https://dtm.uz/page/maydon_2021

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etish sxemasi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Test sinovi jarayonida aniqlanayotgan holatlardan namunalar

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari vaqtida aniqlanayotgan qoidabuzarlik holatlaridan ayrim namunalar.

Hurmatli abituriyentlar!

Test sinoviga taqiqlangan vositalarni olib kirishga va undan foydalanishga harakat qilib, 1 yillik hayotingizni zoye ketkazmang.

O‘z bilimingizga ishoning!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Koronavirusga chalinganlar uchun ariza shakli.pdf
103.1 KB
#Qabul2021
Koronavirusga chalingan abituriyentlar diqqatiga!

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida koronavirusga chalinib, to‘liq sog‘aygan abituriyentlarga qayta test sinovi tashkil etiladi.

📧 Mazkur test sinovida ishtirok etish uchun abituriyentlar yoki ularning vakillari yuqoridagi ariza shaklini to‘ldirib, 16-avgustga qadar [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari kerak.

🔖 Bunda ariza bilan birga pasport nusxasi, “Abituriyent ruxsatnomasi” va abituriyent koronavirusga chalingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.

📌 Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etishning to‘liq tartibi bilan ushbu sxema orqali tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

📚 Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirildi va 1-bosqich imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazildi.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Preziddentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida muvofiq 2-bosqich imtihonlari, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Chet tili fanidan test sinovlari 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani magistr.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Bunda ruxsatnomalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari tomonidan mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonda necha ball olganidan qat’iy nazar ruxsatnoma chiqqan barcha talabgorlar test sinovlarida ishtirok eta oladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube