NDPI.UZ
8.29K subscribers
39.2K photos
4.61K videos
918 files
12.2K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
#NukusDPI_90_yil

◾️Nukus davlat pedagogika institutining 90 yilligiga bagʻishlangan respublika anjumani va konsert dasturi boʻlib oʻtdi

Shu yilning 31-oktyabr kuni Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi dastlabki oliy taʼlim muassasasi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 90 yilligiga bagʻishlangan “Qoraqalpogʻistondagi birinchi ilm-bilim dargohiga 90 yil!” mavzusidagi respublika anjumani va konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Anjuman institut tarixi, bugungi muvaffaqiyatlari, taʼlim muassasasi jamoasining ilmiy-pedagogik yoʻnalishda amalga oshirayotgan ishlarining koʻrgazmasi bilan boshlandi. Institut hayotidan tayyorlangan videofilm tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga havola qilindi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, xorijiy davlatlardan, shuningdek, respublikamizdagi ilgʻor oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, professorlar, mashhur ijodkorlar, koʻp yillar davomida davlat va jamoat ishlarida faoliyat yuritgan nuroniy ustozlar, institut professor-oʻqituvchilari va talabalari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, tadbir ishtirokchilarini pedagogika institutining tashkil etilganiga 90 yil toʻlishi munosabati bilan tabrikladi hamda institutda koʻp yillardan buyon samarali mehnat qilib, ilm-fan, taʼlim va yoshlar tarbiyasida oʻz vazifalarini fidokorona bajarib kelayotgan bir guruh pedagog xodimlarga faxriy unvon va koʻkrak nishonlarini topshirdi.

Anjumanda maʼruzachilar hamda soʻzga chiqqanlar Qoraqalpogʻistonda pedagogika instituti ochilishining tarixiy ahamiyati, hozirgi davrda taʼlim sohasiga kadrlar tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari haqida maʼlumotlar berdi.

Anjumanning asosiy qismidan soʻng institutning “Tumaris” xalq ansambli hamda qobiliyatli talabalari, shuningdek, sanʼat ustalarining ijrosidagi konsert dasturi ishtirokchilarning eʼtiboriga havola qilindi.

Anjuman belgilangan shoʻbalar boʻyicha oʻz ishini davom ettirdi.

Batafsil ma’lumot 👇👇👇
https://ndpi.uz/uz/2024/10/31/33427/

Bizni kuzating

📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9👍83🔥2🥰1🎉1🤩1🕊1😎1
#OAV_NukusDPI_haqida
#NukusDPI_90_yil

◾️Ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shish yo‘lidagi zalvorli qadamlar

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA 👇
https://uza.uz/oz/posts/ilm-fan-rivojiga-ulkan-hissa-qoshish-yolidagi-zalvorli-qadamlar-video_653366

*********

◾️Nukus davlat pedagogika institutining 90 yilligi nishonlandi

«Xalq soʻzi online» nashri 👇
https://xs.uz/uzkr/post/nukus-davlat-pedagogika-institutining-90-jilligi-nishonlandi

Bizni kuzating

📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏43🥰1🎉1🕊1
#OAV_NukusDPI_haqida
#NukusDPI_90_yil

◾️Xalqning erki va ozodligi ulug‘langan qo‘shiq

Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida, mehnat jamoalarida, o‘quv yurtlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining barcha auditoriyalarida darslar davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.


Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA 👇
https://uza.uz/oz/posts/xalqning-erki-va-ozodligi-uluglangan-qoshiq_665786

Bizni kuzating

📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1🥰1👏1